512
education system in assessing the knowledge of primary school students.
Hozirgi vaqtda har bir insonning hayoti va kasbiy faoliyatida texnogen komponentning o‘sishi
kuzatilmoqda. Shuning uchun nafaqat kelajakdagi mutaxassisni, balki har bir maktab o‘quvchisini to‘laqonli
matematik savodxonlik bo‘yicha tayyorlashning ahamiyati ortib bormoqda. Matematikani o‘qitishning
maqsadlari ham kuchaytirilmoqda.
Ular matematikaning o‘ziga xos jihatlariga, fanni o‘rganishni va amaliy qo‘llanilishini ham
rivojlantiradigan shaxsiy xususiyatlariga mos kelishi kerak. Matematik savodxonlikni o‘rganish doimiy
e’tiborni, qat’iyatni, diqqatni jamlay olish qobiliyatini talab qiladi, ya’ni aqlni rivojlantirishda ham, xarakterni
shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Chunki amaliy hayot uchun zarur bo‘lgan
hisoblash, geometriK
tasvirlar, formulalar, funksiyalar, grafiklar, diagrammalar, jadvallar bilan bog‘liq bilimlar uchun zarur bo‘lgan
materiallarni o‘zlashtirish lozim. Demak, matematik savodxonlik – bu shaxsning turli hayotiy vaziyatlar
(kontekstlar) va masalalar ustida matematik mulohaza yuritish, berilgan muammoni matematika yordamida
ifodalay olish, muammoni yechishda matematikani qo‘llay olish va olingan natijalardan muammoning
yechimini talqin qilish va baholashda foydalana olish qobiliyatidir.
Kelajak
egalarining zamonaviy bilim, intellektual salohiyat, ilmu maʼrifat, erkin fikr, ilgʼor
texnologiyalarni tatbiq etish, jahonda eʼtirof etilgan uslub va anʼanalarni qoʼllash malakasiga ega boʼlishi
muhim ahamiyatga ega. Taʼlim tizimidagi islohotlar ana shu maqsadga qaratilgan boʼlib, xalqaro mezon
asosida dunyoning yuksak taraqqiy etgan davlatlarida qoʼllanayotgan va katta samara berayotgan taʼlim
texnologiyalari, baholashning xalqaro talablariga muvofiq boʼlishiga qaratilmoqda. Dunyoning yuksak
taraqqiy etgan davlatlarida taʼlim sohasida baholashning PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro baholash
dasturlari amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. Taraqqiyot odimlari bilan
jahonga yuz tutayotgan
mamlakatimizda ham taʼlim sohasida baholashning xalqaro mezonlari qoʼllanilmoqda. Maʼlumki, taʼlim
sifatini xalqaro standartlar asosida baholash orqali dunyo mamlakatlari bilan qiyosiy tahlillar olib borish
maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 8 dekabrda "Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi qaror qabul qilingan. Qarorda
taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi huzurida taʼlim sifatini baholash boʼyicha xalqaro
tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etilib, taʼlim sifatini belgilash boʼyicha qator xalqaro
tadqiqotlarda ishtirok etishi belgilangan.Qolaversa, Oʼzbekiston Pespublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning
"Oʼzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
kontseptsiyasini tasdiqlash
toʼgʼrisida"gi farmonida inson kapitalini shakllantirishning asosiy boʼgʼini boʼlgan tizimda amalga oshirilishi
lozim boʼlgan vazifalar va ularni hayotga tatbiq etish yoʼllari atroflicha belgilab berildi. Jumladan, unda
mamlakatimizning 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) -
oʼquvchilarning taʼlim sohasidagi yutuqlarini baholash boʼyicha xalqaro dastur reytingida jahonning 30 ta
ilgʼor mamlakati qatoriga kirishiga erishish vazifasi qoʼyilgan. Xalq taʼlimida sodir boʼlayotgan mazkur
oʼzgarishlar bevosita oliy taʼlim muassasalari bilan ham bogʼliq boʼlib, maktab va oliy taʼlim muassasalari
hamkorlik aloqalari yuksalishiga sabab boʼlmoqda.
PISA - oʼquvchilarni taʼlim sohasidagi yutuqlarini baholash boʼyicha xalqaro dastur boʼlib, undagi test
jahon davlatlaridagi maktab oʼquvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qoʼllay olish mahoratini baholaydi.
Dasturning asosiy maqsadi - 15 yoshli oʼquvchilar taʼlim dargohida olayotan bilim va tajribalarini ijtimoiy
munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana
olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch yilda bir marotaba oʼtkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi
oʼsmirlar ishtirok etadi. Maktabdagi taʼlim sifatini monitoring qilishga qaratilgan
PISA dasturi asosiy uch
yoʼnalishda: oʼqish,matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi boʼyicha olib boriladi. Umuman olganda, PISA
dasturi davlatlarning taʼlim sohasidagi siyosatiga sezilarli darajada taʼsir oʼtkazadi. Har bir davlat oʼtkazilgan
tadqiqot natijalari asosida oʼzining taʼlim sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab, boshqa
davlatlarga nisbatan mavqeini koʼradi hamda taʼlim muassasalarida oʼquv jarayonini takomillashtirishda oʼz
yoʼnalishlarini va strategiyasini belgilab oladi.
PIRLS - tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtrok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi
turli xil taʼlim tizimidan iborat boʼlgan davlatlardagi boshlangʼich maktab oʼquvchilarining matnni oʼqish va
qabul qilish boʼyicha tayyorgarligi hamda oʼquvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab boʼluvchi taʼlim
tizimidagi oʼziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Аlbatta bunday tadqiqot xalq taʼlimi
sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, oʼqituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga
egadir.
TMSS - ham jahon mamlakatlari taʼlim tizimida keng tadbiq etilmoqda. TMSS dasturi Taʼlim
sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA (International Association for the Evaluation of
Educational Achievements) tomonidan tashkil etilgan boʼlib, ushbu tadqiqot 4 va 8 sinf oʼquvchilari orasida
513
matematika va ijtimoiy fanlar boʼyicha taʼlimning sifati, darajasi, fanga boʼlgan munosabati, qiziqishini
aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi.
Ushbu tadqiqot PIRLS tadqiqotiga oʼxshab, oʼquvchilar, maktab maʼmuriyati va oʼqituvchilari orasida
qoʼshimcha soʼrovnomalar oʼtkazadi va fan sohasida toʼsqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa
oʼsha mamlakatda ishlab chiqilgan taʼlim standartlarini va taʼlim samaradorligini boshqa davlatlar bilan
solishtirib koʼrish imkonini beradi. Shu paytga qadar TMSS tadqiqotlari natijalariga koʼra АQSh,
Singapur,
Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning taʼlim tizimi eng
yuqori koʼrsatkichlarni egallagan. Taʼkidlash lozimki, ayni shu davlatlarda yuqori texnogiyalarni oʼzlashtirish,
sanoatlashtirish va yuksak darajadagi taraqqiyot erishish maqsadida aniq fanlarni yuqori darajada
oʼzlashtirishga alohida eʼtibor qaratilib, unda oʼquvchilar tugʼma isteʼdod va qobiliyatlardan koʼra oʼz ustida
doimiy ishlash hamda aniq fanlarni oʼqitishda guruh yoki sinfdagi oʼquvchilar sonining 16 nafardan
oshmasligi belgilangan. Bunday tajriba АQShda ham mavjud boʼlib, 1999 yildan boshlab bitta oʼqituvchi 40
minutlik dars mashgʼuloti davomida 16 ta bolaga bilim va tarbiya bera olish
imkoniyatiga ega ekanligii
inobatga olgan holda prezident qarori bilan taʼlim muassasalaridagi guruhlarda oʼquvchilar soni 16 nafar etib
belgilangan.
Umuman olganda mamlakatimizda aynan mana shunday xalqaro dasturlarning taʼlim tizimini baholash
va monitoring qilishdagi ishtiroki mavjud emasligi yoki oʼquvchi yoshlar bilimlari
darajasini baholash yoki
monitoring qilishning ―Milliy dasturi‖ yaratilmaganligi, hududlar kesimida yoshlar tomonidan u yoki bu
fanni oʼzlashtirish darajasining sifati va soxada amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar koʼlamini belgilab
borish va tegishli islohotlar oʼtkazish imkoniyatini cheklab qoʼymoqda.Shuningdek, boshlangʼich va umumiy
oʼrta taʼlim muassasalaridagi oʼqitish darajasining islohotlar tempidan ortda qolayotganligi yaqin kelajakda
malakali kadrlar tanqisligini keltirib chiqaradi. Shuni inobatga olgan holda quyidagi takliflarni amalga oshirish
joiz deb hisoblaymiz:
1. Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda oʼquvchilar uchun TIMSS olimpiadalari joriy qilish;
2. Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda oʼquvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki
monitoring qilishning TIMSS, PIRLS deb nomlangan platformalarini yaratish;
3. Ilm-fan yutuqlarining eng ilgʼor natijalari va adabiyotlarning ingliz tilida nashr qilinishini inobatga
olgan holda, maktablarda ingliz tilini oʼrgatuvchi turli xorijiy dasturlarni tadbiq etish masalasini koʼrib
chiqish;
4. Maktabgacha taʼlim hamda umumiy oʼrta taʼlim muassasalaridagi guruh va sinflarda xalqaro
tajribada sinalgan usullardan kelib chiqqan holda oʼquvchilar sonining maksimal hamda minimal
koʼrsatkichlarini belgilab qoʼyish;
5. Maktab dars jadvaliga Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rish uchun alohida dars soati qo’shilib,
o’quvchilarni tayyorlash;
6. Malaka oshirish insitutlarida o’qituvchilarni xalqaro tadqiqotlar bo’yicha malakaga ega bo’lishlari
uchun malaka oshirish kurslarini joriy etish;
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
Адизова Нигора Бахтиёровна. Оқсоқол Бува, Бола Ва Хон Образлари Қизиқмачоқлар
Талқинида. Journal of innovations in social sciencesjournal of innovations in social sciences. 02 Issue: 01 |
2022.
2.
Adizova Nigora Bakhtiyorovna. The Arrival of Great, Child and Khan Images in Interesting.
European journal of life safety and stability (ejlss). Www.ejlss.indexedresearch.org Volume 14, 2022 |
3.
Nigora Adizova Baxtiyorovna. 3-4-sinf ona tili darslarida qoʻllanadigan tayanch kompetensiyalar.
Journal of Advanced Research and Stability. Volume: 02 Issue: 01 | 2022
4.
AB Rakhmonovich, AN Bakhtiyorovna.
THE MAIN MOTIVES AND TASKS OF CHILDREN’S
FOLKLORE
. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL)
5.
Нигора Бахтиёровна Адизова, Ҳилола Худойбердиева.
ҚИЗИҚМАЧОҚЛАРДА ОҚСОҚОЛ
ВА ХОН ОБРАЗЛАРИ
. Scientific progress
6.
Nigora Baxtiyorovna Adizova.
Boshlang’ich sinf o ‘quvchilari nutqini o‘stirishda mustaqil ishlarning
o ‘rni va ahamiyati
. Scientific progress
7.
NB Adizova, M Raimqulova.
Use of alisher navoi’s spiritual and enlightenment views in textbooks
for grades 1-4
. Актуальные вопросы современной науки и образования, 121-123
8.
. NA Bakhtiyorovna, NA Bakhtiyorovna.
Anvar obidjon is a children’s poet
.
Middle European
Scientific Bulletin
9.
AN Bakhtiyorovna, E Dilsora.
Visual Aids, Which Are Used In The Educational Process In The Use
Of Didactic Games
. The American Journal of Social Science and Education Innovations 3 (31), 540-545