473
ta'sirini oshirish uchun ifodali o'qish katta ahamiyatga ega.
Badiiy asarni o'qil baladagi fikrlash, arsarni qayta hikoya qilish, o'qishga qiziqishi, og'zaki nutqini
o'sishiga olib keladi. Tabiiyki, og'zaki nutq o'sdimi, matiqiy fikrlash ham o'sadi. Hozirgi kecha kunduzda
DTSga asoslanga 3-4-sinf kitoblarimizda berilgan bir qancha badiiy asar, badiiy matn, masal, she'rlar
maqollar, topishmoqlar orqali bola qiziqishi o'sadi. Bola gapiradi, bola fikrlaydi bir so'z bilan aytganda bola
unib o'sadi. Masalan yuqorida ta'kidlangan DTSga asoslangan 3-sinf o'qish darsligidagi "Hunar-hunardan
rizqing unar" bobidagi Hunarsiz kishi o'limga yaqin, Donishmand ustoz, Ko'k arg'umoq kabi badiiy asarlar
orqali boladagi fikrlash, gapirish, hayotga real qarash tuyg'ulari namoyon bo'ladi. Bolalarning fikrlashini
matematika darsliklari orqali ham o'stiramiz. Matematika darsligi orqali o'stirishda asosan bola bilan savol-
javob o'tqazish orqali ( masalalarda), misol yechish orqali, mantiqiy topshiriqlar orqali. Milliy o'quv dasturiga
asoslangan kitoblarimizning barchasi bolaning fikrlashini, mantiqiy tafakkurini, o'ylab topishga doir tomonini,
har tomonlama darsliklar bir-biri bilan bog'lanib ishlanganki, darsliklarning bari speralsimondir. Masalan "Ona
tili va o'qish savod xonligi" va "Texnologiya" darsliklarining mavzusiga bir nazar tashlasak, robot haqida
berilgan tushuncha bir-biriga taqindir. Har ikkala darslikda ham robotning vazifasi, ishlash ko'lami, foydali
tomoni, qanday yasalishi, nima ishlarni qila olishi haqida bir vaqtning o'zida berilgan. Boladagi bu mavzularni
o'tish vaqti hech qanday qiyinchilik tug'dirmasligi tabiiy holdir.
Bola badiiy asar o'qidimi uni tahlil ham qila bilishi kerak. Badiiy asarni tahlil qilishda bora quyidagi
turlardan boydalaniladi
1) Tanlab o'qish. Bunda o'quvchi matnning mos qismini tanlab o'qiydi. Vazifa asarning mazminini
oydinlashtirish, sabab-natija bog'lanishini belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o'qilgan matnga o'z shaxsiy
munosabatini ofodalashdan iborat bo'lishi mumkin. Masalan 4-sinfda "Oltin kuzim" matnidan tabiatdagi
o'zgarishlar berilgan qismini topib o'qing. Rahim Bekniyozning "Mo'jiza" hikoyasidan quyonni hushsiz yotgan
joyini topib o'qing kabi topshiriqlar beriladi.
2) O'quvchilarning berilgan savol-va topshiriqlariga o'z so'zi bilan javob berish. Mashqning bu turi
o'quvchilarda o'qilganlar yuzasidan muhokama yuritish ko'nikmasini o'stirishga, asarda qatnashuvchi
qahramonlarni baholashga, muallif tasvirlagan lavhani hayotiy bog'lash bilan imkon yaratib beradi. Ishning bu
turida berilgan savollar ma'lum maqsadga yo'naltirilgan va muayyan izchillikda bo'lishi, o'quvchilarni mustaqil
fikrlashga undashi lozim.
3) O'quvchilarni savol berishga o'rgatish. O'quvchilarda savol berishga o'rgatish matn ustida ishlashda
yaxshi natija beradi. Metodist olimlarning fikricha, to'g'ri berilgan savolda yarim javob tayyor bo'ladi.
O'quvchilar matnni ongli o'zlashtira olsalargina, matn yuzasidan savol bera oladilar. O'quvchilarda savol
berishni boshlashni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
4)Matnni tasvirlash. Matnni tasvirlash matn ustida ishlashda katta ahamiyatga ega bo'lib,
o'quvchilarning ijodiy va fikrlar qobiliyatini o'stiradi, undan to'g'ri foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlagan
hayotiy manzaralarni o'quvchi aniq tasavvur qilishlari uchun qulaylik yaratadi. O'quvchilar asar voqealar
rivojini seriyali rasmlar asosida muayyan izchillikda tasvirlashlari ham, har bir rasm seriyasi ostida shu qismda
ifoda etilgan muhim fikrlarni yozib qo'yishlari ham mumkin. Bular asar matnini to'liq qayta hikoyalash,
shuningdek, o'qilgan hikoya rejasini tuzish matn mazmini uning to'liq tasviriy vositalarini bilib olishga yordam
beradi.
5) Asar rejasini tuzish. Reja matn mazminini ongli chuqur tushunishda, asosiy fikrni ajratishda,
voqealarning izchilligini belgilashda, matn qismlarini o'zaro bog'lanishini tushunishda o'quvchilarga yordam
beradi.
O'quvchilarning mantiqiy fikrlashini faqatgina ona tili yoki o'qish darslari bilangina oshira olmaymiz.
Bunda o'quvchi matematika, tasviriy san'at, texnoligiya, tabiatshunoslik(tabiiy fan) kabi fanlariga ham
suyanadi. Matenatika fani orqali mantiqiy fikrni o'stirish ham masala ham misol undan tashqari darsliklarda
berib boriladigan "O'ylab top" topshirig'i orqali namoyon bo'ladi. Texnologiya darslarida har xil bezaklar,
tabiiy materiallardan (qovoq urug'i, semichka, tarvuz urug'i, bug'doy va hokazo)applikatsiyalar yasash. Turli
xil rangli qog'oz orqali geometrik shakllardan narsa yasash. Har xil ko'rinishdagi maketlar yasash orqali
bolaning mantiqiy fikrlash doirasi kengayadi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, bolani badiiy asar o'qishga, she'r yod oldirishga, ertak, hikoya, masal,
rivoyat o'qishga mehr uyg'otish uchun avvalo biz ota-onalar va qolaversa o'qituvchilarning bunda o'z o'rni
beqiyosdir. Bolani yoshlikdan kitobga mehrini oshirish unchun bolaga ertak, turli xildagi hikoyalar,
rivoyatlarni aytib berish joizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: