Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

9. Qadimgi Eron madaniyatiDiniy e’tiqod. Qadimgi Eron 

mafkurasida mil.avv. I ming yillikda shakllangan diniy ta’limot 

zardushtiylik muhim o‘rin egallaydi. Ahmoniylar Eronida eron 

zardushtiylik kohinlari yuqori lavozimlarni egallaganlar. Ular-

ning qurbonlik keltirish marosimini boshqarganlar, davlat ken-



237

gashi va oliy sudda ishtirok etganlar, kohinlar diniy e’tiqod 

xizmatchilarni tayyorlaganlar. Zardushtiylik Midiya podshosi 

Astiag davridayoq rasmiy dinga aylangan edi. Zardushtiylik 

dinining kohinlari diniy an’ana, urf-odat va rasm-rusumlarni 

saqlovchi maglar bo‘lgan. Zardushtiylik odamlarni qurbonlik 

qilishni taqiqladi, odamlarning bir-biriga mehribon bo‘lishini 

targ‘ib qildi. Doro I mil.avv. 520-yil atrofida zardushtiylikni ras-

miy davlat dini deb e’lon qildi.

Qadimgi Eronda qadimgi zardushtiylikning tabiat xudolari 

Mitra (quyosh xudosi), Anaxita (suv va hosildorlik xudosi) va 

yorug‘lik, oy, shamol kabilarni o‘zida ifodalagan xudolarga 

sig‘inilgan. Fors podsholari zardushtiylikning afzalligini tan 

olib, rasmiy din sifatida qabul qilgan bo‘lsalar-da, eng qadimgi 

xudolardan voz kechmaganlar.

Ahmoniylar boshqa dinlarga ham homiylik qilganlar. Doro I 

Bobil, Elam va Yahudiyadagi buzib tashlangan ibodatxonalarni 

qayta tiklashga buyruq berdi. Misr ishg‘ol qilingach, Kambiz 

Misr urf-odatlari bo‘yicha toj kiydi. U Sais shahridagi ma’buda 

Neyt ibodatxonasida diniy marosimlarda qatnashdi. Doro I o‘zi-

ni ma’buda Neytning o‘g‘li deb e’lon qildi. Xudo Amon va bosh-

qa Misr xudolariga bag‘ishlab ibodatxonalar qurdi. 

Diniy e’tiqodni markazlashtirish maqsadida Kserks (mil.avv. 

V asr) Eronda diniy islohot o‘tkazdi. U zardusht inkor qilgan 

Mitra, Anaxita va boshqa qadimgi ilohlarning ibodatxonalarini 

yo‘q qilishga urindi. Ammo bu amalga oshmadi. Bu islohot o‘z 

maqsadiga erishmadi. Yarim asrdan so‘ng qadimgi xudolarga 

sig‘inish yana keng avj oldi. 

Ahmoniylar ibodatxonalarni iqtisodiy qudrati haddan tash-

qari kuchayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Misr, Bobil va 

Kichik Osiyodagi ibodatxonalarni davlat soliq majburiyatla-

rini o‘tashga majbur qildilar. Ahmoniylar davlati uchun turli 

xalqlarning madaniyati va diniy qarashlarni sinkretizmi xarak-

terli edi. Forslar hukmronligi davrida Misrda forslarning ilohi 

Serapisga sig‘inilgan. Uch qit’aga tarqalgan fors davlatining 

ulkan hududida turli etnoslarning qo‘shilib ketish jarayonlari, 

imperiyaning turli hududlari o‘rtasidagi aloqalarning kuchay-

ishi natijasi edi. Chet elliklar mahalliy xalqlar bilan qo‘shilib 

ketdilar. Ularning urf-odat, an’analarini qabul qildilar. Davlat 

hokimiyati imperiya tarkibida bo‘lgan turli xalqlarning diniy 

e’tiqod, madaniyatlari rivojlanishi va bir-biriga yaqinlashuviga 

to‘sqinlik qilmadi. 




238

Yozuv. Mamlakat turli hududlarining doimiy iqtisodiy-ijti-

moiy va siyosiy aloqasi madaniyatlarining o‘zaro ta’siriga ijobiy 

turtki beradi. Turli xalqlarning yagona davlat hududida ya shab 

turishi xalqlarning ilmiy bilimlari, san’at va adabiyotlarining 

bir-birini boyitishiga olib keldi. Ahmoniylar davrida O‘rta Osiyo 

va Hindistonga oromiy yozuvi kirib keldi. Oromiy yozuvi asosi-

da so‘g‘d, xorazm va o‘rta fors yozuvlari shakllandi.

Forslar va boshqa xalq-elatlar Bobil, Misr va Elamning qa-

dimiy madaniyatlarini o‘zlashtirib oldilar. Forslarning eng kat-

ta madaniy yutuqlaridan biri o‘ziga xos mixxatning yaratilishi 

bo‘ldi. Fors mixxati akkad alfavitidan farq qilgan holda bor-

yo‘g‘i 40 belgidan iborat bo‘lib, deyarli alfavitli yozuv bo‘lgan.

Eron Ahmoniylar davrida o‘zining noyob madaniyatini 

yaratdi. Qadimgi fors yozuvi 43 belgidan iborat bo‘lib, asosan, 

podshoning tantanali yozuvlari uchun foydalanilgan. Hukm-

dorlarning sag‘analari, saroy devorlari, ustunlari shu yo-

zuv bilan bezalgan. Tosh vaza va muhrlar, metall idishlar, 

qurol larga yozuvlar o‘yib bitilgan. Ana shunday yozuvlarning 

eng noyobi Behustun bitiklaridir. Behustun bitiklari Kam-

biz hukmronligining so‘nggi yillari, Doro I hukmronligining 

birinchi yillari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Uning balandligi 

relyef bilan birgalikda 7,8 m ni, kengligi 2,2 m ni tashkil 

etadi. U qadimgi fors, elam va akkad tillarida bitilgan. Uch 

tilli yozuv Hamadon va Kirmonshoh shaharlari o‘rtasida-

gi Bobil, Midiya va boshqa mamlakatlar bilan bog‘laydigan 

yo‘ldan 105 metr balandlikdagi Behustun qoyasida bitilgan. 

Bitik ustida boshqa odamning relyef tasvirlari ustida parvoz 

qilib turgan xudo Axuramazda yuksalib turadi. Axuramaz-

da uzukli chap qo‘lini Doroga uzatib, podsholik hokimiyatini 

ramziy  topshirib,  o‘ng  qo‘li  bilan  podshoni  sharaflamoqda. 

Doro I tabiiy kattalikda podsho tojida tasvirlangan. Uning o‘ng 

qo‘li Axu ramazdaga ibodat qilishga uzatilgan, chap qo‘li bilan 

kamonni ushlab turibdi. Doro chap oyog‘i bilan Kambiz ha-

yotligi davrida taxtni bosib olgan, yerga yiqitilgan, talvasaga 

tushgan Mag Gaumatani oyog‘i bilan bosib turibdi. Chapda 

Doroning orqasida uning ikki saroy a’yoni – nayza bardor Gob-

riy va kamonchi Aspatin turibdi. Bevosita Gaumata orqasida 

Doroni taxtga chiqishi vaqtida isyon ko‘targan sakkiz isyon-

chi va saka-tigraxaudalar podshosi tasvirlangan. Ularning 

qo‘llari orqalariga bog‘langan, ular bir uzun zanjirga chir-

mashtirib tashlangan.



239

Ahmoniylarning boshqa yozuvlari Naqshi Rustam, Suza, Pa-

sargad, Ekbatana va Misrda mavjud. Naqshi Rustam yozuvi Pa-

sargadning shimoliy-g‘arbidan 5 km dagi Doro I ning sag‘anasi-

ga bitilgan. Maqbara 20 m balandlikda bunyod qilingan. Qa-

dimgi Eron an’analariga ko‘ra, qoyatoshga o‘yilgan sag‘anaga 

kirishda uch ulkan ravoqlarda uch sag‘ana joylashgan. Ular-

dan birida Doro I jasadi, qolgan ikkita sag‘anada uning oila 

a’zolari dafn qilingan. Ayvon ustida haykal tasvirlar mavjud. 

Doro saroy a’yonlari qurshovida taxtda o‘tiribdi. Uni 30 ta xalq 

vakillari ko‘tarib turibdilar. Tasvirlarda har bir xalqning o‘ziga 

xos antropologik va etnografik xususiyatlari belgilari bilan ifo-

dalashga harakat qilingan. Tasvirda ularning har birini etnik 

mansubligini bildiradigan yozuvlar bor. Podsho chap qo‘lida 

kamonni ushlab turibdi. O‘ng qo‘lida butun yodgorlik ustidan 

go‘yoki parvoz qilayotgan Axuramazdaga murojaat qilmoqda. 

O‘ngda muqaddas olov bilan mehrob. 

Doro I ning uch yozuvi uning buyrug‘i bilan Nil daryosidan 

Qizil dengizga kanal qurgani to‘g‘risida hikoya qiladi. Ular Su-

vaysh kanalining sobiq bo‘ynida topilgan bo‘lib, misr, fors, elam, 

akkad tillarida tuzilgan. Misr matnidagi uch lavhada Misrning 

ikki tomoni o‘xshash tasvirlari Doro nomi yozilgan oval bilan 

ramziy birlashtirilgan. Yozuv Doroga tobe 24 mamlakatni es-

latadi. Har bir mamlakatning vakili alohida ovallarda tasvirla-

nib, podsho nomi yozilgan ovalga yuzlari qaratilgan. 

Suzadan qachonlardir o‘zining hashamatli saroyining ulkan 

darvozalari oldida turgan Doro haykali topilgan. Podsho Misr 

xudosi Atum qiyofasida, fors kiyimida tasvirlangan. Yodgorlik-

da to‘rt tildagi yozuv mavjud. 

Qadimgi O‘rta Osiyo va Eronda zardushtiylik kalendari bo‘lib, 

oy va kunlarning nomi zardushtiylik ma’budalari Axuramazda, 

Mitra, Anaxita va boshqalarning nomlaridan kelib chiqqan. Yil 

12 oy, har bir oy 30 kundan iborat, har bir yilga yana besh kun 

qo‘shilgan (jami 365 kun).

 

San’at. Ulug‘vor saroylar, ibodatxonalar Ahmoniylar imperi-

yasining qudrati ramzi edi. Bu ulug‘vor inshootlarni imperi-

yaning turli hududlaridan kelgan quruvchi-me’morlar bunyod 

qildilar. Osuriya, Bobil, Misr, Yunon, Elam badiiy an’analari, 

texnik usullari bilan Eron va O‘rta Osiyo badiiy an’analari sin-

tezi yuz berdi. Eron badiiy san’ati yuqori darajada rivojlandi. 

Turli xil metallardan ishlangan vaza va jomlar, tosh qadahlar fil 

suyagidan yasalib, oltin, kumush bilan ziynatlangan ritonlar, 




240

zargarlik buyumlari, lazuritdan ishlangan haykallar yuksak 

badiiy did shakllanganidan dalolat beradi. Yuksak badiiy san’at 

asarlari hisoblangan buyumlarda xonaki va yovvoyi hayvonlar 

(qo‘ylar, sherlar, to‘ng‘izlar va boshqalar) hayotiy ifodalangan. 

Badiiy buyumlar ichida agat, xalkidon va yashma kabi yarim 

qimmatbaho toshlardan ishlangan silindrsimon muhrlar-

ga podsholar, afsonaviy qahramonlar va afsonaviy mavjudot-

lar tasviri tushirilgan. Ular nihoyatda mohirlik bilan yasalgan 

bo‘lib, haqiqiy san’at asari hisoblanadi. Fors san’atida, ayniq-

sa, o‘simlik va hayvonlarning hayotiy tasvirlari bo‘lgan badiiy 

buyumlar bizni hozirgacha hayratga soladi. 

Manbalar Ahmoniylar davlati hukm surgan yuz yillar davo-

mida barqaror siyosiy tizim, yagona davlat hududlari, o‘nlab 

mamlakatlar amaldorlarining poytaxt Suza va Persopol-

ga muntazam qatnaganlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. O‘z 

tarkibiga 80 dan ortiq xalqlar, elatlar, qabilalarni birlashtirgan 

Ahmoniylar imperiyasi davrida yagona davlat tarkibiga kirgan 

turli xalqlar, hududlar madaniyatlari va diniy e’tiqodlari rivoj-

lanishiga, ularni aralashib, biri-birini boyitishi uchun qulay 

ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy va siyosiy shart-sharoit-

lar yaratildi. Hududlar, mamlakatlar o‘rtasida xilma-xil iqti-

sodiy-madaniy aloqalar ilgariga qaraganda muntazam tus oldi. 


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish