311
xalqaro ta’lim standartlariga muvoffiq tayyorlash maqsadida O‘zbekiston
milliy universitetining
“Sotsiologiya” va “Psixologiya” kafedralari negizida O‘zbekiston davlat psixologiya universiteti tashkil
etish belgilandi. Bundan ko‘zlangan eng asosiy maqsad aholining turmush tarzini yaxshilash, hamda aholi
uchun farovon, baxtli hayot sharoitlarini yaratishdan iboratdir.
Biz ushbu maqolamizda o‘spirin yoshlar va ularda olam, odam, jamiyat xaqidagi qarashlarning
takomillashib, rivojlanib borishi asnosida ularning o‘zligini anglashi bilan bog‘liq jarayonlarning ayrim
jihatlari xaqida qisqacha fikr yuritmoqchimiz.
Ilmiy manbaalardan ma’lumki, 15-18 yosh oralig‘idagi davrni aksariyat olimlar ilk o‘spirinlik davri
deb ataydilar. O‘spirinlik 18-23 yoshdagi yigit va qizlarni o‘z ichiga oladi. O‘spirinlik - bu odamning
fuqaro sifatida shakllanishi, uning ijtimoiy jihatdan etilishi, o‘z taqdirini o‘zi xal qilishi, ijtimoiy hayotda
faol ishtirok etish davri, fuqaro vatanparvarlikning ma’naviy sifatlari tarkib topadigan davrdir. Faol
ijtimoiy hayot, o‘qishning yangi xarakteri (mustaqil bilim olish) yigit
va qizlarda dunyoqarashning
shakllanishiga ularning ijodiy qobiliyatini avj oldirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Rus psixologi L.I.Bojovich ilk o‘spirinlik davrida shaxs motivatsion sohasining rivojlanishiga
alohida urg‘u beradi. O‘quvchilarning hayotida o‘z o‘rnini va ichki pozitsiyasini aniqlash,
dunyoqarashning shakllanishi va uning bilish faoliyatida o‘z-o‘zini anglashga va axloqiy ongga ta’sir
nazarda tutiladi.
Hozirgi davrdagi eng dolzarb muammolardan biri - Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya
ishlari samaradorligini oshirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari
yoshlari bilan raqobatlasha oladigan
mutaxassislar qilib tarbiyalashdan
iboratdir.
Chunki
mamlakatimizning kelajagi, uning rivoji, dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlari qatoridan joy olishi va
O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 130 ga yaqin millatlar hamda elatlarning, umuman xalqimizning nurli
kelajagi aynan mana shu yoshlarning o‘zlari tanlagan kasblarining fidoilari va bilimdonlari bo‘lishiga
bog‘liqdir. Bu borada esa muhtaram Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan yurtimizda barcha shart-
sharoitlar yaratib berilganligini bugun butun dunyo hamjamiyati ko‘rib turibdi. Fikrimizning isboti
sifatida ta’lim sohasiga har yili davlatimiz tomonidan milliardlab mablag‘larning sarflanayotganligi, ikki
yoki undan ortiq farzandlari o‘qiyotgan oilalarga uzoq muddatli ta’lim kreditlarining ajratilayotganligi,
shartnoma mablag‘larini to‘lash muddatlarining uzaytirib berilayotganligi, Oliy ta’lim muassasalariga
qabul qilishda aholining turli qatlamlariga imtiyozli davlat grantlarining berilayotganligi
va shu kabi
ko‘plab misollarni keltirishimiz mumkin.
O‘spirinlik davri shaxsning ijtimoiy va kasbiy mavqeini anglashdan iborat. Mazkur pallada o‘spirin
o‘ziga xos ruhiy inqiroz va tanglikni boshidan kechiradi. Shu bilan birga o‘spirinlarda aqliy, axloqiy,
estetik, g‘oyaviy-siyosiy jihatdan muayyan darajada o‘sish ro‘y beradi. Shunga qaramay ular oldida turli
xil hayotiy muammolar, jumladan Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish va ma’lum bir
mutaxassislikka ega bo‘lish bilan bog‘liq vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. N.V.Kuzmina, N.F.Talzina,
T.S.Kon, M.G.Davletshin, A.A.Virbitskiy, E.G.G‘oziev va boshqa bir qator psixolog olimlarning fikriga
ko‘ra Oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan I kurs talabalari uchun ta’lim olish jarayoni juda og‘ir
kechadi
1
. Chunki bu davr shaxsning murakkab fazilatlari, xislatlari, sifatlari takomillashish bosqichi
hisoblanadi. Shu o‘rinda 19-20 yoshdagi o‘spirinlar ayrim salbiy xatti-xarakatlarga moyil bo‘ladi. Mazkur
yoshda xoxish va intilish, iroda va xarakterdan ancha ilgarilab ketadi. Bunda
inson tajribasi alohida rol
o‘ynaydi. Chunki talaba shu davrda tajriba etishmasligi natijasida nazariya va amaliyotni, fantaziya va
reallikni, romantika bilan ezotikani xaqiqat va illlyuziyani, orzu va xoxishni, optimizm bilan
qat’iyatlilikni adashtirib qo‘yadi - deb yozadi rus olimi V.T.Listovskiy
2
.
O‘spirinlik davrida har ikki jins vakillarida o‘z shaxsiy qarashlari,
orzu va intilishlari paydo
bo‘ladi. O‘spirinlikni o‘smirlikdan farq qiluvchi asosiy xususiyat ham shudir. Misol uchun o‘smir yoshlar
oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad - o‘qish. Ammo o‘spirinlik yoshiga etganda ularda nafaqat o‘qish, bilim
olish, balki ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlov ishlari ham amalga oshirila boshlaydi.
O‘spirinlik davrida o‘quv faoliyati murakkablashadi, ularning oilada tutgan mavqei o‘zgaradi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, o‘spirinlik davrida bosh miya po‘stlog‘ining atrofini o‘rab turuvchi
nervlararo bog‘lanishlar soni ko‘payadi. O‘qish va mehnat qilish natijasida bosh miya katta yarim
sharlarida analitik va sintetik faoliyat rivoj topa boshlaydi va ushbu holat tashqi ta’sirni aniq mulohaza
qilishga yordam beradi. Taasufki, Oliy ta’lim muassasalariga qadam qo‘ygan o‘spirin yigit va qizlar o‘z
faoliyatlarida dastavval juda ko‘p to‘siqlarga uchraydilar. Ushbu to‘siqlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish
mumkin:
1
Xaydarov F. Halilova N. Umumiy psixologiya. - T. “Innavatsion ziyo”. 2019. 298 - bet.
2
Yulchieva M.T. Atamuratova N.T. “Botanikа” fanidan O’UM. - T. 2016.
312
-
bilishdagi qiyinchiliklar;
-
ijtimoiy psixologik qiyinchiliklar;
-
kasbiy qiyinchiliklar
1
.
Ma’lumki, o‘rta maktab va Oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv fanlari mazmun-mohiyati va
ko‘lami jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Bu o‘z-o‘zidan I kurs talabalarida
bilishdagi
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
O‘spirin yoshlar hayotida atrof muhit
va shart-sharoitlarning
o‘zgarishi, o‘z hayotiy faoliyatidagi erkinlik, irodaviy zo‘r berish, qobiliyat va aqliy imkoniyatlar
bo‘yicha qat’iyatsiz bo‘lib qolish (misol uchun sessiyadan birinchi marta o‘tayotgan o‘spirinning
o‘qishdan xaydalishdan cho‘chishi, auditoriyada ko‘pchilik oldida o‘z fikr-mulohazalarini erkin
bildirishdan iymanish) kabilar o‘spirin yoshlardagi ijtimoiy psixologik qiyinchiliklar jumlasiga kiradi.
Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish tizimining murakkabligi, ilmiyligi va o‘spirin yoshdagi talabalarda
xali mustaqil bilim olish malakasining etishmasligi, kasb tanlashda noto‘g‘ri
qaror qabul qilish, ya’ni
o‘quvchi o‘zi qiziqmagan Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, o‘sha sohani qunt va layoqat bilan
o‘rganmasligi, buning natijasida ushbu soha bo‘yicha puxta nazariy bilimga ega bo‘lmagan
mutaxassisning etishib chiqishi kabilar esa ularda kasbiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, o‘spirinlik davri bu etuk shaxs sifatida shakllanish
uchun tashlangan ilk qadam bo‘lib hisoblanadi. Biz yuqorida ma’lum ma’noda taxlil qilganimiz-
o‘spirinlikning o‘smirlikdan asosiy farqlari hamda o‘ziga xos jihatlaridan ko‘rinib turibdiki, o‘spirinlikda
dunyoqarash, fikrlash doirasi kengayadi. Oliy ta’lim muassasalariga qadam qo‘ygan talabalarda o‘z
atrofini o‘rab turgan muhitga adaptatsiya qilish jarayonlari ro‘y beradi. Yana shuni ham aytib o‘tish
kerakki, o‘spirin yoshdagi bolalar hayotda o‘z o‘rnini topishga to‘g‘ri yo‘naltirilsa, ya’niy o‘z qiziqishlari
va qobiliyatlari bilan Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim - tarbiya olsalar ulardan kelajakda etuk
mutaxassislar etishib chiqadi. Bu esa ota-onalar, psixolog va pedagoglar
oldida turgan muhim
masalalardan bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: