81
sida bir butun tasavvur shakllantirish kerak. O‘quvchilar vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar
o‘zlarining mehnat faoliyatida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga
odamlar mehnati atrof tabiat bilan chambarchas bog‘liq ekanini ko‘rsatish g‘oyat muhimdir.
Shu talablarga ko‘ra boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga:
-jonli va jonsiz tabiat haqida aniq ma’lumot berish;
-odam organizmi va salomatligini saqlash to‘g‘risida ma’lumot berish;
-tabiatda kuzatishlar o‘tkazish o‘quvi va ko‘nikmalari bilan qurollanish;
-tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyliklarini ko‘paytirishga qaratilgan insonning mehnat
faoliyatini o‘rgatish;
-jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash;
Umumta’lim maktablarini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlariga muvofiq tabiatshunoslik dasturiga
kiritilgan o‘zgarishlar ko‘rsatilgan vazifalar bilan bir qatorda tabiatshunoslik kursida o‘quvchilarning
ekologiya, mehnat va gigiyena tarbiyasiga e’tiborni yanada kuchaytirishni va har bir o‘quvchi gigiyena va
meditsina sohalarida
minimum bilimni egallash, yoshligidan o‘z organizmini bilishi, uni tartibli saqlay
olishi uchun sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.
Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog‘liq holda o‘qitish jarayonida dunyoni milliy
materialistik tushunish asoslarini shakllantirish uchun tabiatga insonparvarlik munosabatini,
vatanparvarlikni va go‘zallikni tushuntirishni tarbiyalash kerak.
Zamonaviy pedagogikada ta’lim va tarbiya tarbiyalovchi ta’lim deb atalib yagona jarayonning ikki
tomoni deb qaraladi. Ta’limning tarbiyalovchilik xarakteri uning mazmuni bilan belgilanadi. Shuning
uchun ham tabiatshunoslikni o‘qitish o‘qituvchilarga o‘quvchilar tafakkurini,
ularning ijodiy va bilish
faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi. O‘quvchilarga bilimni bayon qilish metodlari ham
tarbiyaviy ahamiyatga ega, o‘quvchilarning barcha faoliyatlari bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni bilan
bog‘liqdir.
Shu munosabat bilan ham matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog‘liq holda o‘qitish
o‘qituvchi uchun tarbiyaviy ishlarga katta imkoniyatlar beradi. Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan
bog‘liq holda o‘qitishda og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan foydalaniladi.
Ma’lumki, boshlang‘ich maktablarda «Atrofimizdagi olam» (1-2-sinflarda) va «Tabiatshunoslik»
(3-4 sinflarda) fanlari o‘qitiladi. «Tabiatshunoslik» fani «Atrofimizdagi olam» fanining davomi bo‘lib,
o‘zining mazmuni va metodlari bilan o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalash uchun cheksiz
imkoniyatlarga ega.
O‘qituvchi ekologik ta’lim-tarbiya haqidagi bilimlarni jamiyatimizdagi har bir insonning hayot va
mehnatidagi ulug‘vor kuchini chuqur anglashi, bunga ishonch hosil qilishi lozim.
Shunday ishonchni
o‘quvchilarda tarbiyalashi zarurdir.
O‘quvchi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan tabiat haqidagi bilimlarni ola turib, tabiat faktlari va hodisalarni
o‘zaro bog‘lanishda, harakat, o‘zgarish va rivojlanish holatida tushunishga o‘rganadi.
Bu ta’lim yosh avlodni tabiatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga olib keladi: unga nisbatan ta’sirchan
muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat chiroyini idrok etishdan uni qo‘riqlash, asrash, tabiat in’omlaridan oqilona
foydalanish, ana shu boyliklarni o‘z qo‘llari bilan yaratish va ko‘paytirishni o‘rganadi.
Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog‘liq holda o‘qitish bo‘yicha mashg‘ulotlarni sinfdan va
maktabdan tashqari tadbirlar: ochiq havodagi o‘yinlar, o‘lkashunoslik ekskursiyalari, yurishlar bilan
chambarchas bog‘lamoq zarur.
Bularning hammasi o‘qituvchiga matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog‘liq holda o‘qitish
bo‘yicha o‘quvchilar bilan shug‘ullana borib, ularni faqat yaxshi bilim
olishgagina emas, balki ular
shaxsini shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishga ham imkon beradi. Boshlang‘ich sinflarda matematikani
tabiatshunoslik darsi bilan bog‘liq holda o‘qitish o‘qitishning maqsadi – botanika, zoologiya, anatomiya,
fiziologiya, gigiyena, jug‘rofiya fanlarining elementar asoslarini berishdir.
Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog‘liq holda o‘qitish darslaridagi ta’lim va tarbiya
jarayonida asosiy e’tibor o‘quvchilar tomonidan dasturlarda mo‘ljallangan bilim, o‘quv va ko‘nikmalarni
egallab olishgagina emas, balki ularda idrok qilish qobiliyati, mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga ham
qaratmoq lozim. O‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha ish dastur belgilagan
doirada, dastur materialida, maktabning barcha ta’lim-tarbiya ishlari bilan bog‘liq holda olib borilishi
kerak.
O‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga rahbarlik qilish – bu ularni tahlil qilish,
sintezlash,
taqqoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirishga va shu kabi operasiyalarni uquv bilan
bajarishga o‘rgatish, oddiy tushunchalarni o‘zlashtirishda, o‘z mulohazalarini bayon qilishda va xulosalar
chiqarishda ularga yordam berish demakdir. Shunga intilish kerakki, ularning nutqi aniq, izchil va isbotli
82
bo‘lsin, tabiatshunoslik atamalaridan foydalanishga asoslansin. Butun o‘qitish jarayoni, to‘g‘ri tashkil
etilgan bo‘lsa, shu paytning o‘zida o‘quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilmog‘i zarur.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, boshlang‘ich sinflarda mantiqiy usullar (taqqoslash, tahlil qilish va
sintezlash, mavhumlashtirish, konkretlashtirish, umumlashtirish)dan
foydalangan holda darslarni
integrativ yondashuvlardan tabiatshunoslikni o‘qitishda foydalanish, tushunchalar, mulohazalar,
muhokamalar ustida ishlash – bularning hammasi pedagogik jarayonni boyitadi, uni yana ham mazmun-
liroq qiladi, o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishiga uning ta’sir darajasini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: