SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARI O‘QUVCHILAR O‘QISH
SAVODXONLIGINI OSHIRISH GAROVI
Normatova M.Z.
202-guruh talabasi, TDPU
Annotatsiya:
Ushbu maqola boshlang‘ich sinf sinfdan tashqari o‘qish darslari vazifalari,
o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, mushohada yuritish ko‘nikma va malakalari bilan qurollantirish, sinfdan
tashqari o‘qish darslarida badiiy matnning lisoniy tahliliga ham e’tiborni kuchaytirish ahamiyati
yoritilgan.
Tayanch so‘zlar:
lisoniy tahlil, bolalar adabiyoti, tilning ifoda vositalari, matn.
Xalqimizning boy va qadimiy ma’naviyati, turmush tarzi, hozirgi taraqqiyoti olimlar, yozuvchilar,
shoirlarimiz yaratgan badiiy, ilmiy va publitsistik asarlarda o‘z ifodasini topadi. O‘quvchilarni ana shu
bebaho boylikdan boxabar qilish va turli uslubdagi asarlarni o‘qib-o‘rganish boshlang‘ich sinfdan
boshlanadi. Bu bоrаdа sinfdan tashqari o‘qish dаsturi mаzmunidа hаm Vаtаn, vаtаn tаriхi, vаtаn kеlаjаgi,
хаlqimizning fidоkоrоnа mеhnаti, хаlqimizning ezgu-niyatlаri, urf-оdаtlаrini аks ettiruvchi bаdiiy
аsаrlаrni o‘rgаnish nazarda tutilgan.
Boshlang‘ich ta’limda sinfda o‘qish va sinfdan tashqari o‘qish darslari uyg‘un holda tashkil etiladi.
Sinfda o‘qish darslari amalga oshiradigan quyidagi vazifalar sinfdan tashqari o‘qish uchun ham
taalluqlidir.
Sinfdan tashqari o‘qish darslari esa sinfda o‘qish darslari vazifasiga qo‘shimcha ravishda yana
quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi:
1.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarni o‘qish malakasini takomllashtiradi.
2.
Kitobni mustaqil o‘qiy oladigan, uni tushunadigan kitobxonni tarbiyalaydi.
3.
Ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazеta va jurnallarni ham mustaqil
o‘qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi.
4.
Sinfdan tashqari o‘qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi.
424
5.
Mustaqil kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o‘qiydigan, o‘qilgan kitobni to‘g‘ri baqolay
oladigan ongli kitobxonni tarbiyalaydi.
Boshlang‘ich sinflar bo‘yicha o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlarini tashkil etish bo‘yicha maxsus
ilmiy-metodik tadqiqotlar bo‘lsa-da, ”Kitоbim - oftobim” qo‘llanmasini yangi asarlar bilan boyitish,
o‘quvchilarni mustaqil o‘qishga o‘rgatish, o‘qish uchun matbiot materiallaridan qo‘shimcha badiiy asarlar
tavsiya qilish, sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil qilish metodikasini takomillashtirish va kichik
yoishdagi o‘quvchilarda yuksak ma`naviyatli insonlarga xos fazilatlarni shakllantirish hozirgi kunning
dolzarb masalalaridan sanaladi.
Hozirgi kunda badiiy ijodda mavzularning xilma-xilligi, bolalar adabiyotidagi o‘zgarishlar, jamiyat
taraqqiyoti ta`sirida bolalar dunyoqarashining kengayib borayotgani, sinfdan tashqari o‘qishni axborot
texnologiyalari asosida tashkil etish imkoniyatlarining kengligi mazkur mavzuning ta`limiy-tarbiyaviy
ahamiyatini katta ekanini ko‘rsatadi.
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan 5 ta tashabbusning to‘rtinchisi Yoshlar
ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil
etilmoqda. Ma’lumki, kitob bilim manbai, hayot maktabidir. Kitobning inson qalbida, hayotida tutgan
o‘rni beqiyos. Chunki kitob fan va madaniyatning barcha muvaffaqqiyatlarini o‘zida saqlab, avloddan
avlodga yetkazib beruvchi asosiy vosita hisoblanadi. U hayotni o‘rganish va uni qadrlash, jamiyat
qonunlari va tabiat hodisalarini tushunishga yordam beradi. Ayniqsa, bolalarda eng yaxshi insoniy
fazilatlarning shakllana borishida, odob - axloq normalarining o‘zlashtirilishida adabiy asarlarning roli
katta. Maktab tajribasida kitob ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish va o‘quvchilarni har tomonlama
kamol toptirishning asosiy omilidir. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslari bu borada katta imkoniyatlarga ega.
O‘qituvchi o‘quvchilarning iqtidori bilan bog‘liq qibiliyatlarini ularning fikrlashlari va nutqlaridan bilib
oladi. O‘quvchilarda boshlang‘ich ta`lim jarayonida o‘qib o‘rganilayotgan fan asoslarini mukammal
egallashlari uchun ularni, birinchi navbatda, mustaqil fikrlash, mushohada yuritish ko‘nikma va
malakalari bilan qurollantirishimiz lozim.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida Tursunboy Adashboyev “Qish” she’ri ustida ishlanadi. She’rning
hajmi unchalik katta emas. Lekin u qishda hayvonlar hayotida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni bilib olishga
yaqindan yordam beradi. Bu she’rni o‘qishdan oldin ham o‘quvchilar bilan savol-javoblar o‘tkaziladi.
O‘quvchilar diqqati hayvonlarning qishdagi hayotiga qaratiladi. Masalan, qishda yovvoyi quyonlarning
rangi o‘zgarib, qorda o‘zini dushmandan himoya qiladigan oq rangga kirishi, ayiqning o‘siq yunglari
sovuqda yashashga qo‘l kelishi to‘g‘risida tushuncha beriladi. She’r matni bilan tanishishdan oldin
xattaxtaga “ayoz”, “quyruq”, “so‘qmoq”, “piyma”, “po‘stin” “pahmoq” so‘zlari yozilib, ma`nosi
izohlanadi. She’rni navbat bilan o‘quvchilarga to‘rt-besh marta o‘qitilganidan keyin uning mazmuni
yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. She’rning to‘la mazmuni uch-to‘rt o‘quvchilarga gapirtiriladi, ularning
fikr-mulohazalari to‘ldiriladi. Mazkur mavzuni o‘rganish jarayonida maktab atrofiga sayohat uyushtirish
ham mumkin. Qishda qor bosgan dalalarni, tomlarni, daraxtlarni, odamlarning va qushlarning qishdagi
hayotini kuzatish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va nutqining ifodali, sermazmun bo‘lishi uchun boy
material beradi.
O‘quvchilar barglari to‘kilib, sovuqda qor bosib turgan daraxtlarni ko‘rar ekan, shu holatni
ifodalagan “qor ko‘rpasiga o‘rangan yalang‘och daraxt” yoki “sovuqda mudrayotgan daraxt” kabi
iboralarni topishga harakat qiladi, bu esa o‘quvchilarning lug‘at boyligining oshishiga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida badiiy matnning lisoniy tahliliga ham e’tiborni kuchaytirish
lozim. O‘qish dasturining o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan talablarida ularning ayrim tasvir vositalari va
badiiy til elementlarini bilishlari zarurligi qayd etilgan bo‘lsa, o‘quvchilarning ko‘nikma va malakalariga
bog‘liq talablarida “tilning ifoda vositalarini o‘rinli qo‘llay olish va ularning uslubiy imkoniyatlaridan
foydalana olish”lariga e’tibor qaratilgan. Jumladan, o‘qish dasturida va darsliklarida badiiy asar tili
tahliliga quyidagi talablar qo‘yilgan:
-
O‘qish mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarda nutq faoliyatining asosiy ko‘rinishi
bo‘lgan ko‘nikmalari, matn va kitob ustida ishlash, o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, nutq
madaniyatini rivojlantirish nazarda tutiladi.
-
Olti-yetti yoshli bolalarning nutqini takomillashtirish uchun uning nutqidagi kamchiliklarni o‘qish
darslaridagina emas, balki barcha predmetlar yuzasidan o‘tkaziladigan darslarda hamda darsdan va
maktabdan tashqari uyushtiriladigan mashg‘ulotlar jarayonida ham tuzatib borishga alohida ahamiyat
berilishi zarur.
-
Matn ustida ishlash murakkablashib boradi, bolalar o‘qituvchi rahbarligida asarning asosiy
mazmunini aniqlaydilar, qahramonlarning xatti-harakatini ifodalovchi so‘z va iboralarni topishga, voqea-
hodisalarni so‘z bilan tasvirlashga o‘rganadilar. Ularda so‘z boyligiga talab ortadi.
425
Sinfdan tashqari o‘quvchilar mustaqil o‘qigan asarlarni hisobga olib borishga katta e’tibor
qaratiladi. 1-2-sinfda o‘quvchilar kundalik daftarlariga mustaqil o‘qigan asarlari nomi va muallifini yozib
boradilar. 3-4-sinfda o‘quvchilar o‘qigan asarlarini hisobga olib boruvchi, o‘z munosabatlarini qisqa qilib
yozib qo‘yuvchi mazsus daftar tutadilar. Yil oxirida ota-onalar yig‘ilishida, maktab pedagoglari
kengashida mustaqil kitobxonlik darajasi yuksak o‘quvchilar rag‘atlantirib borilishi maqsadga
muvofiqdir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kitobxonlik saviyasi targ‘ib qilinayotgan asarlar, yozuvchilar
ijodi, o‘qilgan asar yuzasida uyushtirilgan bahz-munozaralar sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Boshlang‘ich
ta’limda sinfdan tashqari o‘qish darslari samaradorligini ta'minlovchi intеrfaol mеtodlardan foydalanish,
o‘qitishning noan'anaviy usullarini qo‘llash juda muhimdir. Jumladan, sinfdan tashqari o‘qish darslarida
uyushtiriladigan o‘yinlar ko‘ngilochar mashg‘ulot bo‘lmasdan, ta’limiy xaraktеrga ega bo‘lishi,
o‘rganilayotgan asar mavzusini o‘zlashtirishga, asar yuzasidan ta’limiy va tarbiyaviy xulosa chiqarishga
qaratilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |