Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

Me’morchilik.  Qadimgi fors me’morchiligining ulug‘vor in-

shootlari Persepol va Suzadagi saroy ansambllari edi. Persepol 

shahri maydoni 135000 m. kv ni tashkil qiladi. Bundan tash-

qari, 12000 kv.m sun’iy maydon hosil qilingan. Tog‘ qiyaliklari-

ni tekislash bilan bu sun’iy maydonda shahar uch tomondan 

devor bilan o‘rab olinib, to‘rtinchi tomoni tog‘ qoyasiga chiqadi. 

Doro I ning Pasargaddagi rasmiy saroy qarorgohi 3600 m. 

kv maydonga ega bo‘lgan ulkan inshootdan iborat bo‘lgan. 

Saroyning katta zali ayvon bilan o‘ralgan. Zal va ayvonlar to-

mini toshdan nafis, nozik yasalgan, balandligi 20 m bo‘lgan 

72 ta ustunlar ko‘tarib turgan. Saroyga kirishdagi uzun zina-

poyaning (Apadana) ikki tomon devorlari relyef tasvirlar bi-

lan qoplangan. Ushbu relyef tasvirlarda Ahmoniylar davlati 

tarkibiga kirgan xalqlar o‘z kiyimlari va antropologik tuzi-

lishlarida aks ettirilgan. Ularda saroy ayonlari, podshoning 

shaxsiy gvardiyasi, otliq va jang aravalari relyef tasvirlari ish-

langan. Zinapoyaning bir tomonida fors podshosiga hadya lar 

va o‘lponlarni olib borayotgan qaram hududlarning 33 xalqi 

vakillarining uzun qatori tasvirlangan. Bu saroy Fors davla-



241

tining kuch-qudrati ramzini ifodalab, muhim davlat qabul-

lari, elchilarni qabul qilish uchun xizmat qilgan. U Doro I va 

Kserksning shaxsiy saroylari bilan maxsus chiqishlar orqa-

li bog‘langan. Bu haqiqiy etnografik muzey, qaysiki, bu yer-

da turli xalq va qabilalarning o‘ziga xos kiyimlari, qurollari 

va ularning kasblarini ifodalaydigan tasvirlari toshga o‘yib 

tushirilgan. Pasargadda boshqa fors podsholarining saroy-

lari, xizmatchilar xonalari va kazarmalar qurilgan. 

Pasargad (Eram bog‘i) qoyatosh bag‘rida barpo qilingan bo‘lsa-

da, shaharni suv bilan ta’minlash maxsus qazilma akveduklar 

bilan amalga oshirilgan. Shaharda botanik bog‘ yaratilgan va 

fontan, favvoralar qurilgan. 

Doro I davrida ikkinchi poytaxt Suzada katta qurilishlar 

olib borilgan. Qurilish ashyolari 12 mamlakatdan olib kelin-

gan. Doro I ning yozuvlarida shunday deyilgan: «Kedr daraxti 

Livan tog‘laridan Suzaga uni kariylar, bobilliklar olib kelish-

di. Yog‘och Gandxara va Karmaniyadan, oltin Lidiya va Baqtri-

yadan olib kelingan. Feruza Xorazmdan, kumush, eban daraxti 

Misrdan, saroy devorlari uchun bezaklar Ioniyadan, fil suyagi 

Efiopiya va Kariyadan keltirilgan. Tillakor ustalar midiyalik va 

misrliklar edi. Yog‘ochga naqsh beradiganlar misrliklar bo‘lgan. 

Ahmoniylarning saroylari Fors davlatining kuch-qudratini aks 

ettirishi kerak edi. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish