Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


BOSHLANG‘ICH SINFLARNI BADIIY ASAR BILAN TANISHTIRISHDA BADIIY TIL



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

BOSHLANG‘ICH SINFLARNI BADIIY ASAR BILAN TANISHTIRISHDA BADIIY TIL 
VOSITALARINING O‘RNI 
Botirova Gulchehra To‘lqin qizi, 
BuxDUPI 1-kurs magistri 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf darsliklaridagi badiiy asar tarkibida uchraydigan 
badiiy til vositalarining (sifatlash, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, qarshilantirish) o‘quvchilar 
tafakkurini boyitish va bog‘lanishli nutqini oshirishdagi o‘rni haqida fikr yuritilgan. 
Tayanch soʻzlar: 
badiiy asar, badiiy til vositalari, sifatlash, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, 
qarshilantirish. 
Ma’lumki, mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning tub zaminida yoshlarni 
har tomonlama yetuk, komil shaxs va zamon talablariga javob bera oladigan bilimli kadrlar bo‘lib 
yetishishi yotadi. Bu borada prezidentimizning ,,Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining ,,O‘zbek tili grammatikasini o‘qitishni isloh qilish 
hamda milliy ruhiyatga mos bo‘lgan ona tilini o‘qitishning yangi metodikasini ishlab chiqish" bandi bu 
islohotlarni yanada jadallashtirib yubordi. 
Darhaqiqat, ta'limning poydevori boshlang‘ich ta'limdan boshlanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quv 
darsliklarida berilgan adabiy va badiiy asarlar o‘quvchi ongini rivojlantirishga, bog‘lanishli nutqini 
oshirishga, tafakkur ko‘lamini boyitishga xizmat qiladi. Bu borada badiiy asarlarga alohida e'tibor 
qaratish lozim. Har bir asarni o‘qish orqali fikrlash, taqqoslash va tahlil qilish ko‘nikmalari shakllanib 
boradi. O‘qish darslarida o‘quvchilarning badiiy asarlarning bir-biridan farqini ajrata olish, yozuvchining 
hayotiy voqealarni qanday badiiy vositalar orqali aks ettirgani va qanday obrazlar yaratganini aniqlay 
olish, mustaqil o‘qish va asarni tahlil qilish malakasi sinfdan-sinfga o‘tgan sari o‘sib boradi. O‘quvchilar 
adabiy ma'lumotlarni o‘zlashtirish orqali badiiy asarning mazmuni, g‘oyasi va ahamiyatini anglab ola 
boshlaydilar. 
Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o‘quvchilarda o‘z ona tiliga muhabbat hissi ortadi, badiiy asarni 
ongli o‘qish ko‘nikmasi o‘stiriladi, asar g‘oyasini chuqur idrok etishga zamin hozirlanadi, o‘quvchilar 
nutqi rivojlantiriladi. Boshlang‘ich sinflarda asar tahlilida adabiy janr turlari – ertak, hikoya, masal, she’r, 
doston, maqol, topishmoq bilan birga ular tarkibida uchraydigan badiiy til vositalari bo‘lgan sifatlash, 
o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, qarshilantirish bilan ham amaliy ravishda tashishtirib boriladi. Adabiy 
tushunchalar va badiiy vositalar ustida ishlash o‘quvchilarning nafaqat ijodiy tafakkurini, balki ularda 
o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a kabi adabiy tushunchalar yuzasidan dastlabki tasavvurlarni hosil 
qilishga yordam beradi. Bu orqali esa yuqori sinf adabiyot darslarida o‘rganiladigan badiiy til vositalari 
uchun zamin bo‘ladi. 
Badiiy til vositalari ustida ishlashda o‘quvchilar tafakkurini boyitishda turli xil muammoli 
vaziyatlar yaratib, muammoli savollardan foydalanish maqsadga muvofiq. Buni 1-sinf ,,Ona tili va o‘qish 
savodxonligi” kitobida berilgan ,,Navro‘z taronasi”(A.Obidjon) she’ri misolida ko‘rib o‘tamiz. She’rda: 
Ko‘kda quyosh gulxan yoqdi, 
Soylar yana to‘lib oqdi. 
Chiqib xazon ko‘rpasidan 
Boychechaklar kulib boqdi 
misralari berilgan bo‘lib, bu misralardagi badiiy til vositalarini tushuntirishda quyidagicha savol- 
topshiriqlardan foydalanish mumkin: 
1.
Bolalar quyosh gulxan yoqishi mumkinmi? 
2.
“Chiqib xazon ko‘rpasidan boychechaklar kulib boqdi” misrasini qanday tushundingiz? 
Boychechaklarning ko‘rpasi bo‘ladimi? 
kabi savollar she'rda berilgan o‘xshatish va jonlantirish san’atini bolalarga yetkazib bera olish 
uchun yaxshi samara beradi. 
She’rdan tashqari maqol, ertak, topishmoq, tez aytishlarda ham ko‘plab o‘xshatish va 
jonlantirishlarni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, 
,,Ayoz bobo novvot sotdi, olgan edim, qo‘lim qotti”(muz) topishmog‘ida muzni novvotga 
o‘shatilishi yoki ,,Chiq-chiq” ishlab tolmaydi, tunda uxlab qolmaydi” (soat) topishmog‘ida qo‘llangan 
jonlantirishlar bunga bir misol. Badiiy adabiyotdagi jonlantirish san’ati topishmoqlarning asosiy tasvir 
vositalaridan hisoblanadi: ,,Ikki singil, og‘ir-yengil” (tarozi). Bundan tashqari topishmoqlarda tazod 
(qarshilantirish) san'ati namunalaridan ham qo‘llanilgan: ,,Ikki singil, og‘ir-yengil” kabi. 
Adabiy janr turlaridan bo‘lgan ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib 
o‘qilishining sababi ertak tilining ta’sirchanligi, xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklardagi o‘xshatishlar, 
jonlantirish, va mubolag‘alar o‘quvchilarning tafakkuri, tasavvur olamini boyitadi, adabiy savodxonligini 


302 
oshiradi. O‘quvchilarni asarning didaktik tahlili mobaynida matndagi shu kabi xususiyatlarni topishga 
yo‘naltirish, savol va topshiriqlarga javob berish, matndan toptirish, keyinchalik qayta hikoyalash orqali 
ulardan foydalanishga o‘rgatish ham og‘zaki nutqining boyishi ham adabiy savodxonligini 
takomillashuviga asos bo‘ladi. Masallarda allegoriyani ochishda qo‘llanilgan ko‘chma ma'noli so‘zlar 
alohida olinib ma'nosi tushuntiriladi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, badiiy asar bolaning tafakkur darajasini oshirib, borliq haqidagi 
tasavvurlarini boyitadi. Ayniqsa, badiiy til vositalarini qo‘llash nutq boyligini, jozibasini, bo‘yoqdorligini 
va ta’sirchanligini oshiradi. Bola o‘z fikrini bayon etishda uzilishlar ro‘y berishi kamayadi, so‘z boyligi 
oshadi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish