UNLI TOVUSHLAR VA HARFLAR
Maqsad: O`quvchilarning unli tovushlar va harflar haqida olgan bilimlarini mustahkamlash; ularning guruh-guruh bo'lib ishlash, о`гаго do'stona munosabatda bo’lish malakalarini shakllantirish; fikrlash qobiliyatlarini va faolliklarini oshirish, og’zaki nutqlarini rivojlantirish.
Dars turi: Mustahkamlovchi.
Dars uslubi: Savol-javob, suhbat.
KoVgazmali qurollar: Unli harflar ishtirokida yozilgan matnli tarqatma kartochkalar, shablonlar. Har xil shakllar. Rasmlar.
Sinf partalari olti guruhga moslab joylashtirilgan.
Doskaga:
1-A-guruh - Ahillik
2-O-guruh - Oqillik
3-I-guruh - Inoqlik
4-E-guruh - Ezgulik
Б-O`-guruh - O'rtoqlik
6-U-guruh – Uyushqoqlik so'zlari yozilgan plakat osib qo'yilgan.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
a) o'quvchilarni darsga hozirlash;
b) salomlashish;
d) darsning maqsad va vazifalarini e'lon qilish.
II. Guruhlarga bo'linish
O'quvchilar saflanib turadilar.
Ularga qutichadan 1 dan 6 gacha raqamlar yozilgan doiracha shaklini olish taklif etiladi.
O`quvchilar raqamlar bo’yicha guruhlarga bo'linadilar:
1-raqamlilar - «A» guruhiga;
2-raqamlilar - «0» guruhiga;
3-raqamlilar - «I» guruhiga va h.k.
CXquvchilar raqamlariga qarab guruhlarga joylashtirilgach, har bir o^uvchining doskaga osib qo'yilgan qoidalarga, topshiriqlarga amal qilishi lozimligi uqtiriladi.
III. Asosiy qism
O'quvchilarning unli tovushlar va harflar haqida olgan bilimlarini aniqlash va mustahkamlash uchun topshiriqlar beriladi.
1-topshiriq:
Har bir guruhga bittadan oq qog'oz beriladi. 1 daqiqa ichida shu qog'ozga har bir o`quvchi о`г guruhining unli harfi bilan boshlanuvchi so'zlarni imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozib chiqadilar.
Masalan,
Shartiga kо`rа so'zlarni eng ко`р topgan va xatosiz yozgan guruh g`оlib sanalib, rag'batlantiriladi.
2-topshiriq:
Guruh a'zolarining o'rinlari almashtiriladi. Ya'ni - bolalar o'zlari yoqtirgan rangdagi kvadrat shaklini oladilar va guruhlarga bo'linadilar.
O`quvchilarga unli harflar bilan boshlanuvchi maqollarni yakunlash topshirig'i beriladi.
«A» guruhi:
Avval o`уlа,... (keyin solyla).
Aytilgan so'z - ... (otilgan о`q).
Aql bilan ... (odob egizak). AchchigMng chiqsa ham ... (aqling qochmasin).
«O» guruhi:
Ona yurting - ... (oltin beshiging).
Odob - ... qimmat. (oltindan)
Olim bo4sang - ... (olam seniki).
Oltin olma, ... (duo ol).
«I» guruhi:
Inson qo'li - ... (gul).
Ish ishtaha ochar, ... (dangasa ishdan qochar).
Insof sari-... baraka.
Intilganga - ... (tole' yor).
«U» guruhi:
Uzumini egin-u, ... (bog'ini surishtirma).
Umr karvoni - . . . (qaytmas).
Usta bo'lsang, ... (ustozingni unutma).
Uyat - oNimdan ... (qattiq).
«E» guruhi:
Egilgan boshni... (qilich kesmas).
Ezgulikning ... (kechi yo'q).
Er so'zidan qaytmas, ... (arslon izidan).
Elchiga - (o`limy o`q).
«О`» guruhi:
О`z qadrini bilmagan - ... (el qadrini bilmaydi).
O'zingga ravo ko’rmaganni - ... (o'zgaga ham ravo ko`rma).
O’rganish - qiyin, ... (o’rgatish -oson).
O`g`il bo`lsin, qiz bo’lsin, ... (qo’l oyog'i tez bo'lsin).
Guruhlarning ishlari ko’rib chiqiladi. O`quvchilar topshiriqni bajarganlariga qarab rag’atlantiriladi.
3-topshiriq:
O'quvchilar yana saflanib turadilar.
Qutichadan unli harf bilan boshlanuvchi bitta so'zni oladilar va shu so’z ishtirokida gap tuzadilar.
Masalan: Kechasi yotishdan avval bir choy qoshiq asal yesang, tinch uxlaysan.
Oila - muqaddas dargoh. Topshiriqni to’g’ri bajargan o'quvchi rag'batlantiriladi.
IV. Dars yakuni:
Dars xulosalanar ekan, o'quvchilarning charchoqlarini thiqarish maqsadida «sehrli koptokcha mashqi» o'tkaziladi. Bunda bir o'quvchi yumshoq koptokchani ikkinchi O`quvchiga opining ezgu niyatini aytib otadi, o'quvchi о`г o'rnida unga ham tilagini bildirib, koptokchani qaytaradi. O`quvchilarning darsdagi faolliklariga alohida urg`u berib, ularga sihat-salomatlik, o'qishlarida muvaffaqiyatlar tilagan holda darsga yakun yasaladi. «Unli harflar va ularning yozilishi» mavzusini yanada yaxshiroq o’rganib kelish topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |