Uo‘K: 53(072) kbk


Poloz (elektr harakat tarkibi) -  Полоз



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

4.32. Poloz
(elektr harakat tarkibi)

Полоз 
(токоприемника 
электроподвижного состава)
– Runner 
(pantograph electric rolling 
stock)
 
– 
tok 
qabul 
qilgichningkarkas 
va(yoki) qo‘yilma va 
mahkamlovchi(qotiruvch) detallardan hosil qilingan qismi.
4.33. Tok qabul qilgich (T.q.q.) - Токоприёмник
– 
Pantograph -
elektr harakat tarkibi(EHT) elektr qurilmalarini kontakt tarmog‘i bilan elektr 
jihatdan kontaktini hosil qiluvchi elektr apparat bo‘lib, ishlash sharoitiga 
qarab havoda joylashgan kontakt osmasi simidan va relsdan tok olishga 
mo‘ljallangan turlarga; yasalishiga qarab pantografli(pantograf deb 
yuritiladi), yoyli va shtangali turlarga bo‘linadi. Pantografli T.q.q. sharnirli 
ko‘p bug‘inli mexanizmga ega bo‘lib (4.4 - rasm), magistral t.y.larda 
harakatlanadigan EHTlari va tramvaylarda qo‘llaniladi. Bunday T.q.q.
4.4 - rasm. Pantograflitok qabul qilgich:
1 – asos; 2 – tayanch; 3 – ko‘taruvchi 
prujina; 4 – kronshteyn; 5 – boltlar; 6 – richag; 7 – quyi rama vali; 8 - quyi rama 
trubasining qopqog‘i; 9 - quyi rama trubasi; 10 – moyli moslama; 11 – tayanch flansi; 12 
– bufer(turtki yumshatgich); 13 – tayanch shoki; 14 – tortqi; 15 – yuqori rama trubalari; 
16 – yuqori sharnir(oshiq-moshiq); 17 – tirgak, ayri; 18 – poloz, sirg‘algich; 19 – ko‘mir 
qo‘yilma; 20 – poloz shunti; 21 – to‘siq(karetka); 22 – nakladkalar(qoplagich, qoplama, 
ustqo‘yma. 
qo‘zg‘almas asosli richaklar yordamida ulangan qo‘zg‘aluvchan ramalarga 
ega. Yuqoridagi ramalarda kontakt qo‘yilmali bitta yoki ikkita poloz 
o‘rnatilgan. EHT harakatlanganda kontakt qo‘yilma kontakt simi bo‘ylab 
sirpanadi. T.q.q. ishchi holatiga uning asosiga yoki EHT tomida o‘rnatilgan 
pnevmatik yuritma yordamida o‘tkaziladi. T.q.q. pnevmosilindrga siqilgan 
havo berilganda ko‘tariladi va havo qo‘yib yuborilgaanda pasayadi. 


137
Pnevmosilindrdagi havo bosimi EHTning butun ishlash jarayonida ushlab 
turiladi. Ba’zi T.q.q.lar poloz kontakt tarmog‘ining nosoz elementlariga 
urilganida ularni avtomatik pasaytiruvchi qurilmalar bilan jihozlangan.
Yuqori tezlikli (shu jumladan, respublikamiz yuqori tezlikli t.y. 
magistrallarida harakatlanayotgan) EHTlarda ikkita qo‘zg‘aluvchan tizimli 
T.q.q.lardan foydalaniladi (4.5 - rasm). 
4.5 - rasm. Balandligi avtomatik rostlanadigan tok qabul qilgich 
(Fransiya):
1 – izolyator; 2 – dempfer(tebranishni so‘ndirgich); 3 – yuqori shtanga; 4 – 
poloz; 5 – kontakt qo‘yilma; 6 – yo‘naltiruvchi shox; 7 – osma; 8 – quyi shanga; 9 – 
rama; 10 - pnevmatik yuritma; 11 – yuritma havo magistralining izolyatsion trubkasi; 12 
– kuzatuv kamerasi. 
Bu T.q.q.larda holati avtomatik rostlanadi: kontakt simi balandligining 
kichik o‘zgarishida yuqori qo‘zg‘aluvchan tizim, uning katta o‘zgarishlarida 
(masalan, past sun’iy inshootlarda) esa yuqori qo‘zg‘aluvchan tizim quyi 
qo‘zg‘aluvchan tizimni harakatga keltiradi. Tok olish sifatini yaxshilash 
uchun ushbu T.q.q.larda gidravlik amortizatorlar va aerodinamik ekranlar 
o‘rnatilgan. Yoyli va shtangali T.q.q.lar tramvaylarda, shangalilar esa faqat 
troleybuslarda qo‘llaniladi.
Relsli T.q.q.lar metropolitenlarda qo‘llaniladi.Relsli T.q.q. tuzilishi 
kontakt relsi bilan belgilanadi. Bunday T.q.q. nisbatan yuqori (300 N gacha) 
kontakt bosimi ta’minlanadi va qo‘zg‘aluvchan qismning harakati bilan juda
kichik (30 mm dan ortiq emas). Shuning uchun ham tok olish sifati yuqori 
bo‘ladi. Mamlakatimizda metropolitenlaridagi EHTlarida tok rels pastki, chet 


138
ellarda esa yuqori yoki pastki yuzasidan olinadi. T.q.q. vagon buksalariga 
izolyatsion brus orqali mahkamlangan kronshteynlarda o‘rnatiladi (4.6 - 
rasm). T.q.q. rels bilan bevosita boshmoq orqali kontaktda bo‘ladi. T.q.q.ni
4.6 - rasm. TP-3A rusumli relsli tok qabul qilgich (Rossiya):
1 – 
boshmoq(bashmak); 2 – bolt; 3 – ushlagich; 4 – kronshteynlar; 5 – prujina; 6 – shuntlar; 
7 – kontakt barmoqi; 8 – ugolnik(burchakli temir tasma). 
relsga zaruriy bosimi kronshteynlar va ushlagich orasida joylashgan va 
siqilishga ishlaydigan prujinayordamida hosil qilinadi. Tok boshmoqdan 
kronshteynlarga elastik shuntlar orqali o‘tadi. Ta’minlovchi shinaga ulangan 
elastik kabelni ulash uchun kronshteynda kontakt barmog‘i qotirilgan. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish