Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

4. Tarix matnlari. Mil.avv. V asrda ilk bor o‘tmish voqea-

hodisa 


larining matnini tuzish va xalq oldida bayon qilish 

boshlanadi.



  Mil.avv. V asrda yunonlarda jamiyat taraqqiyoti-


401

ga bag‘ishlangan ana shunday matnlar paydo bo‘ldi. Uzoq vaqt 

turli o‘lkalarda bo‘lgan Gerodot (mil.avv. 485–425-yillar atrofi-

da yashagan, Kichik Osiyodagi Galikarnas shahrida tug‘ilgan) 

ilk bor ko‘rgan va eshitgan voqealarini ma’lum bir tizimga solib, 

hikoya qilishga kirishdi. U tuzgan matnni Afinada ilk bor xalq 

oldida o‘qib berdi. Keyinchalik mil.avv. III asrda Aleksandriya 

olimlari uning hikoyalarini 9 jilddan iborat kitob holatiga kel-

tiradilar. 9-jild «Tarix» (yunoncha «Istoriya» – «tasvir» ma’nosini 

bildiradi) yoki «Muzalar» deb atalib, asosan yunon-fors urush-

lariga bag‘ishladi. Lekin muallif bayon qilish davomida Misr, 

Eron,  skiflar  tarixiga  ham  murojaat  qiladi.  Gerodot  insonlar 

faoliyatida xudolarning ishtirokiga shubha qilmadi.

Olorning  o‘g‘li  Fukidid  (mil.avv. 460/51–396-yillar) boy  afi-

nalik oiladan bo‘lib, frakiyadagi oltin konlarini merosga oldi. 

Siyosiy hayotga faol qatnashdi. Peloponnes urushi davrida 

strateg bo‘ldi, lekin harbiy ishda xatoga yo‘l qo‘ygani uchun 

Afi nadan quvg‘in qilindi. Fukidid Peloponnes urushiga bag‘ish-

langan 8 kitobdan iborat tarixiy asarning muallifi. Uning asari 

afsonaviy va haqiqiy voqealarni Gerodotga xos bo‘lgan, quruq 

bayon qilishning aksi bo‘lgan haqiqiy tarixiy tadqiqot edi. Fuki-

did tarixchilar ichida birinchi bo‘lib tarixiy voqealarni, ularning 

harakatga keltiruvchi kuchlari, taraqqiyot yo‘llari bilan o‘za-

ro aloqada ko‘rishga harakat qildi. Voqealarning sabablarini 

o‘rganish uchun siyosiy voqelikni ilmiy tahlil qilish usullarini 

qo‘lladi. Fukidid xudolarni tarix doirasidan chiqardi. U tarix-

ni xudolar emas, balki kishilar o‘z faoliyatlari bilan yaratadi-

lar deb hisoblar edi. Kishilarning «tabiati» hamma vaqt qonun 

va shartnomalardan kuchliroq bo‘ladi. Kishilarning qiyofasi va 

uning ko‘rinishlari Fukidid uchun shu davr jamiyatining vo-

qeligini tushinishda yetarli edi. Gerodot va Fukidid yunon po-

lislari fuqarolarining o‘z ozodligini himoya qilishi, vatanparvar-

lik va o‘zini qurbon qilishdek qahramonlik kurashiga murojaat 

qildilar. 

Fukidid an’analarini Ksenofont (mil.avv. 430–355-yillar) 

davom ettirdi. Uning «Anabasis», «Lakedemeon politiyasi», «Kiro-

pediya», «Agesilay» va «Daromadlar to‘g‘risida» asarlarida o‘sha 

davr yunon dunyosining siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti aks 

etadi. Efor (mil.avv.405–330-yillar) 30 kitobdan iborat «Tarix» 

asarida yunon dunyosi, shuningdek, yunon koloniyalari tari-

xini yoritdi. 



402

Mil.avv. V asrda yunon dunyosida yuz bergan kuchli siyosiy 

jarayonlarni tahlil qilgan, shu davrning siyosiy arboblari Femis-

tokl va Perikl kabi afinalik demokratiya yo‘lboshchilarini ayovsiz 

tanqid ostiga olgan siyosiy adabiyotlar yuzaga keldi. Shunday 

adabiyotlardan  biri  «Afinaning  boshqaruvi  to‘g‘risida»gi  risola 

mil.avv. 430-yillar atrofida paydo bo‘ldi. Kritiyning «Lakedemon 

politiyasi»da Sparta jamiyati qurilishi ko‘klarga ko‘tarildi, Afina 

demokratiyasiga salbiy nazar bilan qaraldi.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish