Kislorodning ta’siri. Kislorod eng zararli aralashma hisobla nadi. Chunki u kimyoviy birikmalar oksidlar hosil qilib, eritilgan metalni oksidlaydi.
Oksidlar suyuq metalda eriydigan bo‘lsa, ularni suyuq metal o‘ziga singdirib oladi va ular bilan birga qattiq aralashma hosil qiladi. Qotgan metaldan erimaydigan oksidlar ajralib chiqib shlak ka qo‘shiladi. Erimaydigan oksidlarning bir qismi chok metalida sharsimon shakldagi, ya’ni globullar deb ataladigan ko‘rinishdagi qo‘shilmalar holida qoladi yoki donalar chegaralarida joylashib, ularning o‘zaro birikishini buzadi.
Kislorod temir bilan uch xil oksid hosil qiladi: reaksiya 2Fe+O2= 2FeO bo‘yicha temir (II) oksid; reaksiya 2Fe+1,5O2=Fe2O3 bo‘yicha temir (III) oksid;
reaksiya 3Fe+2O2=Fe3O4 bo‘yicha temir (II) oksid-oksidi.
Oksidlanishida dastlab temir (II) oksid hosil bo‘ladi. Bu oksid keyinchalik tegishli sharoitlarda, ya’ni harorat, payvandlash van nasidagi kislorod bilan temir nisbatining muayyan miqdorida ok sid va temir (II) oksid-oksidiga aylanishi mumkin. Payvandlash jarayonida temir oksidlanganida temir (II) oksid asosiy ahami yatga egadir. Chunki temir (II) oksidigina suyuq metalda erishi mumkin. Po‘lat tarkibidagi kislorod miqdori 0,035% ga yetgani
da ortiqcha kislorod eritmadan temir (II) oksid-oksidi tariqasida ajrala boshlaydi va metall donalari orasiga joylashadi.
Kislorod uglerod, marganets, kremniy va payvandlanadigan metall, elektrodlar, elektrod qoplamlari va fluslar tarkibiga ki radigan boshqa elementlar bilan ham osongina birikadi va shu elementlarning oksidlarini hosil qiladi:
2Ni + O2 = 2NiO – nikel oksidi; 2Cu + O2 = 2CuO – mis oksidi; 4Cu + O2 = 2Cu2O – mis oksidi; Ti + O2 = TiO2 – titan oksidi;
4Al + 3O2 = 2Al2O3 – aluminiy oksidi.
Payvandlashda elementlar yoxud kislorod atomlar holatda
bo‘ladigan va yuksak kimyoviy aktivligi bilan farqlanadigan pay vandlash yoyi zonasida, yoxud ularning erigan metall vannasida temir oksidi (FeO) bilan o‘zaro ta’sir etishish jarayonida oksid lanishi mumkin.
Chok metalida kislorodning qattiq eritma yoki oksid qo‘shilma lar tarzida uchrashi natijasida avvalo eritib qoplangan metalning mexanik xossalari buziladi, ya’ni mustahkamlik va oquvchanlik chegaralari, nisbiy uzayishi, zarb qovushoqligi kamayadi. Bundan tashqari, kislorod metalning boshqa xossalariga ham ta’sir qiladi
– uning korroziyaga chidamliligi pasayadi, eskirishga moyilligi ortadi, metall sovuq holatda ham, qizdirilgan holatda ham darz ketadigan bo‘lib qoladi.
z Joul/ sm2 % oq, m 10, MPa
Do'stlaringiz bilan baham: |