188
LINGVISTIK KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA MEDIA TA’LIM
VOSITALARDAN FOYDALANISH
Dildora Omonova,
Buxoro davlat universiteti
tayanch doktoranti
Annotatsiya:
Maqolada bugungi kunda media ta’lim vositalaridan foydalanish boshlang‘ich
ta’limda o‘zining qanday samaradorligi va uni o‘quvchida qanday usullar yordamida o‘rgatish ijobiy
natija berishi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
lingvistik kompetensiya, media ta’lim vositalari; radio, televizor, internet.
Boshlang‘ich ta’limda o‘qitishda media ta’lim vositalarini qo‘llashdan maqsad o‘qituvchilar va
o‘quvchilar faoliyatida uni tushunarligini ta’minlashdan iborat. Har bir o‘quvchining imkoniyatini
hisobga olgan holda tashkil etish, bilim, ko‘nikma va malaka hamda kompetensiyalarni takomillashtirish
bugungi ta’lim oldida turgan dolzarb masalalardan biri sanaladi. Har bir o‘quvchining imkoniyatini hisob-
ga olish, bajarilgan ish uchun rag‘batlantirish, xatoga yo‘l qo‘ygan o‘quvchiga uni to‘g‘rilash imkonini
berish zarur. Kundalik hayotini ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qila olmaydigan, ularda chop
etiladigan, efirga uzatiladigan yangiliklar-u muammoli masalalar tahlillarini o‘qib, eshitib, ko‘rib
fikrlaydigan, o‘rganganlarini nafaqat yosh avlod, balki mahalla-ko‘y ahliga yetkazib, ziyo taratidigan
muallimlar ko‘p yurtimizda. Avvalo, biz media ta’lim o‘zi nima degan savolga javob berishimiz va
media ta’lim vositalaridan foydalanib dars o‘tish o‘quvchiga qanday imkoniyatlarni beradi degan savolga
javob topishimiz lozim. Media ta’lim hozirgi davrda shaxsning ommaviy axborot vositalari orqali
rivojlanish jarayonini anglatadi. Media ta’lim media mahsulotlari bilan dars jarayonini tashkil qilish
hisoblanadi.
O‘quvchida ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchisida lingvistik kompetensiyani rivojlantirishda
yuqorida keltirilgan media vositalardan foydalanish o‘zining samarali va yuqori natijasini beradi.
Til tizimi haqida, til birliklarining nutqda ishlash qoidalari to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish,
shuningdek, ushbu bilimlar yordamida boshqa odamning fikrini anglash va uni to‘g‘ri talqin qilish, o‘z
fikrlarini og‘zaki va yozma shaklda ifoda etish qobiliyati lingvistik kompetensiya deyiladi.
Bolada lingvistik kompetentlik shakllanganligini nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila olishida,
fikrni bayon qilish uchun so‘z va grammatik vositalarni og‘zaki va yozma nutqida to‘g‘ri qo‘llay olishi,
o‘z fikrini izchil bayon qila olishidan bilishimiz mumkin.
Darslikda berilgan mashqlarni bevosita o‘yin shaklida tashkil qilib, televizor orqali qo‘yib
berilsa, o‘quvchiga tushunish oson bo‘ladi. Birinchi sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsligining 1-
qismi, 81-betida bolani tinglab tushunish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida “Sabzavotlar nima
deydi?” sarlavhasi ostida audiomatn keltirib o‘tilgan. Bu orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchisida xoti-
rada saqlab qolish qobiliyati mustahkamlanadi, shu bilan birga o‘quvchida tinglagan audiomatnni
qayta takrorlab aytib berish jarayonida ijodiy qobiliyati ham rivojlanib boradi.
Ta’limda multimedia texnologiyalaridan foydalanish an’anaviy ta’limga nisbatan quyidagi
afzalliklarga ega:
doimiy yangilanish imkonini beradi;
rangli grafika, animatsiya, tovush, gipermatnlardan foydalanish imkonini beradi;
vaqtdan samarali foydalanish imkonini beradi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishda media ta’lim
vositalaridan foydalanish o‘quvchiga:
birinchidan, o‘quvchidan bugungi kunda zamonaviy ta’lim vositalar bilan dars jarayonini olib
borishda;
ikkinchidan o‘quvchi dars davomida multimedia texnologiyalaridan foydalansa, o‘quv jarayonini
boyitadi, o‘rganishni yanada samarali qiladi, idrok etish jarayoniga jalb qiladi, o‘quvchining hissiy
komponentlarini namoyon qilishda yordam beradi;
uchinchidan, o‘quvchida multimedia vositalaridan foydalanib dars jarayonini olib borish orqali
foydalanishda o‘quvchining motivatsiyasi kuchayadi, uning bilish faoliyati ham ongli, ham ong osti
darajasida faollashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: