107
davom etdi. Bu davr «O‘rta Bobil davri» deb ataladi. Kassitlar
Bobilning yuksak madaniyatini qabul qildilar. Kassit sulolasi
faol tashqi siyosat yurita olmadi. Bu davrning qudratli davlat-
lari Misr, Mitanni, Xettlar podsholigi Old Osiyoda yetakchilik
uchun raqobat qildilar, Kassit Bobili iqtisodiy-harbiy jihatdan
zaif bo‘lib, ular bilan tenglasha olmas edi. O‘sha davr misr yo-
zuvlari Kassit Bobilining Misr qudratini tan olgani va uning
hukmdorlariga sovg‘a-salomlar yuborgani to‘g‘risida ma’lumot
beradi. Buria-Buriash davrida (mil.avv. XV asr oxiri) Misrning
vaqtincha zaiflashuvi natijasida Bobil Misrga qarshi Mitan-
ni bilan hamkorlik qildi. Natijada Misr Mitanni bilan tinchlik
aloqalarini o‘rnatishga majbur bo‘ldi. Bobil Mitanni davlati-
ning Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘oqlari hududlariga nisbatan
da’vosini qo‘llab-quvvatladi. Kassitlar sulolasi tashqi siyosatda
murosachilik siyosatini olib bordi va o‘zining hukmronligini
mustahkamlash uchun vaqti-vaqti bilan qo‘shni davlatlar bi-
lan ittifoq tuzdi. Kassitlar Misrga qarshi xettlarni qo‘llab-quv-
vatladilar. Xettlar podshosiga Buria-Buriash II ning qizi tur-
mushga uzatilib, sulolaviy nikoh bilan davlatlar o‘rtasidagi
munosabatlar mustahkamlanadi. Kassit hukmdorlari mil.avv.
XIII asrda xettlar bilan ittifoqlikda osuriyaliklarga qarshi urush
olib bordi. Mil.avv. XII asr boshlarida kassit Bobili qulay xalqa-
ro vaziyatdan foydalanib, vaqtinchalik Osuriyani o‘ziga qaram
qildi. Kassit sulolasining hokimiyati kuchsiz bo‘lib, markaziy
davlat hokimiyatining joylarga ta’siri zaif edi. Mamlakat ichida
davlat yerlarini oqsuyak-zodagonlarga muntazam tarqatilishi,
ularga soliq tushumlarini berilishi xazinani bo‘shab qolishi-
ga va podsho obro‘-e’tiborining tushib ketishiga sabab bo‘ldi.
Kassitlar davri shaharlarning o‘z-o‘zini boshqaruvi va xususiy
mulkchilikning kuchaygan davri bo‘lgan. Bobil, Nippur va Sip-
par shaharlari ma’lum mustaqillikka ega bo‘lgan. Frot daryo-
si ning o‘ng qirg‘og‘idagi Sippar shahri yirik savdo-hunarmand-
chilik markazi bo‘lib, o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan
shahar umumdavlat soliq va majburiyatlardan ozoq qilingan.
Shamash ibodatxonasi bosh kohinni boshchiligida oqsoqol-
lar kengashi boshqargan. Ular soliq va majburiyatlardan to‘la
ozod qilingan. Bu shaharlar o‘zlarining alohida qo‘shinlariga
ega bo‘lgan. Shaharlar doimo o‘z hududlarida savdo va hu-
narmandchilikni rivojlantirdilar. Natijada mamlakat iqtisodiyo-
ti gullab-yashnadi. Savdo-hunarmandchilikning rivojlanishi
uchun qulay shart-sharoit yaratildi.
108
Qishloq xo‘jaligida natural holat kuchayib, tovar ishlab-
chiqa rish kamaydi. Yirik yer egaligi mustahkamlana boshladi.
Zodagonlar ko‘p hollarda soliq to‘lovlaridan podsho farmonlari
bilan ozod bo‘la boshladi. Bunday farmonlar «qudurru» (Yer
egalarining soliq va ma’muriy immunitetlari to‘g‘risidagi far-
mon) chegara toshlarida yozib qo‘yila boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: