Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


RIVOJLANGAN DAVLATLARDA BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARINING



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

RIVOJLANGAN DAVLATLARDA BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARINING 
BILIMINI BAHOLASH 
Rо‘ziyev Farhod Jо‘rayevich, 
Mehnat bozori tadqiqotlari instituti 
Annotatsiya. 
Ushbu maqolada о‘quvchilar bilimini baholashda rivojlangan mamlakatning milliy 
ta’lim tizimida boshlang‘ich sinf о‘quvchilarning о‘zlashtirgan har tomonlama aniqlashga va ularni 
rivojlantirishga bо‘lgan baholash tizimlari yoritilgan. 
Kalit sо‘zlar: 
xalqaro tajriba, ta’lim natijasi, baholash mexanizmlari, davlat talablari, ta’lim 
standartlari, xalqaro tadqiqot, xalqaro dastur, milliy mentalitet. 
Xalqaro tajribada ta’lim natijasi (Learning outcomes) о‘quvchilarning davlat talablari va ta’lim 
standartlarining egallaganlik darajasiga qarab belgilanadi. Ayniqsa, ta’lim sifati va darajasini aniqlab 
beruvchi PISA (О‘quvchilarni ta’limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Matnni о‘qish va 
tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), TIMSS (Maktabda matematika va aniq fanlar sifatini 
tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) xalqaro dasturlar asosida о‘quvchilarning ta’lim mazmunini 
о‘zlashtirganlik darajalarini baholashda rivojlangan davlatlar bunga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Xalqaro tajribalarda har bir mamlakatning о‘ziga xos milliy ta’lim tizimiga asoslangan о‘quvchilarning 
о‘zlashtirish darajalarini baholash tizimi mavjud bо‘lib ular asosan xalqaro baholash dasturlariga 
moslashtiriladi. Mamlakatlarning milliy baholash tizimi mazkur davlatlarning strategik maqsadlarini, 
iqtisodiy - ijtimoiy taraqqiyot darajasi, milliy mentalitetidan kelib chiqib belgilanadi. Shu nuqtayi 
nazardan jahonning rivojlangan davlatlarida baholash tizimi quyidagicha amalga oshiriladi. 
Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma, malaka va kompetensiyalarini 
baholashda kо‘plab yondashuvlar vujudga kelgan. Har qanday mamlakatning milliy ta’lim tizimi 
о‘quvchilarning о‘zlashtirgan kognitiv va nokognitiv bilimlarini har tomonlama aniqlashga va ularni 
rivojlantirish imkoniyatiga ega bо‘lgan baholash tizimini amaliyotga tadbiq qilishdan manfaatdordir. 
Shularni inobatga olgan holda rivojlangan mamlakatlarda о‘ziga xos bо‘lgan boshlang‘ich sinf 
о‘quvchilarining bilimini baholash mexanizmlari mavjud. 
Tahlillarimiz shuni kо‘rsatdiki, rivojlangan mamlakatlarning milliy ta’lim tizimida boshlang‘ich 
sinf о‘quvchilarining bilim, kо‘nikma va malaka va kompetensiyalari quyidagicha amalga oshiriladi. 
Jumladan: 
1.
Buyuk Britaniya umumiy о‘rta ta’lim maktablarida10 ta asosiy 
(Joundation subjects) 
predmetdan о‘quvchilarga ta’lim beriladi. Ulardan 3 tasi eng asosiy (“Yadro” (
core subjects
) о‘quv 
fanlaridir. Bularga: ona tili (ingliz tili), matematika va tabiiy ilmiy turkumdagi о‘quv predmetlari 
kiradi.О‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma va malakalarini baholash harflar yordamida amalga 
oshiriladi. Jumladan, G (“yomon”) F, E, D, C, V, A (“a’lo”). 
2.
Fransiya ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim 2 yoshdan 6 yoshgacha va boshlang‘ich 
maktab 6 yoshdan 11 yoshgacha ta’lim beradi. Mazkur mamlakatda о‘quv jarayoni о‘ziga xos tarzda 
tashkil etilgan bо‘lib, 12-sinfdan 1-sinfga qarab boriladi. Fransiya ta’lim tizimida keskin, noaniq baholar 


204 
mavjud emas. Baholashda ijobiy va salbiy kо‘rsatkichlarning о‘zi bir necha darajani ifolaydi. Masalan, 
ijobiy baho olgan bolalar 
bon
–yaxshi, 
tres beines bien 
- juda yaxshi, 
assez bon (bien)
- yetarli darajada 
yaxshi (yaxshi), 
pas mal 
- yomon emas tarzida sо‘zlar yordamida baholanadi. Past baho olganlar 
о‘quvchilarga esa, 
mal-
yomon, 
mauvais
-yomonroq, 
treses mal (mauvas)
- juda yomon, 
assez mal ( 
mauvais)-
yetarli darajada yomon kabi sо‘zlar yordamida baho beriladi. 
3.
Yaponiya ta’lim tizimi о‘zining samaradorligi bilan butun dunyo pedagoglarining e’tiborini 
о‘ziga jalb etib keladi. Yaponiyada “3”, “4”, “5” baholari qо‘llanilib, 2 baho umuman mavjud emas. 
4.
Germaniya ta’lim tizimi о‘ziga xos jihatlarga ega, u yerda umumiy о‘rta ta’lim 13-yil 
davom etadi. Mazkur ta’lim tizimida tabaqalashtirilgan yondashuv keng tatbiq etilgan. Olmoniyada 
о‘quvchilarning bilimi quyidagicha baholanadi. Jumladan, 6 (0) (“juda yomon”); 5 (3-1) (yomon); 4 (6-4) 
(“DTS ga tо‘g‘ri keladi”); 3 (9-7) (“qoniqarli”); 2 (12-10) (“yaxshi”); 1 (15-13) (“a’lo”). Boshlang‘ich 
ta’limni tugatgan bolalar qobiliyatlariga qarab uch yо‘nalishda о‘qitiladi. Ulardan bir qismi tayanch 9 
yillik maktabga borib umumiy va boshlang‘ich kasbiy ta’lim oladi. 
5.
Daniya ta’lim tizimi ham kо‘pchilik e’tiborini о‘ziga qaratgan jarayondir. Mazkur 
mamlakatda 1-8 sinfgacha bо‘lgan davrda о‘quvchilarga hech qanday baho qо‘yilmaydi, test va nazorat 
ishlari о‘tkazilmaydi. О‘quvchilar egallagan bilimlarining sifati va samaradorligi о‘qituvchilar hamda ota- 
onalargagina ma’lum bо‘ladi. О‘qituvchilar о‘quvchilarning о‘zlashtirish darajalarini ota-onalar 
yig‘ilishlarida muhokama qiladi. Daniya ta’lim tizimida 10 balli baholash tizimi amal qiladi. 0 (“yomon”) 

13 (“a’lo”)ni anglatadi. Daniya ta’lim tizimida demokratiya tamoyili ustivor hisoblanadi. 
О‘quvchilarning bilimlari 8 sinfgacha baholanmasligiga qaramasdan, ular yaxshi о‘qiydilar, kelajakda 
hayotda о‘zlariga munosib о‘rin topish va kasb egallash uchun bilimlarni alohida ishtiyoq bilan о‘rganadi. 
О‘qituvchilar esa, о‘z bilimlari va mavqelarini oshirish uchun tinmay harakat qiladi. 
6.
Kanada davlatining ta’lim tizimi о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Mazkur mamlakatda 
о‘quvchilar 6 yoshdan maktabga qabul qilinadi, boshlang‘ich ta’lim 6 yil davom etadi.Har bir sinfda 
о‘qitiladigan о‘quv fanlarining soni turlichadir. Jumladan, boshlang‘ich sinflarda matematika, 
grammatika, tabiiy fanlar, kompyuter savodxonligi, jismoniy tarbiya, san’at kabi fanlar 
о‘qitiladi.О‘quvchilar bilimini baholashda ularning о‘quv dasturini 100 % о‘zlashtirishlariga nisbat berish 
hisobidagi tizim amal qiladi. О‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilimlari о‘quv dasturi hajmining 60% ni 
tashkil etsa “qoniqarli”, 65-75% “yaxshi”, 80-90% “a’lo”ga yaqin hisoblanib, о‘quvchilarning 100% 
о‘zlashtirish natijasida baholanishlari juda qiyin hisoblanadi. 
7.
Estoniya ta’lim tizimida о‘quvchilar bilimini baholashning alohida о‘ziga xos tizimi mavjud 
О‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma va malakalarini baholash uchun 5 ballik shkaladan 
foydalaniladi. 1-2 sinf о‘quvchilarining о‘zlashtirgan bilimlarini muayyan sо‘zlar yordamida baholash 
an’anasi mavjud. 
2-sinfning ikkinchi yarmidan boshlab о‘quvchilarga asosiy о‘quv fanlari: 
matematika, rus tili, eston tili fanlaridan baho qо‘yiladi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish