Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


IJODIY TOPSHIRIQLAR O‘QUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHNING



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

IJODIY TOPSHIRIQLAR O‘QUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHNING 
SAMARALI VOSITASI SIFATIDA 
Hayitov Hamza Ahmadovich, BuxDUPI dotsenti 
Sobirova Malikabonu Samad qizi, 
BuxDUPI 1-kurs talabasi 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada ijodiy topshiriqlari o‘quv motivlarini shaklllantirishning samarali 
vositasi sifatida mavzusi ilmiy-nazariy tahlil qilingan. 
Kalit so‘zlar: 
Topshiriq, kategoriya, mantiqiy yondashish, kibernetik yondashish, didaktika, 
Fridman, ijodiy faoliyat, subyekt. 
O‘qish-har bir insonning birlamchi vazifasi.Zero, farzandlari bilimli va shijoatli bo‘lgan yurtning 
kelajagi hamisha nurli va porloq bo‘ladi. 
Inson aqliy va amaliy faoliyatining barcha jabhalarida keng qo‘llanadigan xrestomatik 
tushunchalardan biri topshiriq kategoriyasidir.Mehnatning ijtimoiy taqsimlanishiga muvofiq har bir kasb 
2.
Nodira Adizova Bakhtiyorovna Place Names and Related Concepts Study. European Journal of 
Life Safety and Stability 2022/2/24 
3.
Нодира Бахтиёровна Адизова 
Этимология некоторых топонимов Бухарской области

Барқарорлик ва етакчи тадқиқотлар онлайн илмий журнали 2022/1/29 


303 
egasi o‘z oldiga o‘zi mashg‘ul sohaga nos keladigan topshiriqlarni o‘yadi.Shu jihatdan qaraganda, 
topshiriq jamiyatni rivojlantirishning maqsadi,usullari, vositalarini qamrab oladi. 
Pedagogik tadqiqotlarda inson oldiga bajarish uchun qo‘yiladigan topshiriqlar uch guruhga 
ajratiladi:ishlab chiqarishga oid topshiriqlar.Bunday vazifalarni barcha kasb egalari o‘z oldiga qo‘yadi va 
bajaradi:o‘qituvchi o‘qitish,shifokor davolash,muhandis qurilishga oid topshiriqlarni hal etadi,ilmiy 
xodimlar o‘z oldiga ilmiy muammolarni qo‘yadi.Maktab o‘quvchilari oldiga qo‘yiladigan topshiriqlar 
o‘quv-ijodiy topshiriqlar sanaladi. 
Adabiyotlarda mutaxassislar “topshiriq” tushunchasiga ta’rif berish uchun “maqsad”, 
”holat”,”shakl” kabi turli kategoriyalardan foydalanishgan. “Topshiriq”tushunchasiga Ya.A.Ponomarev 
“holat”,”o‘quv holati” kategoriyalaridan kelib chiqib ta’rif bergan:”subyektning xatti-harakatlarini 
qanoatlantiradigan holat topshiriq sanaladi”.Boshqa bir adabiyotda topshiriq tushunchasiga kibernetik 
ta’rif berilgan:topshiriq “information jarayonlarning ma’lum tizimidir”. 
O‘quv materiali tarkiban bilimlar tizimi, ko‘nikma va malakalar,ijodiy faoliyat 
tajribasi,munosabatlardan iborat.Ana shunday tarkibiy qismlarga ko‘ra ijodiy topshiriqlarning 4 tipini 
ajratamiz: 
A.
Yangi bilimlarni qayd etishga oid ijodiy topshiriqlar.Bunday topshiriqlarni bajara turib, bolalar 
o‘zlari uchun yangi xulosalar chiqarishadi. 
B.
Ko‘nikma va malakalarni yanada takomillashtirishga oid ijodiy topshiriqlar.Bunday topshiriqlar 
vositasida o‘zlashtirgan bilimlarning doirasi yanada kengaytiriladi, malakalar takomillashtiriladi. 
C.
Ijodiy faoliyat tajribasini o‘zlashtirishga oid topshiriqlar.Bu xildagi ijodiy topshiriq vositasida 
bolalar yangicha faoliyat usulini egallab olishadi. 
D.
Munosabatlarni shakllantirishga oid ijodiy topshiriqlar.Shunday yo‘llar bilan bolalarda o‘ziga, 
o‘zgalar faoliyatiga munosabat shakllana boshlaydi. 
Bola o‘z amaliy faoliyatidan o‘tgan bog‘lanishlar,faktlardan xulosa chiqaradi.J.Bruner bolalarning 
bilish jarayonini tahlil qila turib,shunday yozgan edi:”Tugun to‘g‘risida tasavvur(bilim)ga ega bo‘lish 
uchun uni hosil qilish va yechish ,uning obrazini ongda gavdalantirish,uni so‘z vositasida aytish lozim”. 
Psixologiya 
va 
didaktika 
sohasidagi 
murakkab 
muammolardan 
biri,umuman 
o‘quv 
topshiriqlarining,bizning 
holatda 
ijodiy 
topshiriqlarning 
qurilishi,ularning 
tarkibiy 
qismlari 
masalasidir.Maxsus adabiyotlarni o‘rganib chiqish shunday xulosaga olib keldiki,hozirgi paytda o‘quv 
topshiriqlari,ijodiy topshiriqlar ,ijodiy topshiriqlarning tarkibini o‘rganishga yondashishning 3 xil 
ko‘rinishi mavjud: 
1.Mantiqiy yondashish 
2.Kibernetik yondashish 
3.Maxsus yondashish. Bu yondashishlarning har birini alohida-alohida ko‘ramiz. 
I.
O‘quv topshiriqlari tarkibini o‘rganishning an’anaviy yo‘li mantiqiy yondashishdir. D.Poya, 
V.V.Statkevich, A.F.Esaulov va boshqalar o‘quv topshiriqlari tarkibini o‘rganishga mantiqiy jihatdan 
yondashishgan. D.Poyaning yozishicha, har qanday topshiriqning tarkibiy qismlari 3ta:no‘malum, 
berilgan, shart; V.V.Statkevichning ta’kidlashicha, topshiriqlar tarkiban shart, (ma’lum) berilganlar, 
izlanadiganlardir. 
II.
O‘quv topshiriqlarini o‘rganishning yana bir yo‘li kibernetik yondashishdir. Bizning 
kuzatishimizcha, o‘quv topshiriqlarini o‘rganishga kibernetik yondashish L.M.Fridman tadqiqotlarida 
asoslangan.Uning qayd etishicha, har qanday topshiriq predmet sohasi, munosabat, talab, operatordan 
iborat. 
III.
Maxsus yondashish-o‘quv topshiriqlarini umumiy didaktik nuqtayi nazaridan o‘rganishni 
O.Roziqov boshlab bergan edi. Uning tadqiqotlarida o‘quv topshirig‘ining 4 tarkibiy qismi-mazmun, 
maqsad, funksiya va uni bajarish usuli topshiriqlarning invariantlari sifatida tahlil qilingan.O.Roziqov 
topshiriqning mazmun, maqsad, funksiya va bajarish usullarini uning invariantlari shaklida ajratgan. Bu 
tadqiqotchiga Sistema tushunchasidan struktura tushunchasiga o‘tish imkonini bergan.Topshiriqlarning 
invariantlari ularga tavsif berishning asosiy vositalaridan sanaladi. 
Ijodiy topshiriqlarni bajarish usulini hisobga olib, ularning osonligi yoki qiyinligi farqlanadi. 
Ijodiy topshiriqlarning osonligi, qiyinligi-subyektiv hodisa. Agar o‘quvchi topshiriqni bajarish usulini 
bilsa, bunday topshiriq oson, bajarish usulini bilmasa, bunday topshiriq qiyin topshiriq hisoblanadi. 
Shunday topshiriq berilgan bo‘lsin: qanday qilib qavs ichida berilgan so‘zlarni 2 guruhga ajratib yozish 
mumkin(shirin, oq, achchiq, taxir, qora, ko‘k va h.k), Bolalar bunday topshiriqning shartida berilgan usul-
guruhlashni bilmasa, uni bajarishda ma’lum qiyinchilikka duch kelishadi. Bolalarga topshiriqlarni 
bajarish usullarini o‘rgatish yo‘li bilan qiyin topshiriqlar osonlashtiriladi. 


304 
Xulosa qilib aytganda, bugungi zamon o‘quvchisini davr talablari asosida ta’lim berish va 
tarbiyalashda interfaol usullar muhim o‘rin tutadi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish