Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

4. Tabiiy-ilmiy bilimlar. Qadimgi Xitoyda astronomiya, 

matematika, tibbiyot, agronomiya kabi bilimlar, harbiy san’at 

rivojlangan. Qadimgi Xitoy olimlari sun’iy sug‘orish, sug‘o rish  

inshootlarini barpo qilish hamda ekinlarni almashlab ekish 




299

bo‘yicha ilk ilmiy asarlarni yaratganlar. Dunyodagi harbiy 

san’at bo‘yicha birinchi ilmiy asar ham Xitoyda yozilgan. 

Ayniqsa, matematika fani yaxshi rivojlangan. Mil.avv. II asr-

da 9 kitobdan iborat «matematika» traktati tuzildi. Bunda oldin-

gi olimlarning bilimlari, proporsiya, progress, bo‘lishlar bayon 

etilgan. Pifagor teoremasi va boshqalar to‘plangan. Matematika 

bilan yonma-yon astronomiya fani ham rivojlandi. Xitoy ast-

ronomi Shi Shen (mil.avv. IV asr) eng qadimgi yulduzlar (800 

yulduz) jadvalini tuzgan. Mil.avv. 104-yilda 1 yil 365,25 kun 

ekanligi hisoblab chiqildi. Shu asosda qabul qilingan kalendar 

milodiy 85-yiligacha foydalanildi. Bu kalendar bo‘yicha yil 12 

oyga bo‘linadi. Qo‘shimcha oy kabisa yiliga qo‘shilib, 3 yilda bir 

marta belgilangan. Quyosh-Oy kalendari qishloq xo‘jalik ishla-

riga moslashtirilgan. Xitoyda dunyoda birinchi bo‘lib yulduzlar 

katalogi tuzilgan (mil.avv. V asr), oy va quyosh tutilishlarining 

muddatlari hisoblab chiqilgan, kometalarni paydo bo‘lishi bel-

gilangan. Astronom Chjan Xen (78–139-yillar) 2500 yulduzni 

tasvirladi. Koinotning cheksizligi nazariyasini ilgari surdi, seys-

mografni ixtiro qildi. Mil.avv. 28-yilda Xitoy astronomlari qu-

yoshda dog‘lar borligini aniqladilar. 

Xitoyning eng qadimgi kitobi «Dao de Szin» – (mil.avv. VI asr 

oxiri) «Ezgulikka yo‘l to‘g‘risidagi kitob» deb ataladi. Kitobning 

muallifi Lao Szi (mil.avv. 579–499-yillar) bo‘lib, u dunyoni fal-

safiy  asoslashga  urinadi.  Xitoyda  falsafiy  fikr  rivojlandi.  Uning  

eng taniqli vakillaridan Dao Szi, Konfutsiy, Mo Szi, Chjuan 

Szilarni ko‘rsatish mumkin. 

Qadimgi Xitoyda tibbiyot sohasida katta yutuqlarga erishil-

di. Mil.avv. III asrda Xitoy tabiblari igna bilan davolashni kashf 

qilganlar. Tabiblar 52 kasallikni davolashni bilganlar. 280 

davolash usulini qo‘llaganlar. Katta hajmli «Xuan-di neyszin» 

nomli tibbiy asarda (mil.avv. I ming yillik o‘rtalari) ko‘pgina ka-

salliklarning davolash usullari va fiziologiya batafsil tasvirlan-

gan. Chjan Chjunszin (150–219-yillar) puls bo‘yicha diagnosti-

ka usulini ishlab chiqdi. Davolashda dorivor o‘tlar va choydan 

foydalanilgan. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish