190
kuchsiz
tomonlari
S
W
O
T
•
Opportunity
-
imkoniyatlar
to'siqlar
chiqilgan bo‘lib, turli darajadagi menejerlarga kompaniyaning asosiy maqsad vazifalaridan kelib chiqqan
holda biznes jarayonlardagi o‘zgarishlarni
tezda amalga oshirish, tahlil qilish, taqqoslash imkoniyatini
yaratib bergan.
SWOT tahlili muayyam vaziyatning tuzilgan tavsifini yaratishga yordam beradi, ushbu tavsifga
asoslanib, xulosalar chiqarish mumkin. Tahlil ‒ bilishning mantiqiy usuli bo‘lib, u obyektni (hodisa,
jarayonni) qismlarga, elementlarga yoki belgilarga aqliy ravishda parchalash, ularni taqqoslash va muhim
yoki muayyan sifat va xususiyatlarni aniqlash uchun ketma-ket o‘rganishdir. Bu bizga to‘g‘ri
va asosli
qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Bu tahlil vaziyatni to‘rt tomondan ko‘rib chiqishga asoslangan
birlamchi baholash usulidir. Bugungi kunga kelib bu metod ko‘plab sohalarni qamrab oldi. Xususan,
ta’lim sohasida ham bu metoddan samarali foydalanish, ko‘pgina darslarga tatbiq etish mumkin.
Bu metod o‘quvchilarni o‘z fikrlarini himoya qilishga va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq
bahslashishga, o‘quv jarayonida egallangan bilimlarni tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini
baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi.
Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlarni hal qilish, taqqoslash
orqali muammoni hal etish,
mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mantiqiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich
sinflarga hikoyalarni tahlil qilishda bu metoddan foydalanish, ayniqsa, 4-sinflarda hikoyani to‘g‘ri idrok
etishga, hikoyadagi voqealarga nisbatan aniq mulohaza yurtishga, turli xil muammoli vaziyatlarda yechim
topishga samarali ta’sir qiladi. 4-sinf darsligidagi “Nihollarning nolasi” hikoyasini olib qaraydigan
bo‘lsak, bolalarning yo‘l chetiga niholchalar ekishgani, niholchalarning suhbatlari, eng so‘nggi damgacha
yosh niholchaning suv kutib, hech qanday yordam berilmagandan so‘ng nobud bo‘lganligi haqida so‘z
yuritilgan. Quyida hikoyaning qisqacha mazmuni bilan tanishsak.
Nihollarning
nolasi
Xudoyberdi To‘xtaboyev
Shaharda ko‘kalamzorlashtirish oyligi bo‘lib o‘tgandi. Shu oy davomida ko‘chalar
chekkasiga,
ariqlarning bo‘yiga, xiyobonlarga naq uch yuz mingga yaqin mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazishdi.
Qiyqirishib ko‘chat ekkan o‘quvchilar biri ketmonini asfalt yo‘lda daranglatib sudrab, biri belkurakni
yelkasiga teskari qo‘yib, yana bittasi bo‘sh chelakni childirma qilib chalib jo‘nab ketishgach, chinorlar
bir-birlariga ma’noli qarab qolishdi.
Ertalab quyosh chiqishi bilan ikki yuz niholcha birdan uyg‘onib
yengil-yengil chayqalishib, bir-
birlariga salom bergandek bo‘lishdi, so‘ngra tunlari qanday o‘tganligini ayta boshlashdi.
–
Mening tomirchalarim tuni bilan suv axtarib chiqishdi, – dedi bitta nozikkina niholcha.
191
Nihollarning nolasi
Kuchli tomon
1.
Nihol ekish,
tabiatni
ko'kalamzorlashti rish
2.
Har bir narsaga e'
tibor bilan
qarash
Kuchsiz tomon
1.
E'tiborsizlik eng
katta kulfat
2.
Insonlarning
atrof muhitga
nisbatan
beparvoligi
To'siqlar
1.
Kimdandir suv
ilinjida najot
kutish
2.
Yomg‘ir
tomchilaridan
umidvorlik
Imkoniyat
1.
Yashash uchun
kurash
2.
Hayotga
bo'lgan
muhabbat
Bu tahlildan o‘quvchilar quyidagilarni bilib olishlari mumkin.
Qahramonlar:
yosh niholchalar
Yechim:
niholchalarga o'z
vaqtida parvarish
qilish
Muammo:
niholchalarning
nobud bo'lganligi
Xulosa: tabiatni
asrash va uni
ko'kalamzorlashti rish
SWOT tahlil bolani hikoya yuzasidan aniq fikr yuritishga, undagi tub ma’noni idrok qilishga,
hikoyani shunchaki tahlil qilmay, hodisaga to‘g‘ri yondashgan holda tushunchalarni samarali
o‘zlashtirishga yordam beradi. Bu berilgan tahlil orqali “Nihollarning nolasi” hikoyasi o‘quvchi
tomonidan
oson va tez, hikoyani yaxlit holda anglashga o‘z fikrini taqqoslay olishga imkoniyat yaratib
beradi. Hikoyadagi yaxlitlikni aniqlab olgan holda o‘quvchilar nihollarga zarar yetkazmaslik, ularning
o‘sib rivojlanishi uchun suvning naqadar ahamiyatliligi, tabiatni asrash, uning har bir zarrasidan oqilona
foydalanish kerakligini anglab yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: