Uo‘K: 53(072) kbk



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

c
” faza 
chulg‘amining boshi ulanganda barcha nimstansiyalardagi transformator 
birlamchi“
B
” faza chulg‘ami “qarama-qarshi parma” qoidasi asosida 
EULning tegishli fazasiga ulanadi. Barcha nimstansiyalarda EUL uchun 
transformatorning ushbu fazasi eng kam yuklangan faza hisoblanadi. 
Rasmdagi sxemada EULning TN1 uchun eng kam yuklangan fazasi 
B
faza, 
shuning uchun ham TN2 transformatori 
B
fazasini liniyaning 
A
yoki 
C
fazasiga ulash kerak bo‘ladi. Agar 
C
fazasiga ulasak, u holda birinchi 
nimstansiyalararo zona kontakt tarmog‘ini ikki tomonlama ta’minlash 
sxemasiga ko‘ra 
C
faza kuchlanishini berib bo‘lmaydi, chunki, biz bilamizki, 
transformator eng kam yuklangan fazasi kuchlanishi tortish tarmog‘iga 
berilmaydi. Shunday qilib, TN2 uchun transformator 
B
fazasini liniyaning 
faqat 
A
fazasiga ulash imkoniyati qoladi va bu faza EULning TN2 uchun eng 
kam yuklangan fazasi bo‘lib qoladi (5.26-rasmga qarang!). Rasmdagi 
sxemada TNlarda o‘rnatilgan uch fazali transformator birlamchi chulg‘amlari 
liniyaning qaysi fazasiga ulanganligi qavs ichida ko‘rsatilgan. 
Shundan keyin transformator “
a
” va “
b
” tortish chulg‘amlaridan 
chiqayotgan kontakt tarmog‘i fiderlarini ta’minlashyelkalariga ulash 
masalasini hal etish kerak bo‘ladi. Ushbu fiderlardan birini TN2 chap 
ta’minlashyelkasiga birinchi nimstansiyalararo zonani ikki tomonlama elektr 
energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatini saqlagan holda ulash kerak. 
Tanlashda adashmaslik uchun TN1 o‘ngyelkasiga kuchlanish qanday ishora 
bilan berilayotganligiga e’tiborni qaratish kerak (5.26-rasmga qarang!). 
Sxemadan ko‘rinib turibdiki, TN1 o‘ng ta’minlashyelkasiga kuchlanish “–” 
ishora bilan berilgan, ya’ni kontakt tarmog‘iga transformator ikkilamchi faza 


193
chulg‘amining oxiri ulangan. Chulg‘amlari 
11

Υ/Δ
sxemada ulangan uch 
fazali transformator “c” faza chulg‘amining oxiri relsga ulanganda kontakt 
tarmog‘iga “–” ishorali kuchlanish doim transformator “b” chulg‘ami 
chiqishidan, “+” ishorali kuchlanish esa uning “
a
” chulg‘ami chiqishidan 
beriladi. Shuning uchun ham TN2 chap ta’minlashyelkasiga transformator 
“b” chiqishidan borayotgan fiderni ulash kerakbo‘ladi. TN2 o‘ng 
ta’minlashyelkasiga “
a
” chulg‘am chiqishidan borayotgan fider ulanadi. TN2 
dagi ulashlar undagi transformator birlamchi 
A
va 
C
fazalarni EULga ulanishi 
bilan yakunlanadi. Ular shunday ulanishi lozimki, bunda TN2 chap 
ta’minlashyelkasiga “
c
” faza kuchlanishi berilsin. Bu transformator birlamchi 
C
faza chulg‘amini EULning 
C
fazasiga, 
A
faza chulg‘amini esa liniyaning 
B
fazasiga ulash orqali amalga 
oshiriladi. Natijada TN2 o‘ng 
ta’minlashyelkasiga 
b
U

kuchlanish beriladi. Shuning bilan TN2 ni EULga 
va tortish tarmog‘iga ulash yakunlanadi. TN2 ni ulash jarayonida undagi uch 
fazali 
transformator 
ikkita 
chiqishlari 
markirovkalari 
o‘zgaradi. 
Transformatorlar ishlash nazariyasidan ma’lumki, bunday holatda, 
transformator chulg‘amlarini ulanish guruhi teskarisiga almashadi, ya’ni TN2 
dagi transformator chulg‘amlari birinchi ulanish guruhiga ega bo‘lib qoladi. 
4) TN3 ni EUL va tortish tarmog‘iga ulash TN2 ulashdagi ketma-ketlik 
asosida amalga oshiriladi. Transformator birlamchi 
B
faza chulg‘amini 
liniyaning qaysi fazasiga ulashni tanlashda u TN1 va TN2 dagidan farq 
qilishi lozimligidan kelib chiqish kerak bo‘ladi. Bu albatta liniyaning 
C
fazasidir (5.26-rasmga qarang!). 
5) temir yo‘l uchastkasidagi qolgan 3 ta tortuvchi nimstansiya EULga 
quyidagicha ulanadi: TN4 xuddi TN3 dek, TN5 - TN2 dek, TN6 esa – TN1 
dek. “Qarama-qarshi(ikkilangan) parma” sxemasi asosida ulash nomi ham 
shundan kelib chiqqan. TN4, TN5, TN6 lar tortish tarmog‘iga kontakt 
tarmog‘ini ikki tomonlama ta’minlash imkoniyatini saqlagan holda ulanishi 
lozim (5.26-rasmga qarang!) 
TNlar guruhini “qarama-qarshi (ikkilangan) parma” sxemada ulash 
quyidagi afzalliklarga ega: 1) tortish tarmog‘i bo‘yicha tizim fazalarining 
navbatma-navbat yuklanishi va bir nimstansiyadan keyingi nimstansiyaga 
o‘tganda eng kam yuklangan fazaning almashib kelishi EULda elektrlashgan 
temir yo‘l bir fazali yuklamasi hisobidan yuzaga keladigan toklar 
nosimmetriyasini kamaytiradi; 2) chulg‘amlari 
11

Υ/Δ
sxemada ulangan bir 
xil rusumli uch fazali transformatorlardan foydalanish imkonini beradi; 3) bir 


194
xil rusumli 27,5 kV li taqsimlash qurilmalari(РУ-27,5 kV)dan foydalanish 
imkoniyati vujudga keladi, chunki barcha TNlarda transformator “
c
” faza 
chulg‘amining boshi relsga ulanadi. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish