Universitetining pedagogika instituti maktabgacha



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet457/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   453   454   455   456   457   458   459   460   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

 
 
 
 
 
 
ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA ILMIY OMMABOP 
MAQOLALARNI O’RGATISH. 
 
Abdullayeva Feruza Nurillayevna
Buxoro davlat universiteti Boshlang`ich
ta’lim metodikasi kafedrasi o`qituvchisi. 
 
Annotatsiya: 
Bugungi kunda maktablarda ta’lim-tarbiya masalalariga keng ko’lamda e’tibor 
berilmoqda. Shunday ekan, har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quvchilarga ilmiy ommabop maqolalarni 
o’rgatishni takomillashtirish orqali ularda axloqiy xususiyatlarni tarbiyalashi lozim.Mazkur maqolada shu 
haqda so’z yuritamiz. 
Kalit so’zlar: 
ta’lim tizimi, 
interfaol metodlar, ta`lim-tarbiya, boshlang’ich ta’lim, ilmiy ommabop 
maqolalar

Annotation:
There is a lot of focus on education in schools today. Therefore, every primary school 
teacher should cultivate moral qualities in students by improving the teaching of popular science articles. We 
will talk about this in this article. 
Keywords:
education system, interactive methods, education, primary education, popular science 
articles. 
lmiy-ommabop matn va maqolalar orqali ham nazariy ma’lumot, ilmiy mushohadalar bayon qilinadi, 
ham o`quvchida badiiy-estetik zavq uyg`otadi. Bunday matnlardagi fikr bolaga tez ta’sir qiladi; muhim 
voqealar, hayotiy dalillar, yetuk tarixiy shaxslar to`g`risidagi fikrlar, rivoyat va hikmatlar yosh avlod 
tafakkurini shakllantirishga asos bo`ladi. Shu sababli O`rta Osiyo mutafakkirlaridan Forobiy, Abu Ali ibn 
Sinolar ham inson tarbiyasiga ta'sir etadigan omillar ahamiyatiga e'tibor bеrib kеlganlar. Forobiy inson 
kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab: “Munosib inson bo`lish uchun odamda ikki imkoniyat– 
ta'lim va tarbiya imkoniyati bor. Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan 
muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo`ldir...”,– dеydi. Umuman, 
tarbiya ko`rinishlari, shakllari haqida turgli davrlarda jahonning barcha buyuk pedagoglari o`z munosabatlarini 


475 
bildirishgan. Buyuk chex pedagogi Yan Amos Komеnskiyning (1592—1670) maktab tizimi va bolalarni 
o`qitishga oid ayrim fikrlari bugungi pedagogikamizda ham muhim. Olim maktablarning to`rt xilini, 
chunonchi, “,ona 
maktabi har bir oilada
; ona tili xalq maktabi har bir jamoada, har bir qishloqda va aholi 
yashaydigan har bir joyda; gimnaziya har bir shaharda, akadеmiya esa har bir davlatda yoki kattaroq har bir 
viloyatda bo`lishi zarur”,- deydi. 
Ilmiy-ommabop maqolalarni o’qitishdan asosiy maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy 
hayoti haqida muayyan bilim berish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga 
o’rgatishdan iborat. Ilmiy-ommabop maqolalar bolalarni gazeta va jurnallarni o’qishga tayyorlaydi, ijtimoiy-
siyosiy, tabiatshunoslik atamalarini o’zlashtirishga yordam beradi, ularning mantiqiy tafakkurini va nutqini 
o’stiradi.
 
Ona tili va o’qish savodxonligi darsliklarida turli janrdagi badiiy asarlar va ilmiy-ommabop maqolalar 
berilgan. Istalgan asarning obyektiv mazmuni butun borliq, mavjudot, 
uning turli tomonlari
, dalillar va 
ularning bir-biriga ta ’siri hisoblanadi. Badiiy asarda hayot obrazlar orqali tasvirlanadi. Shuni ta ’kidlash 
kerakki, badiiy asar markazida inson, uning jamiyat va tabiatga munosabati turadi. Badiiy asarda borliqni, 
voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, obyektiv mazmun va subyektiv bahoni aniq materialda berish 
haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega. 
Birinchidan, badiiy asar ustida ishlashni tashkil qilishda obrazlar va muallifning asarda tasvirlangan 
voqealarga munosabati o'qituvchining diqqat markazida turadi. O'quvchilar voqelikni obrazlar orqali 
tasvirlashning o'ziga xos xususiyatlarini tushuna boradilar. 
Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy davrdagi voqealar tasvirlanadi. Shuning uchun asarda 
tasvirlangan voqealarga tarixiy yondashilgan taqdirdagina matnni to 'g 'ri o'qish, qatnashuvchi shaxslarning 
xatti-harakati sabablarini tushunish, dalillar va voqealarni haqqoniy baholash mumkin. Buni boshlang'ich 
sinflarga tatbiq etganda, awalo, bolalarni asarda tasvirlangan davr bilan qisqacha tanishtirish, keyin 
o'quvchilarda qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatini ular yashagan davr va ijtimoiy omillarni hisobga 
olgan holda baholashni o'stirish zarur. 
Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlarini o'quvchilaming yoshlariga mos ravishda tanishtirish 
maqsadga muvofiq. 
To'rtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda o'quvchilarni asarning g'oyaviy yo'nalishini tushunishga 
o'rgatish 
muhimdir
, bu asami to'g'ri idrok etish uchun, matn ustida ishlash ko'nikmasini, o'quvchilaming 
dunyoqarashini shakllantirish uchun zarur. Muallif badiiy asarda tasvirlangan hayotiy dalillarga, ijtimoiy 
hodisalarga, jamiyatning u yoki bu tabaqasi vakillariga o 'z munosabatini ifodalashga harakatqiladi. 
Yozuvchining hayotiy materiallarga bahosi aniq dalillar asosida yaratilgan badiiy asarning g'oyaviy mag'zini 
tashkil etadi. Asarning g'oyaviy yo'nalishi yozuvchining dunyoqarashiga bog'liq. Asarning tarbiyaviy 
ahamiyati, o'quvchiga ta ’sir kuchi uning g'oyaviy yo'nalishiga1 -sinf dasturida o'qish bilan bog'liq holda 
kuzatish, sayohat darslari mo'ljallanadi. Masalan, yil fasllarida mavsumiy tabiat hodisalari (obhavoning 
o'zgarishi, o'simlik va hayvonlarning hayoti)ni, shuningdek, dala mehnatini kuzatish uchun tabiatga (dala, 
bog', xiyobonlarga) sayohat uyushtirish ko'zda tutiladi. Sayohatda tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlar va 
kishilarning mehnati yuzasidan bolalaming nisbatan uzoq kuzatishlari uyushtiriladi. Bunday darslarda 
ko‘rgazma sifatida o ‘quv kinofilmlaridan ham foydalanish mumkin. Tarixiy mavzudagi ilmiy-ommabop 
asarlarni unga mos rasmlar bilan bog'lab o'qitish kishilarning baxtli 
hayot uchun intilishlari
, ota-
bobolarimizning dushmanlardan Vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib yetishga yordam 
beradi; o'quvchilar mehnat hayotning asosi ekanligini, insonlar turmushi mehnat tufayli rivojlanib, 
farovonlashib borishini bilib oladilar. Dasturga ko‘ra 2-sinf o'quvchilari ,,Toshkent“ , „Toshkent metrosi" 
mavzusidagi ilmiy-ommabop asarlarni, 4-sinfda esa „Mangulikka tatigulik kun“ (Safar Barnoyev) asarini 
o'qish orqali o'tmish ajdodlarimiz, ularning xizmati, vatanimizning hozirgi taraqqiyoti haqida bilib oladilar. Bu 
maqolalar xalqimizning hayoti, mehnati va kurashi haqida yangi bilim berish bilan birga, bolalami Vatanga, 
xalqqa, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalaydi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   453   454   455   456   457   458   459   460   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish