119
sonlari yotar edi. Keyinchalik, o‘nlik tizim – 1, 10, 100 asosi-
da paydo bo‘ldi. Mesopotamiyaning qadimgi aholisi arifmeti-
kaning to‘rt qoidasi: bo‘lish, algebraik tenglamani kvadrat va
kub darajasiga ko‘tarib, ildiz chiqarib yechishni bilar edilar.
Ular geometriyaning asoslari bilan tanish bo‘lib, «pi» sonini
bilganlar. Aylana uzunligi, aylana maydoni, kesik piramida
hajmi, to‘g‘ri burchakli uchburchakning tomonlari o‘rtasidagi
nisbatini hi soblashni bilar edilar. Uzunlik va og‘irlik o‘lchov
birliklari ishlab chiqildi. Astronomiya asosida oy kalendari
yaratildi. Har bir oy 29 yoki 30 kundan iborat bo‘lib, yil 12 oy,
354 kundan iborat bo‘lgan. Oy kalendarining quyosh kalen-
daridan farqi bir yilda 11 kunni tashkil etgan. Shu sababli,
har 3 yilda qo‘shimcha o‘n uchinchi oyni kiritish talab qilin-
di. Yil mart-aprel oyi («nisan» oyi)dan boshlangan. Mil.avv.
III ming yillikda har bir Shumer shahri ning o‘z kalendari bor
edi. Astronomlar quyosh va oy tuti lishini bilar, kometa, mete-
oritlarning paydo bo‘lishi, yer qimirlashlarini belgilar edilar.
Kun quyoshning chiqishidan emas, botishidan boshlangan. U
har biri 2 soatdan bo‘lgan 12 qismga bo‘linib, har bir kundan
yetti kunlik hafta tashkil topgan.
Bobil astronomiya va matematikasi mil.avv. V asrda katta
yutuqlarga erishdi. Bu vaqtda mashhur astronomiya maktab-
lari Uruk, Sippar, Bobil va Borsippada faoliyat ko‘rsatdi. Bo-
bilda matematika fanlaridan amaliy maqsadlar uchun foyda-
langanlar. Zamonaviy olimlar Bobil astronomiyasi taraqqiyotini
sinchiklab o‘rganib, ular ning bu sohadagi bilimlari yunonlarni-
kiga qaraganda keng bo‘lganini etirof etadilar. Qadimdayoq
bobilliklar zikkuratlarning yuqori qavatlaridan turib osmon
jismlarini muntazam kuzatganlar. Mesopotamiyaning har bir
shahrida zikkurat bunyod qilingan. Zikkurat, odatda, mahalliy
bosh xudo ibodatxonasi oldida uch-to‘rt qavatdan yetti qavat-
gacha xom g‘ishtdan qurilgan minora bo‘lgan. Uning yuqori qis-
mini tashqi devori havorang sirlangan g‘ishtlar bilan qoplangan
bo‘lib, bu yerda ziyoratgon joylashgan. Bu xudoning istiqomat-
gohi bo‘lib, xudo tunda bu yerda uxlab dam olgan. Kohinlar
bu yerdan turib dehqonchilik uchun taqvim muddatlari bilan
bog‘langan astronomik kuzatishlar olib borganlar. Ana shu ko‘p
asrlik kuzatishlari natijasida matematik astronomiya vujudga
keldi. Astronomlar yulduzlar o‘rtasidagi masofani astronomik
hisoblab chiqqanlar. Bobilda ko‘p sonli astronomik jadvallar
120
vujudga kelgan. Shu davrda Bobilda mashhur astronomlar –
Naburian (mil.avv. VI asr) va Kiden (mil.avv. IV asr) yashagan.
Naburian oy fazalarini aniqlash tizimini ishlab chiqdi. Kiden
quyosh yilini 365 kun, 5 soat, 41 daqiqa va 41,6 soniya hi-
sobladi. U yil hisobi davomiyligida bor-yo‘g‘i 7 daqiqa, 17 soni-
yaga xato qilgan. Astronomiya astrologiya bilan bog‘langan edi.
Bobil olimi Beroyes mil.avv. 270-yilda Kos orolida astronomiya
maktabini ochdi. Bu maktab orqali yunonlar Bobil matemati-
kasi bilan tanishdilar. Yevropa astronomiyasi uyg‘onish davriga
kelib faqat shu darajaga yetdi. Bobil astronomlarining bilimlari
yunonlarga qaraganda keng bo‘lgan.
Bizgacha juda ko‘p Bobil tibbiyot matnlari yetib kelgan. Me-
sopotamiya shifokorlari chiqqan va singan suyak bo‘g‘inlarini
davolay olganlar, lekin odamning ichki kasalliklarini davolay ol-
maganlar. Chunki ular odamning jasadini ochib, ichki a’zolarni
o‘rganmaganlar. Tibbiyot duo-afsunlar bilan yaqin bog‘langan.
Qadimgi Mesopotamiyada terapevtlar, jarrohlar, akusherlar,
veterinarlar bo‘lgan. Ular ko‘p kasalliklarni davolaganlar: ko‘zga
tushgan pardani (kataraktani) olganlar, yaralarni ochganlar,
singan suyaklarni o‘stirganlar, jigar, oshqozon, ichak kasal-
liklarini davolaganlar. Kasallik belgilarini aniqlash, tashhiz
qo‘yishni bilganlar. Bizgacha tibbiy ma’lumotnomalar, qo‘llan-
malar yetib kelgan. Dori-darmon tayyorlashda o‘simlik, hayvon
va minerallardan foydalanilgan.
Mil.avv. III ming yillikdayoq Mesopotamiyaliklar Hindistonga
bo radigan yo‘lni, mil.avv. I ming yillikda Efiopiya va Ispaniyaga
boradigan yo‘lni bilganlar. Bizgacha yetib kelgan geografik xa-
ritalar bobilliklarning o‘z geografik bilimlarini tizimga solishga
harakat qilganliklarini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: