515
II.Oraliq maqsad—undalmaga oid bilim, koʻnikma-malaka, ijodiy faoliyat tajribasi, munosabat(oraliq
maqsadlarga davlat taʼlim standartlari—DTClarni egallash yoʻli bilan erishiladi).
III.Harakatga teng maqsadlar —matnda undalmali gaplarni ajratib yozish, berilgan soʻzni undalma
vazifasida qatnashtirib gap, nutq tuzish va sh.k
Ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida bolalarning biluv faoliyati harakatga teng maqsadlarni amalga
oshirishdan boshlanadi .Bolalar berilgan matndan undalmalarni topish, undalmali gaplarni ajratib yozish,
ularni tahlil qilish, undalmaning shaxs yoki predmet narsalarga qaratilganini aniqlsh, undalmaning gapdagi
oʻrnini topish kabi harakatlarni amalga oshirib , undalma haqida tasavvur hosil qilishadi, shunga koʻra
oʻqituvchi yordamida xulosalar chiqarishadi, undalmaning gapdagi oʻrinlari xususida oʻz hukmlarini aytishadi.
Bular oraliq maqsadlar sanaladi. Oraliq maqsadlar amalga oshgan sayin bolalar oʻzining bosh maqsadi—
undalmalarni nutqda toʻgʻri qoʻllashni ham bekamu koʻst egallay boshlashadi.
Ijodiy topshiriqlar bolalar faoliyatida qator ishlarni ham bajaradi. Tuziladigan topshiriqlar tizimida
topshiriqlarning bolalar faoliyatida bajaradigan ishlari ham hisobga olinishi lozim. Ijodiy topshiriqlar tizimini
tuzish jarayonida ularni bajarish usullari ham oldindan qayd etiladi:gapni, matnni tahlil qilish; undalmalarni
ajratib olish; berilgan soʻzni undalma vazifasida ishtirok ettirib gap, nutq tuzish va shu kabilar ijodiy
topshiriqlarni bajarish usullari hisoblanadi.
Oʻquv materiallari mazmuni, tuziladigan topshiriqlarning maqsadi,fungsiya va usullari aniqlangach,
tizimga kiritiladigan topshiriqlarning tiplari belgilanadi ."Undalma" mavzusida ijodiy topshiriqlar tiplarini
aniqlashda quyidagi uch yoʻnalish boʻyicha ish qilinadi: materialga koʻra ijodiy topshiriqlar tiplari—yangi
bilim(1), koʻnikma va malaka(2), ijodiy faoliyat tajribasi (3), munosabatlarni tarbiyalashga (4)oid ijodiy
topshiriq; ta'lim jarayonida bajaradigan ishiga koʻra ijodiy topshiriqlar—sintaktik topshiriqlar .Bu xil ijodiy
topshiriqlar vositasida undalmalarning xususiyatlari tahlil qilinadi; sintaktik—punktuatsion topshiriqlar. Shu
xildagi topshiriqlarni bajarish yoʻli bilan bolalar undalmalarda tinish belgilarini ishlatish yoʻllarini bilib
olishadi;sintaktik -prododik koʻrinishdagi topshiriq. Bunday topshiriqlar ustida ishlash orqali nutqda
undalmalarni ijro etish usullarini egallab olishadi.
Ijodiy topshiriqlar tiplari aniqlangach, ularning tizimini tuzishga oʻtiladi.Topshiriqlarni tuzish paytida
yuqorida 4-jadvalda aniqlangan bilim, koʻnikma-malaka, ijodiy faoliyat tajribasi, munosabatlarga doir
informaoʻyinlar oldingi oʻzlashtirilnagan holatdan yangi —undalmalarni oʻzlashtirishga doir ijodiy
topshiriqlar bitimi shakliga keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: