KIRISH. FANNING MAQSADI, VAZIFALARI
Ma’ruzachi: PhD, Qurbonov Elboy Shavkatovich
email:elboy.qurbonov@mail.ru phone: (93) 576-28-24
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
REJA
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
2
MUHANDISLIK GEOLOGIYASI FANINING TARIXI
BU FANNING BOSHQA FANLAR BILAN BOG‘LIQLIGI
TOG‘ JINSLARNING FIZIK MEXANIK XUSUSIYATLARI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT
3
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
X.M.Abdullaev
О.Моvlonov
Injenerlik geologiyasi fani Yer haqidagi fan sifatida 1929 yilda tashkil topgan. Bu yili Sobiq Ittifoqdagi geologik komitet tarkibidagi yer osti suvlari bo‘limi asosida Markaziy gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi ilmiy tekshirish instituti tashkil etildi. Bu institutda boshqa bo‘limlar qatori injenerlik geologiyasi bo‘limi tashkil etildi.
Qurilish, yangi yerlarning ochilishi injenerlik geologiyasi fanini rivojlantirishda muhim o‘rin tutib, bu mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarga bo‘gan talab juda kuchaydi.
1931yili O‘rta Osiyo Davlat Universiteti qoshidagi umumiy geologiya kafedrasi asosida gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi kafedrasi tashkil etilib, unda Respublikamiz uchun birlamchi injener geolog mutaxassislarni tayyorlay boshlaydi.
Injenerlik geologiyasi fanining mustaqil fan sifatida paydo bo‘lishida geolog olimlardan V.A.Obruchev, D.L.Ivanova, A.P.Pavlov, F.Yu.Levinson Lessing, V.V. Drugaeva, I.S.Bogdanov, I.V.Mushketov, A.V.L’voa va boshqalarning mehnati juda katta. Nisbatan qisqa vaqt ichida injenerlik geologiyasi fani o‘z mazmuni va izlanish uslubi bo‘yicha katta o‘zgarishga erishdi.
4
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
«Injenerlik geologiyasi» fani geologiya fanlari ichida eng yosh fanlardan hisoblanib, fan sifatida XX asrni boshlarida vujudga keldi. Inson injenerlik faoliyatining kuchayishi uning fan sifatida shakllanishiga olib keldi. «Injenerlik geologiyasi» fani yosh fanlar turkumiga kirsada, lekin insoniyat o‘zining ongli hayotini boshlagandan beri bu fan bilan turli darajada shug‘ullanib kelgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida insonlar tog‘ tizmalari qa’riga joylashgan g‘orlarda kun kechirib kelganlar. G‘orlar esa o‘z navbatida tabiiy sharoitda yuzaga kelgan inshoot bo‘lib, yer yuzasida kuzatiladigan tabiiy ofatlardan insonlarni saqlab kelgan.
Inson hayot kechirish maqsadida turli qurol-aslahalar, hayot uchun zarur bo‘lgan anjomlarni toshlardan (tog‘ jinslaridan) yasagan. Demak, u turli tog‘ jinslarining qattiqligi haqida ma’lum bilimga ega bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |