tazyiqiga qarshi Osuriyaga ittifoqchi sifatida chiqadi. Tez orada
keyinchalik Bobil ham Osuriya ta’siri ostiga tushib qoladi. Osu-
147
lar aholisiga nisbatan shafqatsizligi bilan qo‘shni hududlarga
qo‘rquv va dahshat tug‘diradi.
Osuriya davlatining shakllanishi mil.avv. 1295–1264-yillarda
hukmronlik qilgan podsho Adad-Nerari davrida tugallandi. U
birinchi bo‘lib rasmiy ravishda o‘ziga podsho unvoni berib, Old
Osiyo buyuk davlatlari hukmdorlariga teng bo‘lgan «Buyuk pod-
sho» unvoniga da’vo qiladi
. Adadneraruning o‘g‘li Salmanasar I
(akkad tilida Shulmanu – ashared mil.avv. 1274–1245-yillar)
otasining Mitanniga qarshi yurishlarini davom ettirdi. U yuqori
Mesopotamiyani Karxemeshgacha Osuriyaga qo‘shib oldi. Sal-
manasar I ning o‘g‘li Tukulti-Ninurta I (mil.avv. 1244–1208-yil-
lar) Bobilga va Kavkazortiga g‘olibona harbiy yurishlar uyush-
tirdi. U Bobilni bosib olib, u yerga o‘z noibini tayinladi va Bobil
shahridagi Esagila ibodatxonasidan xudo Mardukning hayka-
lini Ashshurga olib ketdi. Podsho Ash shur o‘rniga o‘zi uchun
yangi poytaxt – Kar-Tukulti-Ninurta shahrini qurdirdi. Ammo
hukmronligining so‘nggi yillarida xettlar va Bobil Osuriyani
u bosib olgan hududlarning katta qismidan mahrum qildilar.
Mamlakat uzoq urushlar natijasida zaiflashib qolib, ichki tar-
tibsizliklar yuz berdi. Mil.avv. XIII asrda Xett davlati osur sav-
dogarlarini Kichik Osiyodan siqib chiqardi. Misr Suriyada o‘z
ta’siridan mahrum bo‘ldi. Mitanni davlati esa, Osuriya uchun
g‘arbga chiqadigan yo‘lni butunlay yopadi. Mil.avv. XIII–XII asr
boshlarida Osuriya Yuqori Mesopotamiyaning qo‘shni hudud-
larini to‘rt marta o‘ziga qo‘shib oldi va to‘rt marta yo‘qotdi.
Osur zodagonlari podshoning zaif tashqi siyosatidan noro-
zi bo‘lib, uni taxtdan tushirib, o‘ldirdilar. Osuriya tushkunlik-
ni boshdan kechiradi. Bolqon qabilalaridan bo‘lgan mushklar
Frot daryosi vodiysiga kelib, Xett davlatini halokatga uchrat-
dilar. Keyin esa, elamliklarning hujumini qaytardilar. Qo‘shni
Bobilning tazyiqi kuchaydi, bir qator hududlarni bosib oldi.
Faqat Ash shur I dan (mil.avv. 1179–1134-yillar) Bobilga qarshi
harbiy yurishlarni boshladi. Ammo tashqi siyosatda haqiqiy tub
burilish podsho Ashshur – resh-ishi (mil.avv. 1133–1116-yil-
lar) davrida yuz berdi. Uning o‘limidan keyin Osuriya taxti-
ga kuchli siyosiy arbob Tikulti-anal-esharra ( Tiglatpalasar
1115–1077-yillar) chiqdi.
Podsho Tiglatpalasar I (mil.avv. 1115–1077-yillar atrofida)
davrida xalqaro vaziyat Osuriya foydasiga o‘zgardi. Bu davrda
Xett podsholigi halokatga uchrab, Misr siyosiy tarqoqlik tomon
yo‘l tutdi. Osuriya qulay vaziyatdan foydalanib, Shimoliy Suriya
148
va Shimoliy Finikiya, Kichik Osiyoning janubiy-sharqiy qismini
o‘z ta’siri ostiga oldi. Osuriyaning gullab-yashnashi mil.avv.
XII–XI asrlarda Arabistondan oromiy qabilalarining bostirib ke-
lishi natijasida tugadi.
Do'stlaringiz bilan baham: