461
qadriyatlarga rioya qilish, fahm-farosatlilik, savodxonlik, saxovatlilik, xushfe’llik, shirinso‘zlik, do‘stlarga
oqibatlilik, xushbaxtlik, hayolilik, shinavandalik, oq ko‘ngillilik, mehnatsevarlik va boshqalar.
Oilaviy marosimlar o‘zbek xalq an’analarining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ularning
aksariyati bolalar hayotidagi muhim voqealarga bag’ishlanganligi uchun ham yoshlarning kamol topishida
muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki, o‘zbek xalqi to‘yparast xalq. U to‘y qilaman, elning duosini olaman,
boshqalarni ham quvonchimga sherik qilaman, degan maqsadda yashaydi. Shuning uchun to‘y o‘zbek millati
hayotida muqaddas hodisa hisoblanadi. Biroq turg’unlik yillarida o‘zbek oilaviy marosimlarining bir qismi
taqiqlandi, taqiqlash mumkin bo‘lmaganlar (masalan, “Nikoh to‘yi”) yangi umumqoidalar, an’analar asosida
o‘zgartirila boshlandi. Mustaqillik sharoitida bu xatolarni to‘g’rilash maqsadida oilaviy marosimlarning asosiy
turlari, chunonchi, “Ism qo‘yish”, “Charlar”, “Soch to‘yi”, “Tish to‘yi”, “Beshik to‘yi”, “Sunnat to‘yi”,
“Muchal to‘yi”, “Kumush to‘yi”, “Otlin to‘yi” kabi an’analarni tiklash uchun yo‘l ochildi. 1998 yil –“Oila
yili” deb e’lon qilinishi oilaviy an’analarga e’tibor berish va ularni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlarni
yuzaga keltirdi. Ijobiy an’analar quvvatlanib, salbiylari jamoatchilik tanqidiga uchradi.Oilaviy qadriyatlarning
yalpi tiklanishi milliy-ma’naviy tiklanish jarayonidagi muhim bosqich bo‘ldi.
Xullas, asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga ma’naviy meros sifatida o‘tib, rivojlanib kelgan urf-
odatlar, marosimlar va bayramlarni saqlamay turib, milliy tiklanish jarayonini amalga oshirish qiyin. Shu
sababli, bu borada jiddiy ilmiy va amaliy ishlarni amalga oshirish mumkin. Har bir millat o‘ziga xosligi, milliy
madaniyati, milliy adabiyoti, milliy tili va shu millatning ruhiy tarzi majmuasida, ya’ni milliy ruhiyatda o‘z
ifodasini topadi. Binobarin, xalq ma’naviyati va ruhiyatini yosh avlodga singdirishni oiladan boshlash kerak.
Axloqiy tarbiyani izchil va tartibli amalga oshirishda oila muhim o‘rin tutadi. Insonning ma’naviy – axloqiy,
ruhiy ziynati poydevori oilada qo‘yiladi.Oila milliy ruhi xalq milliy ruhiyatini belgilaydi. Shu ma’noda har bir
oila o‘z a’zosida milliy psixologiyani shakllantiruvchi muqaddas ijtimoiy institutdir. “Bu institut necha ming
yilliklar davomida jahon xalqlarining bir – birlariga o‘xshamaydigan turfa milliy – ma’naviy qiyofalarini
tarbiyalab kelayotir”.
Do'stlaringiz bilan baham: