di. Mamlakatda ko‘plab yerlar o‘zlashtirildi. Irrigatsiya va suv
ta’minoti yaxshilandi. Bog‘dorchilik, uzumchilik va chorvachilik
niladi. Yangi shaharlar quriladi, jumladan, Kalxu shahri qayta
154
tiklanadi. Osuriyaning yangi poytaxti «Tukulti-Ninurtu qal’asi»
asir olingan kassit, xurrit va urartu qabilalari kuchi bilan qayta
tiklangan.
Osuriya jamiyatining hukmron tabaqasi harbiylar, davlat xiz-
matidagi zodagonlar, ibodatxona va savdo ahlidan iborat bo‘lib,
ular juda katta boylik va imtiyozlarga ega bo‘lganlar va mavjud
siyosiy hokimiyat bilan yaqin aloqada bo‘lib, uning istilochilik
siyosatini qo‘llab-quvvatlaganlar. Osuriya jamiyatining quyi ta-
baqalarini kichik ishlab chiqaruvchi yer egalari, jamoa a’zolari
va hunarmandlar tashkil etgan. Ular xazinaga qishloq xo‘jalik
mahsulotlari, chorva mollari va kumush bilan soliq to‘lagan-
lar. Ijtimoiy tizimning eng pastidagi ko‘chib kelganlar, asirlar
va qullar qaram ishchilar toifasini tashkil qilganlar. Ular ko‘p
hollarda podsho xo‘jaligida va ayrim hollarda ibodatxonalar,
xusu
siy yerlarda ishlaganlar. Osuriya davlati o‘z tarixining
so‘nggi davrida qadimgi Sharq davlatchiligining o‘ziga xos shak-
liga ega bo‘lgan. Podsho qo‘lida dunyoviy, harbiy va diniy soha-
lardagi cheklanmagan hokimiyat to‘plandi. «Podshoga hokimi-
yat muqaddas xudolar tomonidan topshirilib, xudolar homiyligi
ostida hukmdorlar davlatni boshqaradi» tushunchasi xalq om-
masi ongiga singdirilgan edi.
Davlatni boshqarishda osur hukmdorlari qo‘shin va yax-
shi tashkil etilgan boshqaruv apparatiga tayanganlar. Osuri-
ya davlati boshqaruvida harbiy va moliya muassasalari yetak-
chi o‘rinni egallagan. Harbiy muassasa mamlakat ichida va
bo‘ysundirilgan hududlarda «tartib»ni saqlagan. Moliya muas-
sasasi esa, davlat xazinasiga soliq va o‘lponlarni o‘z vaqti-
da to‘lovi uchun javob bergan. To‘lov va majburiyatdan faqat
podshoning «himoya» yorliqlariga ega bo‘lganlar ozod qilingan.
Ayrim shaharlar (Bobil, Borsippa, Sippar, Nippur, Xarran va
Ashshur) ibodatxonalari va saroy ahllarigina bunday imtiyoz-
lardan foydalanganlar. Mil.avv. IX–VII asrlarda Osuriya davla-
ti yaxshi tashkil etilgan boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan. Bosib
olingan hududlarning ko‘pchiligida provinsiyalar (Osuriya,
Kichik Osiyo ning ayrim shahar va viloyatlari, Xaldey va Oromiy
hokimliklari) tashkil qilingan. Ular Osuriya noiblari tomoni-
dan boshqarilgan. Ba’zi hududlarda Osuriyaga xiroj to‘laydigan
qaram hudud va podsholiklar (Finikiya shaharlari, Yahudiya,
Moav, Edem, Tabal, Manna) saqlanib qoladi. Osuriyadan uzoq
bo‘lgan bir qadar kuchli davlatlar o‘z mustaqilligini ma’lum da-
rajada saqlab qoladi (Lidiya, Urartu, Midiya, Elam va Shimoliy
155
Arabiston yerlari). Bo‘ysundirilgan Misr alohida mavqega ega
bo‘lgan. U 20 ta kichik hududlarga bo‘linib, ularning tepasida
mahalliy hokimlar (podsho, nomarx, kohinlar) turganlar. Shu
bilan birga, bo‘ysundirilgan hududlarda Osuriyaning ko‘p son-
li amaldorlar apparati va harbiy ma’muriyati qoldirilgan. Bobil
shahri alohida boshqarilgan. Bobil podsholari rasman o‘z mus-
taqilliklarini saqlab qoldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: