Uo‘K: 62(075) kbk


Zararli chang va gazlar bilan zaharlanish



Download 8,16 Mb.
bet141/146
Sana22.07.2022
Hajmi8,16 Mb.
#839054
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146
Bog'liq
qolda yoyli payvandlash jihozlari

Zararli chang va gazlar bilan zaharlanish. Havo marganets, uglerod, xlor, ftor oksidlari hamda birikmalari va boshqalar bi- lan juda ifloslanganda zaharlanish mumkin. Mavjud normalarga ko‘ra xonaning changishi 1 m3 havoda 10 mg dan oshmasligi, MnO miqdori ko‘pi bilan 0,3 mg/m3, CO ko‘pi bilan 30 mg/m3, NO ko‘pi bilan 5 mg/m3, qo‘rg‘oshin bug‘lari ko‘pi bilan 0,1 mg/
m3 bo‘lishi kerak va hokazo. Yoy yordamida payvandlashda oksid va zararli changlar miqdori 1 kg elektrod eritilganda 10 dan 150 g gacha hosil bo‘ladi.
Zaharlanish alomatlari, odatda, quyidagicha bo‘ladi: bosh ay- lanadi, bosh og‘riydi, ko‘ngil aynaydi, qayd qilinadi, bo‘shasha- di, tez-tez nafas olinadi va hokazo. Zaharlovchi moddalar kishi organizmining to‘qimalarida o‘tirib qolishi va surunkali kasal- liklarga sabab bo‘lishi ham mumkin.
Elektrodlar qoplamasining yangi rusumlari va zaharlash xossalari juda kichik bo‘lgan kukunlarning joriy qilinishi; hay- dash-so‘rish ventilatsiyasi, ko‘chma surish qurilmalari o‘rnatish; havo yo‘llaridan elektrod tutqich yoki shlem orqkali toza havo keltirish; kimyoviy filtrli raspiratordan, ba’zan esa gaz himoya vositasi (protivogaz)dan foydalanish havoning ifloslanishi bilan kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar bo‘lib hisoblanadi.
Kuyishlar. Payvandlashda elektrod metali va shlak sachray- di; qaynoq tomchilar payvandchining ochiq terisiga tushishi yoki kiyimining tutashi va yonishiga hamda shu bilan birga kuyish- larga sabab bo‘lishi mumkin. Kuyishlardan himoyalanish uchun payvandchilar maxsus kiyim, poyabzal, qo‘lqoplar va bosh kiyim bilan ta’minlanadilar, oson alangalanuvchan ashyolar yonida ish- laganda yong‘in chiqishi mumkin. Qurilishda ishlaganda yong‘in chiqish xavfini, ayniqsa, hisobga olish lozim. Agar payvandlash ishlari balandlikda bajarilayotgan bo‘lsa, u holda pastda turgan apparat va istalgan tez alangalanuvchan materiallarni yuqoridan tushayotgan uchqunlardan himoyalash zarur. Payvandlash ishi bajarilayotgan joy yaqinida yog‘och havozalar joylashgan yoki qirindi, qipiq ko‘rinishidagi chiqindilar va hokazolar bo‘lgan hol- larda ham juda ehtiyot bo‘lish talab etiladi. Ba’zan payvandlash ishlarini bajarish uchun yong‘indan muhofaza qilish bo‘limining ruxsati albatta talab etiladi. Payvandlash joylarida suv, qumli quti, asboblar o‘rnatilgan shchit va o‘t o‘chirgichlar bo‘lishi kerak. Buyumlarni yig‘ish va payvandlashda lat yeyish, kesib olish.
Ishlab chiqarishda yig‘ish-payvandlash ishlarinn bajarayotganda mexanik shikastlanishning asosiy sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin: og‘ir detallarni tashish va yig‘ish uchun moslamalar bo‘lmasligi; transport vositalarining (arava, kranlar va hoka- zo) buzuqligi; buzuq va tekshirilmagan takelaj (kanatlar, zan- jirlar, troslar, qamrovlar va boshqalar); buzuq asbob (bosqonlar,
bolg‘alar, zubilolar, klyuchlar va hokazo); xodimlarning takelaj ishlariga oid asosiy qoidalarni bilmasliklari va ularga rioya qil- masliklari.
Yig‘ish-payvandlash ishlarida ko‘pincha lat yeyish hamda qo‘l (asboblar va detallardan foydalana bilmaslik) va oyoqning (yig‘ilayotgan detallarning tushib ketishidan) shikastlanish hol- lari uchrab turadi. Payvandchining to‘g‘ri jihozlangan ish o‘rni ishlayotganlarni har qanday mexanik shikastlanishlarsiz ishlashi- ni ta’minlashi kerak.
Yig‘ish va payvandlash texnologiyasini tuzishda xavfsiz ishlash nuqtayi nazaridan barcha loyihalanayotgan operatsiyalarni sin- chiklab o‘ylab chiqish lozim.
    1. Plazma-yoy yordamida kesishda texnika xavfsizligi

Plazma-yoy yordamida kesish elektr qurilmalarni amalda ish- latish qoidalariga qat’iy rioya qilishni talab qiladi. Plazma uchun elektr qurilma qoidalari dastaki usulda kesishda salt yurish kuch- lanishini 180 V gacha va mashina yordamida kesishda 500 V gacha (masofadan boshqariladigan apparatlarda) bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Plazma-yoy yordamida kesishda kuchli shovqin chiqadi, 110—
115 dB tovush bosimi darajasida (yuqori kuchlanishli plazma yordamida kesishda bo‘ladi) shovqin chiqqanda shovqinga qarshi himoya qurilmalaridan foydalanish zarur. Kesish tokining kuchi shovqin darajasiga kam ta’sir qiladi. Plazma yoyining kuchlanishi ortgan sari shovqin darajasi ham ortadi.
Plazma yoyi yonayotgan joydan nari ketgan sari shovqin da- rajasi pasayadi. Shuning uchun mexanizatsiyalashtirilgan tarzda kesishda masofadan turib boshqarish qo‘llanilishi va operator o‘rnini shovqin eng kam eshitiladigan joyda tanlash lozim.
Dastaki usulda kesishda kesuvchi kesish yoyidan uzoqlasha olmaydi. Shuning uchun ÃÎCÒ yoy kuchlanishini 180 V gacha cheklaydi. Ayrim hollarda kesuvchilar shovqinga qarshi taqiladi- gan naushniklaridan yoki shovqinga qarshi kiyiladigan naushnikli niqob-qalqoplardan foydalanadilar. Ular kesuvchini intensivligi 120 dB gacha bo‘lgan shovqindan himoyalaydi (bunda kesuvchi yonida turgan kishining gapini eshitadi).
Plazma-yoy yordamida kesishda kesilayotgan metalda ko‘p miqdorda gaz va bug‘ hosil bo‘ladi.
Kesuvchi yaqinidagi havo tarkibida hatto azot va argonga o‘xshagan gazlar miqdorining ko‘p bo‘lishi uning nafas olishini qiyinlashtiradi hamda nafasini qisadi. Mis va latunni kesishda hosil bo‘ladigan mis va rux oksidlarining bug‘lari, ayniqsa, xavfli. Shuning uchun siqiq yoy yordamida kesishda havo almashtira- digan umumiy ventilatsiyadan tashqari mahalliy ventilatsiyadan foydalanish ham talab etiladi.
Gaz-chang ajralib chiqishi va shovqin bilan bir qatorda siqiq yoy yordamida kesishda intensiv nurlanish ro‘y beradi. Kesuvchining ko‘zini himoyalash uchun himoya oynalari qo‘yilgan shchitcha- lar va yorug‘lik filtri bor ko‘zoynakdan foydalaniladi. Ko‘zoynak nomeri qoplamali elektrodlar bilan yoy yordamida payvandlashda tok kuchiga qarab tanlashga to‘g‘ri keladigan ko‘zoynakdan tax- minan bitta nomer yuqori qilib tanlanadi.
Siqilgan gazning portlashi, suyuqlantirilgan metalning sach- rashidan kuyishlar, yong‘in ko‘rinishidagi boshqa xavflar plaz- ma-yoy yordamida kesishda ayniqsa, ehtiyot bo‘lishni talab etadi.


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:


  1. Download 8,16 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish