Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


Atajonova M.M. – Chust tumanidagi XTB ga



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet412/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

Atajonova M.M. – Chust tumanidagi XTB ga 
qarashli 10-umumiy òrta ta' lim maktabining 
geografiya fani òqituvchisi 
Annatatsiya
: mazkur maqolada geografiya fanini o‘qitish mazmuni yoritiladi. Maqolada 
geografiya fanini o‘qitishda pedagogik texnologiya tatbig‘i bayon etiladi. 
Kalit so‘zlar 
geografiya fani, o‘qitish, pedagogik texnologiya, tatbig‘i,qoidalar, o‘quvchilar, 
o‘qituvchi, sinf,savollar, usullar. 
Ta’lim – kelajakdagi muvoffaqiyatlar kaliti ekan, uning buyuk vazifa sifatida bugungi o‘quvchi 
kelajakda huquqiy – demoktarik jamiyat a’zosi sifatida bu jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok eta olish, 
zamonning bazor iqtisodiyoti qo‘yayotgan talablariga to‘la javob bera olishi kerak. Axborot oqimi keskin 
organ, turli yangiliklar hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan darda mustaqil tanqidiy fikrlash, 
ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, yangiliklarni o‘rganishga doim tayyor bo‘lgan, hamkorlikdan 
chalg‘imaydigan, muloqotga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim – tarbiya jarayonining 
asosiy maqsadi bo‘lishi kerak va bu borada ta’limda yangi texnologiyalarni qo‘llanishiga yo‘l ochilishi 
maqsadga erishish yo‘lidagi to‘g‘ri qadamdir.Pedagogik texnologiya o‘ziga xos potensial yaratiladigan 
pedagogik natijalarga erishish uchun pedagogik tizimning barcha tashkiliy tomonlariga aloqador nazariy 
va amaliy ta’limiy tizimi doirasida tadqiqotlar sohasi sifatida belgilanadi[3,56].Zamonaviy pedagogik 
texnologiya ta’lim maqsadlariga erishish va shaxsning rivojlanishiga qaratilgan pedagogik faoliyatni 
muttasil ravishda rivojlantirish tizimi loyihasidir.Geografiya fanini o‘qitishda pedagogik texnologiya 
tatbig‘i bir qator qoidalarga rioya qilishni talab etadi

Jumladan, 1 – qoida: sinfdagi hamma 
o‘quvchilarning texnologik jarayonga faol qatnashishlariga erishish kerak. Buning uchun hamma 


430 
o‘quvchi ishtirok eta oladigan mavzuni va unga mos metodni tanlash kerak bo‘ladi.O‘yinlar ham shu 
asosida tanlanadi, agar rolli o‘yinlar o‘ynalsa, har bir o‘quvchi hamma rolda bo‘lib chiqishi uchun o‘yin 
bir necha marta takrorlanadi.2 – qoida: interfaol yoki o‘yin texnologiyalaridan foydalanish uchun 
o‘quvchilarni psixologik tomondan tayyorlash masalasiga e’tibor berish kerak. Chunki, hamma o‘quvchi 
ham darsda faol ishtirok etishga, biror rolga kirishish yoki fikrini bildirishga tayyor bo‘lavermaydi. 
Uyalish, qisilib – qimtinish, odatdan tashqarilikdan cho‘chish kabi holatlar yuz berishi mumkin. Buning 
oldini olish uchun avval kichik hajmdagi, qisqa vaqtli mashqlardan foydalanish, faollikni rag‘batlantirish 
va ixtiyoriylikdan ko‘ra navbat bilan ishtirok etishni joriy qilish kerak bo‘ladi.3 – qoida: aslida interfaol 
metodlar kichik guruhlar bilan ishlashda ko‘proq samara beradi. Shuning uchun ularning 30 kishidan 
ortiq bo‘lmagan o‘quvchini sinflarda o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi[4,65]. Chunki o‘qitishning 
sifati o‘quvchilar soniga teskari proporsionla bog‘liq bo‘lishi mumkin. Har bir o‘quvchi fikrini eshitish, 
har birini faoliyatga jalb qilish, har bir o‘quvchining harakatlarini kuzatib borish uchun sinfda o‘quvchilar 
juda ko‘p bo‘lmagani ma’qul. Xonada o‘qituvchi tomonidan kichik guruhlarga bo‘linganda aylanib yurish 
uchun, erkin harakatlanish uchun yetarli kenlik ham bo‘lishi kerak.4 – qoida: sinf honasini ham alohida 
tayyorlash kerak. Kichik guruhlar uchun stol yoki partalarni birlashtirish, ularni nomerlash yoki nomlash, 
atrofda joy almashtirish, ijodiy ishlash uchun yetarli yo‘lkalarni qoldirish kerak. Agar doska yoki 
“sahna”da ishlash kerak bo‘lsa, stullar doskaga qaratib qo‘yiladi, o‘quvchilarning doskaga orqa o‘girib 
o‘tirishi noto‘g‘ri hisoblanadi. O‘yin uchun yoki metod uchun kerakli hamma jihozlar oldindan o‘qituvchi 
tomonidan kerak bo‘lsa, o‘quvchilar ishtirokida tayyorlanadi.5 – qoida: metodning mohiyati yoki 
o‘yinning qoidalari avval yaxshilab tushuntirilishi va hamma shartlar oldindan aytib kela olinish kerak. 
Masalan, guruhda ishlansa, guruhning vazifalari, natijalarini e’lon qilish shakli, har bir ish turiga 
ajratilgan vaqt, baho mezonlari e’lon qilinadi. Demak, har bir o‘quvchi o‘zining vazifasini aniq bilgan va 
uni bajarishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi kerak. Yana bir masalaga alohida e’tibor berish kerakki, 
har qanday fikr – mulohaza, taklifni sabr bilan eshitish, bir – birini hurmat qilish ham va bahamjixatlikda 
ishlashga ham kelishiladi va o‘rganib boriladi.6 – qoida: o‘quvchilarga vazifalarni yoki rollarni 
taqsimlash, o‘quvchilarni guruhlarga ajratish masalasiga e’tibor bilan qarash kerak. Agar faqat 
o‘quvchilar ixtiyoriga qo‘yib berilsa guruhlar tarkibi doimiy bir hil bo‘lib qoladi, o‘yinda esa faqat 
dadilroq, faol va qiziquvchan va uyatchan, passiv o‘quvchilar chetda qoladi. Guruhda ham ayrim 
o‘quvchilar doimiy lider bo‘lib, ba’zi o‘quvchilarning deyarli ishtiroki sezilmay qoladi. Shuning uchun 
ham tanlovning tasodifiy bo‘lishiga harakat qilish kerak. Masalan: guruhlarga orqasi o‘chirilgan 
tomonlarni olib, ularga chizilgan rasm, nomeri, rangi, bo‘yicha ajratiladi. Rollar konvert ichiga yozilib 
tanlab olinishi mumkin bo‘ladi.Sinf xonasida eng qulay kichik guruh – bu bir partada o‘tirgan o‘quvchilar 
juft yoki ketma – ket 2 ta partadagi o‘quvchilar to‘rtligidir. Ba’zan muammolarni hal qilishda ayniqsa shu 
kichik guruhlar kuchidan foydalanish sinfni alohida tayyorlash yoki partalarni surib, joylarni o‘zgartirish 
majburiyatidan o‘quvchini oziod qiladi[1,76].Agar shunday tartibda ishlab o‘rganilsa, sinfni guruhlarga 
bo‘lish, guruhlarni tuzishga ortiqcha vaqt sarflanmaydi.O‘quvchini darsga jalb qilishning eng samarali 
usullaridan biri mavzu yuzasidan savolga javob berishga undash, undan ham samaraliroq usul esa, 
o‘tilgan mavzuga oid mustaqil savol tuzish, misol yoki masala tuzib sinfga taklif qilish vazifasi berisla, 
o‘quvchining darsga e’tibori oshadi, fikri uyg‘onadi agar savollar tuzib berish va unga to‘g‘ri javobni o‘zi 
bilish ham kerak bo‘lsa, (albatta hamma vaqt ham emas, ba’zi muammoli savollarning javobini o‘quvchi 
bilmasligi mumkin) bola darsda e’tiborliroq bo‘ladi, berilayotgan savollar sifatini tahlil qilishga 
o‘rganadi.“Savollar” texnologiyasini qo‘llash imkoniyatlari juda katta. Masalan: o‘qituvchilar bir 
darsning 5 minutini shunday savol tizimiga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkni. Savollarni yakka holda yoki 
juft bo‘lib, qiyinroq mavzu bo‘yicha 4 kishi maslahatlashib tuzishni topshirilibdi.“Aqliy hujum” 
texnologiyasini qo‘llash biror muammoni hal qilish yo‘lida turlicha va iloji boricha ko‘proq taklif, fikr – 
mulohazalar yig‘ishdan iborat. Avvaliga har qanday takliflar qabul qilinadi. Keyin esa ularning ichidan 
eng ma’qulini tanlab olinadi. Bu metodni qo‘llashda eng nozik tomoni hamma takliflarni “eslab” 
qolishdir Shuning uchun ularni yozib borish kerak bo‘ladi. O‘qituvchi ularni shartli belgilar yoki 
qisqartirishlar bilan doska yoki vatmann qog‘ozga yozib boradi. Geografiya fanini o‘qitishda pedagogik 
texnologiya tatbig‘i mohiyati o‘qitish jarayonida o‘quvchi faolligini oshirish, o‘quvchini pedagogik 
faoliyatining markaziy figurasiga aylantirishdan iboratdir. Bunday metodlarni qo‘llash orqali o‘qituvchi 
o‘quvchini o‘z fikrini shakllantirishga, ifoda etishga, maqbul yo‘lni tanlash va buning uchun ma’suliyat 
his etishga o‘rgatadi. Shu bilan birga bolalarda o‘zaro hurmat, ma’suliyat, halollik, e’tiborlik va 
tirishqoqlikni xususiyatlarini tarbiyalashga ham harakat qiladi. Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, 
o‘qitishni samarali qilish, o‘quvchilarni darsdagi faolligini oshirishda pedagogik texnologiyalardan 
foydalanishning foydasi juda kattadir.Bunda har bir o‘quvchini darsga jalb qilish, uni o‘z fikrini darsga 


431 
bildirishini, o‘rtoqlari bilan fikr almashinishini, atrofdagi fikrlarga munosabat bildirishga imkoni katta 
bo‘ladi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish