Payvandlanadigan buyumni umumiy yumshatish. Bu usul pay vandlanadigan chok yaqinida toblangan zonalar hosil qiladigan
(ayniqsa payvandlanadigan metall yo‘g‘on bo‘lganda) po‘latlar uchun va ishorasi o‘zgaruvchan yuklamada ishlaydi, konstruksi yalarni payvandlashda qo‘llaniladi.
Konstruksiyalarni payvandlagandan so‘ng mexanikaviy åo‘g‘ri-lash. Metall sovuq yoki issiq holatida zarbiy yoki statik yuklama berish yo‘li bilan to‘g‘rilanadi.
Konstruksiyavabuyumlarnipayvandlashdanso‘ngtermikto‘g‘rilash. Bunday to‘g‘rilash chokning orqa tomonidan valiklar qo‘yish yoki bir konstruksiya uchun maxsus qizdirish yo‘li bilan bajariladi. Berilgan loyiha o‘lchamidagi payvand konstruksiyala- rini olish uchun payvand choklarining cho‘kishini nazarga olish (qo‘yim qoldirish) kerak. 8–16 mm qalinlikdagi list yoki prokat ning bitta ko‘ndalang uchma-uch choki bunday qo‘yim 1 mm atrofida bo‘lishi kerak.
Payvandlash yoyining ta’minlash manbalari haqida umumiy ma’lumot
Yoyni lozim bo‘lgan tok turi va tok kuchi bilan ta’minlovchi qurilma payvandlash yoyining ta’minlash manbayi deyiladi.
Ta’minlash manbayi va payvandlash yoyi o‘zaro bog‘langan energetika tizimini tashkil qiladi, unda ta’minlash manbayi quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: yoyni boshlang‘ich yoni- shi uchun sharoit yaratadi, payvandlash jarayonida uni turg‘un yonishini ta’minlaydi va rejim parametrlarini rostlash (sozlash) uchun imkoniyat yaratadi.
Ta’minlash manbayining muhim texnik tavsifi unga yoyning u yoki bu turi bilan ishlash imkonini beradigan ta’minlash man bayining «payvandlash» klemmalaridagi kuchlanish U ni pay vandlash toki I ga bog‘lanishidir. Bu bog‘lanishni ta’minlash manbayining tashqi volt-amperli tavsifi (VAT) deydilar. Bizga ma’lum ta’minlash manbalari uchun eng xarakterli tavsiflar: tez pasayib boradigan 1, o‘rtacha pasayadigan 2 va qattiq 3 tavsif- laridir (5.1-rasm).