“universutet 0”



Download 0,97 Mb.
bet6/7
Sana25.06.2022
Hajmi0,97 Mb.
#702150
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
20-Mavzu. Milliy hisoblar tizimi va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar ma'ruza

B.G‘oyibnazarov esa beshta bosqichga ajratadi: Birinchi bosqich – XVII asrning ikkinchi yarmidan 1930 yilgacha, ikkinchi bosqich – 1930 yildan 1945 yilgacha, uchinchi bosqich – 1945-1953 yillar, to‘rtinchi bosqich – 1953-1993 yillar, beshinchi bosqich – 1993 yildan to hozirgi kungacha bo‘lgan davr [1. G‘oyibnazarov B.K. “O‘zbekiston Respublikasida milliy hisoblar tizimini ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslari” (statistik aspekt) iqtisod fanlari doktori darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. - T.: TDIU. 2006. 32 b].


BMTning MHT-93 xalqaro andozasi qabul qilingandan so‘ng Evropa davlatlari o‘zlarining Evropa milliy hisoblar tizimini isloh qilishga kirishdilar. 1995 yil aprel-may oylarida Evropa Ittifoqining barcha davlatlari o‘zining milliy hisoblar bo‘yicha Evrostat tomonidan tayyorlangan yangi bayonotini - Evropa milliy hisoblar tizimi - 1995 ni (SEC 95 - Systeme europeen de comptabilite) qabul qildi.
BMTning MHT - 93 halqaro andozasiga nisbatan Evropa MHT-95 xalqaro andozasi ancha takomillashtirilgan va yuqori aniqlikka ega. Buni quyidagi holatlarda ko‘rishimiz mumkin:
1. BMT MHT-93 ga nisbatan Evropa MHT-95 xalqaro andozasida moliyaviy aktiv va passivlar, moliya hisobi, soliqqa tortish, to‘lov balansi, davlat byudjeti kabi masalalar ancha to‘liq berilgan;
2. Yangi kiritilgan Evropa MHT-95 andozasida bir qator yangi tushunchalar aniq ko‘rsatilgan, jumladan, investitsiya, mavjud daromad, iste’mol xarajatlari, mamlakatning narx siyosati, subsidiya hisobi, inflyasiya hisobi va shu kabilar;
3. Evropa MHT-95 xalqaro andozasida tuzilmaviy xususiyatlarni qayta ko‘rib chiqish taklif qilingan. Bularga: iqtisodiyotda institutsional sektorlar tarkibidagi o‘zgarishlar, faoliyat turlarini tasniflashni uyg‘unlashtirish, shuningdek, hisoblarni tuzishda bazis yildagi baholardan foydalanish va pul oqimlarining kunlik hosil bo‘lish hisobi kiradi;
4. Evropa MHT-95 halqaro andozasini prinsipialligi uning bosqichma-bosqichligi bo‘lib, daromadlarning hosil bo‘lish hisoblamasi uchga bo‘linadi. Bunday bo‘linishdan maqsad birlamchi daromadlarning hosil bo‘lishi va daromadlarni qayta taqsimlanish jarayonida ularning bir-biridan ajratilishini to‘liq ko‘rsatishdir.
BMT MHT-93 xalqaro andozasida iqtisodiy birliklar beshta sektorga bo‘lingan: nomoliyaviy korporatsiyalar, moliya korporatsiyalari, umumdavlat boshqaruvi, uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlari va uy xo‘jaligi sektorlariga bo‘lingan. Evropa MHT-95 xalqaro andozasida esa iqtisodiy birliklar oltita sektorga bo‘lingan: MHT-93 dagi sektorlar bilan birgalikda “Tashqi dunyo” alohida ajratib ko‘rsatilgan. MHT-93 da “Tashqi dunyo” sektori alohida holda ajratib ko‘rsatilmagan. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati natijalarini ifodalashda qiyinchiliklar tug‘diradi.
E’tiborlisi shundaki, iqtisodiy birliklarning sektorlar bo‘yicha tasniflanishi O‘zbekiston Respublikasida Evropa MHT-95 xalqaro andozasida asosida olib borilmoqda. Shu sababli mamlakatimiz milliy hisobchiligida BMT MHT-93 hamda Evropa MHT-95 xalqaro andozalarini takomillashtirib, mahalliy sharoitlarni e’tiborga olib, undan samarali foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Ushbu fikrga taalluqli bo‘lgan bir qator masalalar B.G‘oyibnazarovning ham ilmiy izlanishlarida statistik tomondan batafsil ko‘rib chiqilgan [1].
Umuman, xulosa qilib aytganda, dunyo mamlakatlari uchun milliy hisoblar tizimining umumiy andozasini takomillashtirish, uning nazariy hamda uslubiy asoslarini yaratish masalasi hozirgi davrgacha munozara va muhokamalar mavzusi bo‘lib qolmoqda.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish