Uo‘K: 53(072) kbk


 Kontakt tarmog‘ini qurish va montaj qilish – Строительство



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

6.92. Kontakt tarmog‘ini qurish va montaj qilish – Строительство 
и монтаж контактной сети
– 
Construction and installation of the 
contact network -
t.y. ni elektrlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan 


302
ishlar majmuasi bo‘lib, unga ko‘ra tayanchlar, elastik poperechinalar,
konsollar, kronshteynlar, qattiq poperechinalarni o‘rnarish, kontakt osmasi va 
kontakt tarmog‘ining boshqa simlarini hamda turli xil havo liniyalarini 
kontakt tarmog‘i tayanchlarida montaj qilish kiradi. Ushbu ishlar qurish va 
montaj qilish brigadalari tomonidan amalga oshiriladi.
Kontakt tarmog‘i tayanchlarini o‘rnatishda avval chuqurlik(xandak)lar 
qaziladi, poydevorlar, ankerlar va tortqili tayanchlar o‘rnatiladi. Kontakt 
tarmog‘i tayanchlari t.y. tomonidanyoki uning tashqi tomonidan quriladi. 
Birinchi holatda peregonlar, stansiyalarning asosiy yo‘llari va asosiy 
yo‘llarga ulangan strelkali bo‘g‘iz(strelochnaya gorlovina)larda qurish 
ishlarini bajarish uchun (har bir yo‘l uchun vaqti siljigan holda alohida) 
kamida 2 soat, stansion yo‘llarda (asosiydan tashqari) kamida 4 soat kunning 
yorug‘ paytida bo‘sh vaqt oralig‘i ajratilishi lozim. Tayanchlar t.y.ning tashqi 
tomonida o‘rnatilishi mo‘ljallanayotganda tayanchlarni olib kelish va 
o‘rnatish uchun tegishli texnika bora oladigan yo‘laklar bo‘lishini inobatga 
olish kerak bo‘ladi. Tayanchlar t.y. tomonidao‘rnatishda esa tarkibida 
lokomotiv, yuk ko‘taruvchi kran, strelkali platforma, ikkita yarim vagon yoki 
tayanchlar uchun mo‘ljallangan ikkita 4 o‘qli platforma va yopiq vagon-
issiqxona, buqg‘ulovchi va xandak qazuvchi mexanizmlar hamda 
xandaklarga tuproq tukuvchi va preslovchi mexanizmlar majmuasi bo‘lgan 
poyezddan foydalaniladi.
Kontakt tarmog‘ini montaj qilishda kontakt osmasi simlarini montaj 
qilish asosiy jarayon hisoblanadi. Bu jarayon simlarni to‘g‘rilash va 
ankerlash, tor va ressorlarni o‘rnatish, kontakt osmasini yig‘ish va uni anker 
uchastkalar bo‘ylab hamda ularni tutashgan joylarida rostlashni o‘z ichiga 
oladi. Har bir simni to‘g‘rilash yuqorida (ishchi holatida) yoki pastda (t.y. 
yonida) amalga oshirilishi mumkin. Simni to‘‘rilash ushbu ishni bajarishga 
mo‘ljallangan maxsus poyezd yordamida bo‘sh vaqt oralig‘ida amalga 
oshiriladi. Ushlab turuvchi tros va kontakt simini to‘g‘rilashda 
foydalaniladigan usullarga qarab kontakt osmasini montaj qilish usullari 
yuqorida, pastda, kombinatsiyalashgan va majmuaviy usullarda olib boriladi.
Yuqorida montaj qilishda kontakt osmasining barcha simlari 
platformadan loyihada ko‘rsatilgan holatga yaqin bo‘lgan holatda yuqorida 
to‘g‘rilanadi: avval ushlab turuvchi tros (10 km/s gacha bo‘lgan tezlikda), 
kiyin esa kontakt simi (5 -7 km/s tezlikda). Kontakt simini to‘g‘rilashdan 
avval ushlab turuvchu tros yetarlicha taranglik bilan tortiladi, ankerlanadi va 


303
unga torlar mahkamlanadi. Montaj jarayonini tezlashtirish maqsadida 
simlarni to‘g‘rilashda maxsus mexanizmlardan foydalaniladi.
Pastda montaj qilishda kontakt osmasining barcha simlari yerda (ushlab 
turuvchi tros 25 km/s gacha bo‘lgan tezlikda, kontakt simi esa 10 km/s gacha 
bo‘lgan tezlikda) to‘g‘rilanadi. So‘ngra osma yo‘l chetida uncha katta 
bo‘lmagan balandlikda yig‘iladi, bunda ushlab turuvchi tros tayanchlarning 
pastki qismlarida mahkamlanadi va uni dastlabki rostlash ishlari bajariladi. 
Shundan 
keyin 
osma 
kerakli 
(ishchi) 
holatgacha 
ko‘tariladi. 
Kombinatsiyalashgan usulda montaj qilishda ushlab turuvchi tros pastda 
to‘g‘rilanadi, ankerlanadi va unga torlar mahkamlanadi, keyin esa kerakli 
balandlikka ko‘tariladi. So‘ngra kontakt simi balandlikda to‘g‘rilanadi va 
ushlab turuvchi trosga osiladi.Yuqorida montaj qilish usuli barcha joylarda 
qo‘llanilishi mumkin. Stansiyalarda faqat shu usuldan foydalaniladi, ayrim 
hollarda ushlab turuvchi troslar guruhi (bir vaqtning o‘zida bir nechta 
stansion yo‘llar uchun) to‘g‘rilanishi mumkin.
Mamlakatimiz t.y.larida kombinatsiyalashgan montaj usuli odatda 
ushlab turuvchi trosni to‘g‘rilash usun kerak bo‘ladigan poyezdlar 
harakatidagi bo‘sh vaqt oralig‘ini qisqartirish uchun peregonlarda 
qo‘llaniladi. Ammo t.y.ning egrilik radiusi 1000 m dan kichik bo‘lganda bu 
usuldan foydalanib bo‘lmaydi. Bu holatda pastda montaj qilish usuli ham 
istisno tariqasida qo‘llaniladi, chunki, bunda to‘g‘rilanadigan simlar 
shikastlanib qolishi mumkin. Montaj qilishning bu usuli izolyarsiyalangan 
konsollarda va t.y.ning egrilik radiusi 1200 m dan kichik bo‘lganda 
qo‘llanishga ruxsat etilmaydi.
Montaj qilishning majmuaviy usuli samarali hisoblanadi, bunda kontakt 
osmasining barcha simlari yuqorida poyezdlar harakatidagi bo‘sh vaqt 
oralig‘ida (ushlab turuvchi tros kontakt simiga nisbaatan biroz avval) 
to‘g‘rilanadi. Shu bo‘sh vaqt oralig‘ida kontakt osmasi yig‘iladi va ishchi 
holatiga keltiriladi. Bu usulni amalga oshirish uchun ikkita lokomotivga ega 
bo‘lgan maxsus montaj poyezdi va bo‘sh vaqt oralig‘i zarur bo‘ladi.

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish