Universitetining pedagogika instituti maktabgacha



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet403/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

Axmedov G‘, 
tayanch doktorant, NamDU. 
 
Annotatsiya: 
ushbu maqola 
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining 
jismoniy 
tayyorgarligini rivojlantirish haqida bo‘lib, unda 
gʻoyaviy-tarbiyaviy ishlarga kompleks yondashuv 
yoshlar tarbiyasining uzluksiz va izchil jarayonini ta’minlash, yoshlarda jismoniy va ma’naviy tarbiya 
samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: 
Jismoniy tarbiya, yoshlarni jismonan baquvvat, epchil, sogʻlom, kuchli, ma’naviy 
tarbiya, orqali yoshlar faol xayotiy nuqtai nazarni, yuksak axlokni, yuqori darajadagi ezgulik va 
insonparvarlik ideallarini, shijoat va mehnatsevarlik sifatlari.
Bizning barcha sa’y-harakatlarimiz komil insonni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan. Yangi asrda dunyo 
taraqqiyotini, insoniyatning qay yoʻldan borishini komil insonlar belgilashiga shubha yoʻq. Chunki XXI 
asr - intellektual avlod asri boʻladi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning ushbu fikrlari yoshlar 
tarbiyasini davlat siyosati darajasiga koʻtarilganini koʻrsatadi. Yoshlar tarbiyasiga e’tibor qaratganda, 
avvalo tarbiya tushunchasi mohiyatini yoritish kerak boʻladi. «Tarbiya shaxs ongini muayyan jamiyatning 
maqsad va vazifalariga muvofik ravishda tartib oʻrtirish va rivojlantirish jarayoni, kishilarni ijtimoiy- 
iqtisodiy va ma’naviy tarzda faol ishtirok ettirishga karatilgan barcha ta’sirlar majmuidir». Demak, 
tarbiya jarayonida ishni yoshlarni hayotga faol ishtirok ettirishga karatilgan ta’sirlarni kompleks 
yondashuv asosida oʻrganishdan boshlash kerak boʻladi. Tarbiyaning barcha yoʻnalishlari va soxalarining 
yaxlitligini talab etadigan gʻoyaviy-tarbiyaviy ishlarga kompleks yondashuv yoshlar tarbiyasining 
uzluksiz va izchil jarayonini ta’minlashni dolzarb qilib qoʻydi. Bu, oʻz navbatida, yoshlarda jismoniy va 
ma’naviy tarbiya samaradorligini oshirish masalasini kun tartibiga qoʻymoqda. Zero, «Tarbiya bizlar 
uchun yo xayot, yo mamot, yo najot yo xalokat, yo saodat yo falokat masalasidir».


420 
Jismoniy tarbiya yoshlarni jismonan baquvvat, epchil, sogʻlom, kuchli va kiyinchiliklarni yenga 
oladigan qilib tarbiyalasa, ma’naviy tarbiya orqali yoshlar faol xayotiy nuqtai nazarni, yuksak axlokni, 
yuqori darajadagi ezgulik va insonparvarlik ideallarini, shijoat va mehnatsevarlik sifatlarini shakllantiradi.
«Xar bir xalqda, xar bir jamiyatda oʻziga xos ma’naviy tarbiya tizimi mavjud. Chunki ma’naviy tarbiya 
insonning oʻzligini saqlashga, uning botiniy olamini ma’rifiy boyitishga xizmat qiladi. Ma’naviy tarbiya 
olib bormagan millat buguni va ertasini boy berishga maxkumdir». Shuning uchun yoshlar tarbiyasi 
avvalo, ularning ma’naviy poydevori qanchalik mustaxkamligi bilan belgilanadi. Bu ta’lim jarayonida 
yoshlarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish prinsipi ustuvorligini ta’minlashni talab etmoqda.
«Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha 
aytganda, xalkimizning ertangi kuni kanday bulishi farzandlarimizning bugun kanday ta’lim va tarbiya 
olishiga bogʻliq». Shuning uchun ijtimoiy institutlarning butun e’tibori yoshlar tarbiyasining tashkiliy 
pedagogik asoslarini vujudga keltirishga, uzluksiz ta’lim mazmunini ishlab chikishga, oʻqitishning 
samarali uslublarini izlashga karatilgan. Yoshlarni xar tomonlama tarbiyalashning samarali tashkiliy 
‘edagogik shakllari va vositalarini ishlab chiqish hamda hayotga joriy etishda uzoq yillar davomida 
shakllangan uquv-tarbiya jarayonlarining oʻzaro uzviy bogʻliq boʻlgan boʻgʻinlari, ya’ni jismoniy va 
ma’naviy tarbiya birligi istiqbollarini oʻrganish xamda unga asoslanish muhim amaliy ahamiyat kasb 
etadi. Biz tarbiya toʻgʻrisida gapirganimizda uning oʻzaro bogʻliq ikki tomonini:
1)
jismoniy, ya’ni amaliy faoliyat bilan shugʻillanadigan sohalarga ajratib;
2)
ma’naviy, ya’ni ilmiy-nazariy bilim, boshqacha qilib aytganda, fan sifatida organishimiz
lozim.
Tarbiya jarayonini rivojlantirish va uni yangi bosqichga koʻtarish uchun jismoniy yoshlar jismoniy
jihatdan yetarli darajada kuchli boʻlsayu, ammo ruhan, ma’nan qashshoq boʻlsa, bunday yoshlarni kuchli 
deb boʻlmaydi. Moddiylik yoshlarga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy quvvat va 
barkamollik baxsh etadi. Inson ongi, bilimi, aql-idroki, tafakkuri bilan kuchli. Shuning uchun yoshlar 
tarbiyasida ikki muhim jihat jismoniy va ma’naviy tarbiyaning uzviy birligi talab etiladi. Shunday ekan, 
yoshlarni nafaqat jismoniy jihatdan, balki ma’naviy jihatdan xam tarbiyalashimiz shart. Chunki, ruhan 
bardam, ongi ziyrak, ma’naviy baquvvat kishi xar qanday jismoniy kuchli raqibni magʻlub etishga oʻzida 
kuch topa oladi. Ma’naviy jihatdan tarbiyalangan yoshlar amaliy faoliyatda aql-idrok bilan ish tutadi, 
iymon-e’tiqodiga sobit turadi, erkin va mustakil fikrlaydi, gʻarazli tashviqotlarga berilmaydi xar xil 
aldovlarga ishonmaydi, qiyinchilik va muammolar oldida dovdiramaydi, raqiblar tahdidi, duq- 
poʻpisalaridan vahimaga tushmaydi. Bunday yoshlar jamiyat oldidagi burch va mas’uliyatini his etilgan 
xolda oʻz ishini sadoqat, salohiyat bilan bajaradi.
Siyosatni iqtisodsiz, iqtisodiy oʻsish va barqarorlikni tahminlashni siyosatsiz amalga oshirib 
boʻlmagani singari, ma’naviy tarbiyani jismoniy tarbiyasiz hamda jismoniy oʻsish va yuksalishni 
ma’naviy tarbiyasiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Bu ishlamasdan boylikka ega boʻlish va kurashmasdan 
gʻolib boʻlishni tasavvur kilishga tengdir.
«Aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy saloxiyat ma’rifatli insonning ikki qanotidir». Shuning uchun 
ma’naviy tarbiya jismoniy tarbiya ravnaqining bosh omili va poydevoridir. Ma’naviy tarbiya inson 
iste’dodini, qobiliyatini kamol toptirib, gʻururini shakllantiradi. Bu xislatlar esa jismoniy tarbiyada suv va 
xavodek, fizik jarayonlarda musbat («+») va manfiy («-») zarralar bir biriga tortilgani singari zaruriyatdir. 
Shuningdek, elektron bilan pozitron birikishi natijasida fotonning xosil boʻlishi singari, jismoniy va 
ma’naviy tarbiya birligi, yangi sifatni birikishidagi ijobiylikni kasb etadi. Bu koʻrsatkich yoshlar 
tarbiyasida ijtimoiy institutlar tomonidan, ayniqsa jamiyatning birlamchi bugungi sifatida koʻp asrlik 
an’analar, urf-odatlarga, ma’naviy va ahloqiy meros makoni boʻlgan oilada unib-oʻsadi. Eng avvalo, tar- 
biya jarayonidagi yangi sifat jismoniy va ma’naviy tarbiya birligi jarayonini oʻzida mujassam etgan 
oiladan boshlanadi. Shuning uchun oila yoshlarning tabiiy-biologik (jismoniy) va ma’naviy (ota-ona va 
bolalar oʻrtasidagi) munosabatlariga asoslangan birlik sifati bilan tarbiya jarayonlarida yoshlar hayotining 
eng muhim qismi hisoblanadi. Oʻzbek oilasi tajriba tarixiga nazar tashlasak, azal-azaldan yoshlar 
tarbiyasida jismoniy va ma’naviy tarbiya birligiga alohida e’tibor qaratilganligini guvohi boʻlamiz. Bu 
bizga jismoniy va ma’naviy tarbiya birligi tarixiy tajribalar asosida taxlil qilinib, sinovdan oʻtganligini 
koʻrsatadi. Bugun uni zamonaviy me’yorlar va xulq-atvor qoidalari asosida sintezlash va yoshlar xayotiga 
tatbiq etishni davr talab etmoqda.
Jismoniy tarbiya yoshlarning tashqi qiyofasini shakllanishiga faol ta’sir koʻrsatsa, uni oʻzgartirsa, 
ma’naviy tarbiya esa xulk-atvori, xis-tuygʻulari ustidan xukmron boʻlmogʻi uchun ruhini tarbiyalab, uni 
axloqiy jarroxlik vositasida davolab turadi. Jismoniy tarbiya yoshlarni gʻalabaga ishonch tuygʻusini 
oʻstirib ijodkorlik, yaratuvchilik xislatlarini uygʻotish yuzasidan shart-sharoitlarni vujudga keltirsa, 
ma’naviy tarbiya esa, yoshlarning ma’suliyat tuygʻusi va burchini shakllantirib, intellektual imkoniyatlari,


421 
bilimlari va extiyojlaridan unumli foydalanib, shon-sharafga intilishini ta’minlaydi. Ma’naviy tarbiya 
yoshlarda oʻzlikning rivojlanishini ta’minlab, uning tashki ta’sirlar (qoʻrqitish, zoʻravonlik, tajovuzkorlik, 
buyruqbozlik, siyosiy-mafkuraviy talablar, buzuq muxit, xokimiyat avtoritarizm va xokazolar)ga qarshilik 
koʻrsatish qobiliyatini yuksaltiradi. Mazkur fazilatlar yoshlarning mustaqilligini shakllantiradi va oʻziga 
xos boʻlgan noyob ijodkorlik xususiyatlarini kashf etilishiga hizmat qiladi. Eng asosiysi, yoshlarni burch 
va majburiyatlarini his qilishga oʻrgatishda ma’naviy tarbiyaning oʻrni beqiyosdir. Yoshlardagi ma’naviy 
va jismoniy tarbiya birligi ularni hayot zinalaridan birma-bir chiqib, koʻtarilib borishini ta’minlaydi. 
Jismoniy va ma’naviy tarbiya uygʻun boʻlishiga erishish yoshlarni shijoatga undaydigan ruhiy 
quvvatlarini mustaxkam boʻlishiga olib keladi. Yoshlarning kuch-quvvati jasurligi bilan teng mutanosib 
ravishda aql zakovati va dovyurakligi xam yuksalib, ruhi tetik, nihoyatda mard va botir boʻladi. 
Shuningdek, jismoniy va ma’naviy tarbiya birligi yoshlarning kuchini oʻziga boʻysundirish qobiliyati 
bilan iste’dodini uygʻunlashtiradi.
Jismoniy tarbiya ma’naviy tarbiya yelkasiga suyanibgina, qoloqlik olamidan qutilib, yuksaklikka 
chiqa oladi. Yoshlar oʻz faoliyatida jismoniy va ma’naviy tarbiya birligini ta’minlay olmas ekan, ular oxir 
oqibat magʻlubiyatga mahkum boʻladi. Bu birlik shuning uchun xam xayotiyki, u yoshlarning muayyan 
sharoitlarda tugʻri yoʻl va usullarni tanlashini tahminlaydi Ma’naviy va jismoniy tarbiyaning birligi 
yoshlarni yuksak gʻalabalar sohibiga aylantiradi.

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish