Payvandlash transformatorlariga xizmat ko‘rsatish. Payvand lash toki mazkur transformator va rostlagich hisoblangan eng katta tokdan ortiq bo‘lmasligi lozim. Transformator bilan rost lagichdagi qisqichlar yaxshilab tortib mahkamlanishi va puxta elektr kontakt hosil qilishi kerak. Transformatorning ishqalanuv-
chi barcha qismlari vaqt-vaqtida (6 oyda bir marta) maxsus moy bilan moylanishi zarur. Transformatorning normal sovishi uchun hamda g‘altaklarni g‘ilof va yerga ulanish oldini olish maqsadi da g‘ilofning pachoqlangan joylari to‘g‘rilanadi. G‘ilofsiz va yer ga ulanmagan transformatorni ishlatish man etiladi. Payvandchi transformator birlamchi zanjirining tok o‘tadigan metall qismlari- ga tegmasligi kerak.
Avariyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan mayda nuqsonlarni o‘z vaqtida tuzatish uchun transformatorlarni vaqt-vaqti bilan ko‘zdan kechirib turish zarur.
Transformatorlarni ishlatish jarayonida quyidagi asosiy nuqsonlar vujudga keladi:
Chulg‘am o‘ramlarining qisqa tutashishi. Qizishi, izolat siyani kuyishi va chulg‘amning qisman erishi ana shundan dalolat beradi. Agar chulg‘am uzilmagan va transformatorning birlamchi chulg‘ami qisqa tutashgan bo‘lsa, bu holda transform ator juda qattiq guvillaydi, salt yurish toki ko‘p sarf bo‘ladi va qiziydi. Nuqsonni tuzatish uchun transformatorni tarmoqdan ayirish, qismlarga ajratish va qisqa tutashgan joyni tuzatish yoki chulg‘amni qaytadan o‘rash kerak.
Ulangan yerlari yomon kontaktlashadi va natijada trans formator qiziydi. Buni darhol bartaraf qilish kerak. Buning uchun transformator yoki rostlagich tarmoqdan ayiriladi; qizib turgan qismi qismlarga ajratiladi, tutash yuzalar bir-biriga zich moslana di va qisqich boltlari oxirigacha burab tortiladi.
Izolatsiyalarning shikastlanishi natijasida o‘zak yoki u mah kamlanadigan shpilkalar va boshqa qismlarni o‘ta qizishi. Trans formatorni qismlarga ajratib shikastlangan izolatsiyani yangilash zarur.
Vintli privodning bo‘shashib qolishi natijasida o‘zakni qattiq guvillashi. Mahkamlash shpilkalarini burab taranglash zarur.
Payvandlash to‘g‘rilagichlari
Payvandlashto‘g‘rilagichi– o‘zgaruvchan tokning uch fazali tarmog‘i energiyasini yoy bilan payvandlashda foydalanish uchun to‘g‘rilangan tok energiyasiga o‘zgartiruvchi statik o‘zgartirgichidir. Payvandlash to‘g‘rilagichi quyidagi asosiy qismlardan tash kil topgan: kuchlanish transformatori – tarmoq kuchlanishini ta’minlash manbayining salt yurish kuchlanishigacha pasaytirish
uchun, yarim o‘tkazgichlar elementlarining bloki – o‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilash uchun, stabillashtiruvchi drossel – to‘g‘rilangan tokning pulsatsiyasini kamaytirish uchun. To‘g‘rilagich bloki ya rimo‘tkazgichlar elementlarining jamlanmasini tashkil etadi, ular maxsus sxema bo‘yicha ulangan. Yarimo‘tkazgichlar element larining afzallik tomoni shundaki, ular tokni faqat bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazadilar, natijada tok kuchi o‘zgarmas (to‘g‘rilangan) bo‘ladi. Bunday elementlar ventili effektga egadirlar, chunki tok bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tadi. Ular yarimo‘tkazgichli ventillar deb ataladi. Ular boshqariladigan – tiristorlar va boshqarilmaydigan
diodlarga ajratiladi.
Kremniyli boshqarilmaydigan ventil-diod uchun material sifa tida yupqa kremniyli plastinka (katod) ishlatiladi, uning ikkinchi tomoni (anod)ga yupqa qilib aluminiy qoplangan bo‘ladi (5.9- rasm, b). Ikki yarimo‘tkazgichlarning bevosita tutashuvi natijasi da o‘tuvchi qatlam (P) hosil bo‘ladi. U o‘z navbatida bir yo‘na lish bo‘yicha (anoddan A katodga K) tokni osongina o‘tkazadi va deyarli tokni orqaga o‘tkazmaydi. Ushbu kremniyli disk diod konstruksiyasini tashkil etadi (5.9-rasm, a).