Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

QADIMGI YUNONISTON 

QADIMGI YUNONISTON TARIXI

1. Geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi. 2. Tarixiy asar-

lar. Manbalar. 3. Moddiy manbalar. 4. Yunon tarixini davr-

lashtirish.

1. Geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi. Yunoniston 

geog rafik jihatdan uch qismga bo‘linadi: 1. Fessaliya va Epir, 

shimolda Moli va Pagasey ko‘rfazlari. 2. Janubdan Korinf va Sa-

ronika bilan cheklangan markaziy qism. 3. Peloponnes yarim 

orolidan iborat janub.

Yunonistonning shimoliy qismida Fessaliyani Epirdan Pind 

tog‘lari zanjiri ajratib turadi. Qadimda bu ikki viloyat yunon 

madaniyatining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Chunki bu yerda ilk bor shimoldan janubga tomon yunon qa-

bilalari siljib kelgan.

Fessaliyada qadimgi yunon afsonalari paydo bo‘ldi. Uning janu-

bidagi Sperxa daryosi vodiysidagi axey Ftiotidasi axil va mirmi-

donlar vatani. Fessaliyadan afsonaviy Yason uzoq Kolxidaga oltin 

mo‘yna uchun jo‘nab ketgan. Dodonda Sella kohinlari muqaddas 

dub daraxtining barglarini shitirlashiga qarab fol ochganlar. Epir 

yunon madaniyatiga aloqasi bo‘lmagan yovvoyi o‘lka bo‘lib, uni 

Markaziy Yunoniston bilan faqat xaon, tesprot, moloss va oresta 

kabi epir qabilalari joylashgan Axeloy daryosi bog‘lab turgan. 

Fessaliya barcha tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan bo‘lib, bu 

yerdagi ikki tekislikni fessaliyalik bosqinchilar ishg‘ol qilganlar. 

Ular mahalliy aholini qaram penestlarga aylantirganlar. Qis-

man ularni vodiydan tog‘larga siqib chiqarganlar. Fessaliya ning 

g‘arbiy qismida g‘alla va chorvachilik rivojlangan. U yerda qu-

lay qirg‘oq va qo‘ltiqlar yo‘q. Shimoliy Yunonistonni Markaziy 

Yunonistondan dengiz va Oyta tog‘lari orasida yotgan Fermopil 

daryosi ajratib turadi.

Markaziy Yunonistonda kam sonli tog‘lik qabilalar joylashgan. 

Egey dengizi qirg‘og‘ida Evbey oroli qarshisida Opunt lokrlari 




322

joylashgan.  Mil.avv.  V  asrda  afinaliklar  uchun  lokrlar  qoloq-

likning namunasi bo‘lgan. Parnas (2450 m) va Kifris tog‘lari-

da joylashgan vakiy qabilalari yanada qoloq bo‘lgan. Markaziy 

Yunoniston yo‘lidagi eng muhim joy bu Elateya shahri bo‘lgan. 

Delfa qadimgi Elladaning diniy markazi vazifasini o‘tagan. Par-

nasdan shimolda Yunonistonning eng kichik viloyati – Dorida 

(185 kv.km) bo‘lgan. Ko‘rinishidan doriylar shu yerda ilk bor 

o‘rnashganlar. Fokidadan g‘arbga Agra, evitan nomidagi illiriya 

qabilalari yashagan tog‘li va ozroq unumdor vodiyga ega bo‘lgan 

Etoliya viloyati joylashgan.

Shimolda Epir bilan tutashgan Abrakiy qo‘ltig‘igacha bo‘lgan 

hudud Akarnaniyada illiriya qabilalari yashagan. Janubda 

3000 kv. km hududni egallagan Beotiya viloyati birdaniga 3 

dengiz bilan tutashgan. Poytaxti Fiva bo‘lgan Beotiyada g‘alla-

chilik, chorvachilik va baliqchilik kuchli rivojlangan. Beotiyani 

janubdan Kiferon va Parnas tog‘lari o‘rab turadi. Yunoniston-

ning markazida tuprog‘i dehqonchilikka noqulay bo‘lgan Atti-

ka viloyati joylashgan. Qadimgi Attikada suv tanqis bo‘lsa-da, 

marmar, kumush va zaytun daraxtlariga boy bo‘lgan.

Afinaning dengiz yo‘lini Salamin oroli to‘sib turadi. Salamin 

uchun  Afina  Megara  va  Egina  bilan  uzoq  urush  olib  borgan. 

Faqat  Eginaning  bo‘ysundirilishi  Afinaning  dengiz  savdosiga 

yo‘l ochdi. Korinf va Saronik qo‘ltiqlari orasidagi tog‘lik hudud-

da Megara shahri joylashgan. Korinf qo‘ltig‘idan so‘ng Pele-

ponnes yarim oroliga o‘tish mumkin. Uning markazida Arkadiya 

baland ligi  turadi. 

Lakoniya va Messeniya viloyatlari yarimorol g‘arbida joylash-

gan. Bu viloyatlarda g‘alla ekilgan. Messeniyadan shimolda Eli-

da viloyati joylashgan bo‘lib, Alfey va Kladey daryolari qo‘shilish 

joyida har 4 yilda bir marta Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan 

Olimpiada shahri joylashgan. Elidadan shimolda Axeya viloyati 

turadi.

Yunonistonning iqlimi yumshoq, harorati 16

o

C ni tashkil eta-



di. Landshafti qadimda hozirgidan farq qilgan. Qalin o‘rmonlar 

ko‘p bo‘lib, tuproq hozirgidek toshloq bo‘lgan. Faqat ozgina yer 

unumdor bo‘lgan. Mil.avv. VI asrgacha faqat bug‘doy va tariq 

ekil gan. Keyin esa uzum va zaytun bu ekinlarni siqib chiqargan.

Yunonistonda oltin yo‘q, mis juda ko‘p. Xalkida shahrining 

nomi ham «mis» degan ma’noni bildiradi. Qadimda bu yerdan 

mis qazib chiqarilgan. Beotiya va Lakoniyadan sifati past temir, 

Tasos va Sifnos orollaridan mil.avv. VIII–VI asrlardan kumush 




323

qazib olingan. Mil.avv. VI asrdan Lavrion kumush koni ochil-

gan. Bu konlardan olingan daromad mil.avv. V asrda Afinani 

qudratli flot qurishga va Yunonistonda yetakchi shahar-davlat-

ga aylanishi hamda boshqa yunon shahar-davlatlariga bosh-

chilik  qilishiga  shart-sharoit  yaratgan.  Afinada  tog‘-konchilik 

sohasida ulkan yutuqlarga erishildi. Konlarning chuqurligi 100 

m ga yetgan. Qimmatli metallarni qidirib topish san’ati yuqori 

darajada bo‘lgan. Kulolchilikda yunonlar haqiqiy san’atkor 

bo‘lganlar. Tosh juda yuqori baholangan. Hamma joyda tosh 

mo‘l-ko‘l bo‘lgan. Marmarning vatani Pentelikon Afinadan bor-

yo‘g‘i 10 km uzoqlikda joylashgan. Mashhur Parfenon va Propi-

ley inshootlari pentelikon marmaridan bunyod etilgan.

Egey dengizi havzasida mil.avv. III–II ming yilliklarda yunon 

bo‘lmagan, kelib chiqishi Osiyodan bo‘lgan turli leleglar, pelasg, 

kariylar joylashgan edi. Mil.avv. II ming yillik boshlarida Yuno-

niston hududiga axey qabilalari paydo bo‘ldi. Axeylar bilan ma-

halliy pelasg, kariy va minoylar o‘rtasida murakkab munosa-

batlar yuzaga keladi. Mil.avv. XII asrda Dunay ortidan Bolqon 

yarim oroliga doriy qabilalarining migratsiyasi boshlandi. Mil.

avv. II ming yillik oxirida Yunoniston va Egey dengizi havzasini 

egallab oldi. Natijada yangi etnik birlik – ellinlar shakllandi. 

Ular to‘rt qabila guruhidan iborat edi:

1. Axeylar. Ular tog‘li Arkadiya, Krit oroli va Kichik Osiyoning 

ba’zi  hududlarida  yashar  edilar;  2.  Doriylar.  Ular  Peloponnes 

yarim orolining katta qismi, Krit va Rodos orollari, Kariya



  va 

Kichik Osiyoda joylashganlar; 3. Ioniylar. Ular Attika hududi, 

Egey dengizining markaziy orollari va Kichik Osiyodagi Ioniya 

viloyatini egalladilar; 4. Eoliylar. Ular Beotiya, Fessaliya, Etoli-

ya, Lesbos oroli va Kichik Osiyodagi Eolida orolini egalladilar.

Mil.avv. XI–IX asrlarda yunon qabilalarining har bir guruhi 

o‘z diniy dunyoqarashi, o‘z sheva xususiyatlariga ega bo‘lsa lar-

da, bir tilda so‘zlashib, o‘zlarini bir xalq, bir madaniyatga man-

sub ekanliklarini his qila boshlaganlar.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish