Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


HIKOYANI TAHLIL QILISHGA KREATIV ZAMONAVIY YONDASHUV



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

HIKOYANI TAHLIL QILISHGA KREATIV ZAMONAVIY YONDASHUV 
Idiyeva Gulchehra Izomovna, 
BuxDUPI 1-kurs magistranti 
 
Anotatsiya. 
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridagi kreativlikni rivojlantirish 
maqsadida foydalanish lozim bo‘lgan SWOT metodi haqida fikr yuritilgan. 4-sinf o‘qish kitobida 
berilgan hikoya orqali amaliy tarzdagi yorqin ifodasini ko‘rish mumkin. Hikoyani tahlil qilishda e’tibor 
qaratish lozim bo‘lgan jihatlar yoritilgan. 
Kalit so‘zlar
: SWOT, metod, qiyoslash, taqqoslash, kuchli tomon, kuchsiz tomon, imkoniyat, 
to‘siqlar, faollik. 
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini 
o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. 
Interfaol ta’lim metodlari o‘quvchilarni faollikka undaydi, ularning qay darajada o‘zlashtirganini 
qiyoslab, taqqoslab, ma’lum mavzu doirasida tushunchalarning aniq o‘zlashtirilishiga samarali ta’sir 
qiladi. Shunday ta’sir qiluvchi metodlardan biri SWOT tahlil metodidir. Bu metodning kelib chiqish 
tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dastlab Garvard universiteti professorlariga tegishli ekanligi aytilsa, 
ayrimlarida 1950-yillarda nazariya asosini yaratgan Sea Roland Kristensen ekanligi aytib o‘tilgan. SWOT 
qisqatrmasi birinchi marta Garvardda 1963-yilda professor Kennet Endryus tomonidan biznes siyosati 
mazmuniga bag‘ishlangan konferensiyada yangradi. 1965-yilda firmaning xatti-harakatlari strategiyasini 
ishlab chiqish uchun SWOT tahlili taklif qilindi. Dastlab, bu tahlil biznesni rivojlantirish uсhun ishlab 


190 
kuchsiz 
tomonlari 
S
W
O
T

Opportunity

imkoniyatlar 
to'siqlar 
chiqilgan bo‘lib, turli darajadagi menejerlarga kompaniyaning asosiy maqsad vazifalaridan kelib chiqqan 
holda biznes jarayonlardagi o‘zgarishlarni tezda amalga oshirish, tahlil qilish, taqqoslash imkoniyatini 
yaratib bergan. 
SWOT tahlili muayyam vaziyatning tuzilgan tavsifini yaratishga yordam beradi, ushbu tavsifga 
asoslanib, xulosalar chiqarish mumkin. Tahlil ‒ bilishning mantiqiy usuli bo‘lib, u obyektni (hodisa, 
jarayonni) qismlarga, elementlarga yoki belgilarga aqliy ravishda parchalash, ularni taqqoslash va muhim 
yoki muayyan sifat va xususiyatlarni aniqlash uchun ketma-ket o‘rganishdir. Bu bizga to‘g‘ri va asosli 
qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Bu tahlil vaziyatni to‘rt tomondan ko‘rib chiqishga asoslangan 
birlamchi baholash usulidir. Bugungi kunga kelib bu metod ko‘plab sohalarni qamrab oldi. Xususan, 
ta’lim sohasida ham bu metoddan samarali foydalanish, ko‘pgina darslarga tatbiq etish mumkin. 
Bu metod o‘quvchilarni o‘z fikrlarini himoya qilishga va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq 
bahslashishga, o‘quv jarayonida egallangan bilimlarni tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini 
baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi. 
Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlarni hal qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish, 
mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mantiqiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich 
sinflarga hikoyalarni tahlil qilishda bu metoddan foydalanish, ayniqsa, 4-sinflarda hikoyani to‘g‘ri idrok 
etishga, hikoyadagi voqealarga nisbatan aniq mulohaza yurtishga, turli xil muammoli vaziyatlarda yechim 
topishga samarali ta’sir qiladi. 4-sinf darsligidagi “Nihollarning nolasi” hikoyasini olib qaraydigan 
bo‘lsak, bolalarning yo‘l chetiga niholchalar ekishgani, niholchalarning suhbatlari, eng so‘nggi damgacha 
yosh niholchaning suv kutib, hech qanday yordam berilmagandan so‘ng nobud bo‘lganligi haqida so‘z 
yuritilgan. Quyida hikoyaning qisqacha mazmuni bilan tanishsak. 
Nihollarning 
nolasi 
Xudoyberdi To‘xtaboyev 
Shaharda ko‘kalamzorlashtirish oyligi bo‘lib o‘tgandi. Shu oy davomida ko‘chalar chekkasiga, 
ariqlarning bo‘yiga, xiyobonlarga naq uch yuz mingga yaqin mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazishdi. 
Qiyqirishib ko‘chat ekkan o‘quvchilar biri ketmonini asfalt yo‘lda daranglatib sudrab, biri belkurakni 
yelkasiga teskari qo‘yib, yana bittasi bo‘sh chelakni childirma qilib chalib jo‘nab ketishgach, chinorlar 
bir-birlariga ma’noli qarab qolishdi. 
Ertalab quyosh chiqishi bilan ikki yuz niholcha birdan uyg‘onib yengil-yengil chayqalishib, bir- 
birlariga salom bergandek bo‘lishdi, so‘ngra tunlari qanday o‘tganligini ayta boshlashdi. 

 
Mening tomirchalarim tuni bilan suv axtarib chiqishdi, – dedi bitta nozikkina niholcha.


191 
Nihollarning nolasi
Kuchli tomon
1.
Nihol ekish, 
tabiatni 
ko'kalamzorlashti rish 
2.
Har bir narsaga e' 
tibor bilan 
qarash 
Kuchsiz tomon
1.
E'tiborsizlik eng 
katta kulfat 
2.
Insonlarning 
atrof muhitga 
nisbatan 
beparvoligi 
To'siqlar
1.
Kimdandir suv 
ilinjida najot 
kutish 
2.
Yomg‘ir 
tomchilaridan 
umidvorlik 
Imkoniyat
1.
Yashash uchun 
kurash 
2.
Hayotga 
bo'lgan 
muhabbat 
Bu tahlildan o‘quvchilar quyidagilarni bilib olishlari mumkin. 
Qahramonlar:
yosh niholchalar
Yechim: 
niholchalarga o'z 
vaqtida parvarish 
qilish
Muammo: 
niholchalarning 
nobud bo'lganligi
Xulosa: tabiatni 
asrash va uni 
ko'kalamzorlashti rish
SWOT tahlil bolani hikoya yuzasidan aniq fikr yuritishga, undagi tub ma’noni idrok qilishga, 
hikoyani shunchaki tahlil qilmay, hodisaga to‘g‘ri yondashgan holda tushunchalarni samarali 
o‘zlashtirishga yordam beradi. Bu berilgan tahlil orqali “Nihollarning nolasi” hikoyasi o‘quvchi 
tomonidan oson va tez, hikoyani yaxlit holda anglashga o‘z fikrini taqqoslay olishga imkoniyat yaratib 
beradi. Hikoyadagi yaxlitlikni aniqlab olgan holda o‘quvchilar nihollarga zarar yetkazmaslik, ularning 
o‘sib rivojlanishi uchun suvning naqadar ahamiyatliligi, tabiatni asrash, uning har bir zarrasidan oqilona 
foydalanish kerakligini anglab yetadi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish