Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


Topshiriqli holat va uning turlari



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet490/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

Topshiriqli holat va uning turlari
. Ijodiy topshiriqlar asosida ongda topshiriqli holat yuzaga keladi. 
Topshiriqli holat subyektning oʻrganilayotgan obyekt—mavzu bilan faol bogʻlanishi boʻlib, fiziologik, 
psixologik,logik mexanizmlar kompleksi vositasida hal etiladi. Topshiriqli holat—mazmun jihatdan boy, keng 
tushuncha. U topshiriqni ham, toshiriqni bajaruvchini ham oʻziga qamrab oladi. Oʻquv holati oʻrganilayotgan 
obyektning xususiyatlarini tahlil qilish, ularni anglash yoʻli bilan ongda hodil boʻladi. Mutaxasislar topshiriqli 
holatning shu jihatini hisobga olib, uni topshiriqlarni bajarish jarayoning dastlabki bosqichi sifatida qarashadi. 
Adabiyotlarda "topshiriqli holat" tushunchasi bilan yonma-yon "muammoli holat iborasi ham 
ishlatiladi. Muammoli, topshiriqli holatlar vositadida oʻrganilayotgan obyekt xususida yangi bilim qayd 
qilinadi,bilimlar yangi sharoitlarga tatbiq etiladi. Xoʻp, shunday ekan, ularning oʻxshash va farqli tomonlari 
nimalardan iborat? 
Muammoli va topshiriqli holatlarning ikkalasi ham ongda savol shaklida hosil boʻladi ,ular subyektni 
oʻrganilayotgan hodisa bilan faol bogʻlaydi,ularning har ikkisi vositasida yangi bilim ,yangicha faoliyat usuli 
qayd etiladi.Qator oʻxshash tomonlarga qaramasdan muammoli holat va topshiriqli holatlarning bir qancha 
farqlari ham mavjud: 
A.M.Matyushkinning yozishicha, topshiriqlarni bajarish jarayonida oʻquvchining vazifasi oʻquvchiga 
lampa piligi (qism)ni berish, bolalarning ishi esa lampa (umumiyni) topishdir. Shu yoʻl bilan ongda 
muammoli, topshiriqli holat paydo boʻladi. Bu holatni ayrim mutaxassislar toʻsiq, boshqa birovlari esa 
amaliyot va bilishga oid ziddiyat deb qarashadi. Toʻsiq yoki ziddiyat paydo boʻlgan joyda subyektning bosh 
vazifasi toʻsiqni baryaraf etish, ziddiyatni hal qilish boʻlib qoladi. Xuddi shu yoʻl bilan ta'lim sharotida 
bolaning tafakkuri, binobarin, ongda bilish jarayoni qonuniyatlari amal qila boshlaydi . 
Ta'lim jarayonida ziddiyatlarni oʻqituvchi hosil qiladi. Oʻqituvchi turli moddiy va moddiylashgan 
narsalarni ishlatib, bolalarni fikrlashga, amal qilishga, faoliyat koʻrsatishga yetaklaydi. Sinf oʻquvchilarini 
yoʻllashga, mustaqil fikr yuritishga yetaklovchi vositalarni oʻquv holatlarining tayanch vositalari deb 
qaraymiz. 
Oʻqituvchi oʻzi bilan oʻquvchigʻar oʻrtasida qoʻyadigan tayanch vositalar ikki turli boʻladi: tashqi 
tayanch vositalar, ichki tayanch vositalar. 
Tashqi tayanch vositalar —bu narsalarning oʻzi (masalan,predmet darslarida mevalar,sabzavotlar), 
ularning mulyajlari, chizma, jadval, model, grafik belgilar —xarflar, xattaxtaga toʻliq yozilgan soʻz gaplar. 


516 
Chunonchi, shunday ikki qator soʻz berilgan boʻlsin. 
1-qator: oʻqi. 
2-qator :oʻqituvchi, oʻquvchi, oʻqish 
Bolalar berilgan ikki qator soʻzni oʻzaro taqqoslab, ularning oʻxshash va farqli tomonlarini ajratadi, his 
qiladi. Berilgan ikki qator soʻzni taqqoslash, farqlarini ajratish orqali ularning umumiy xususiyati—bu 
oʻzakdan xosil boʻlganini fahmlashadi. Xattaxtadagi yozuvlar tayanch rolini bajaradi. 
Bolalar ma'nodosh soʻz birikmalariga oid yangi bilimlarni oʻrganish yoʻli bilan topshiriqni bajardi. 
Berilgan soʻz birikmalariga ma'nodosh soʻz birikmalarini tanlash ijodiy ish boʻlib, bolalar ma'nodosh soʻz 
birikmalarini tanlash ijodiy ish boʻlib, bolalar ma'nodosh soʻz birikmalarining xudusiyatlarini oʻzlashtiradi. 
Topshiriqli holatning navbatdagi turi al'ternativ qurilishdagi ijodiy topshiriqlar asosida hosil qilinadi. 
Bunday topshiriqni bajarishda bolalar berilgan ikki yoki undan ortiq imkoniyatdan birini tanlashga harakat 
qiladilar. Al'ternativ koʻrinishdagi" muammoli holat"larda,—deb yozgan edi A.M.Matyushkin,—subyektning 
boʻlishi shart emas". Boshqacha aytganda, al'ternativ koʻrinishdagi muammoli holatlarda bola ijod qilmaydi, u 
oʻz faoliyatini oʻzi boshqarmaydi. Aksincha, bila al'ternativ tuzilgan topshiriq asosida boshqariladi. Hozir 
maktab ta'limida qoʻllanadigan testlar asosida al'ternativ koʻrinishdagi oʻquv holati hosil qilinadi. Oʻquvchi 
berilgan bir necha imkoniyatdan birini yo bilib, yo taxminan ehtimollik yoʻli bilan tanlaydi. 
Topshiriqli holatning yana bir tipi oʻrganilayotgan obyektni qayta qurish, uning tuzilishini bolalarning 
real bilish imkoniyatlariga moslashtirishdir. 
Yuqorida keltirilgan misollardan koʻrinib turibdiki, ijodiy topshiriqlar oʻquvchilarning oʻquv-biluv 
koʻnikmalarini shakllantirish bilan birga ularga ijobiy oʻquv motivlarini takomollashtirishga yordam beradi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish