Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


KOMPETENTLIGINI OSHIRISHNING AHAMIYATI



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

KOMPETENTLIGINI OSHIRISHNING AHAMIYATI 
Haydarqulova Mahliyo Zafarovna, 
BuxDU 2-kurs magistranti 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqola boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilarda rivojlanishi 
kerak bo‘lgan axborot kompetentligi mavzusiga bag‘ishlangan. Maqolada matematika darslarida 
o‘quvchilarning axborot kompetentligini rivojlantirishga qaratilga fikr mulohazalar takliflar berilgan. 
Kalit so‘zlar: 
boshlang‘ich sinf, dars, matematika, kompyuter, axborot, kompetentlik, jadval, 
shakl, kompetensiya, texnologiya, 
Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi oldida turgan muhim vazifalardan biri mustaqil fikrlovchi ijodiy 
tafakkur yurituvchi oʻquvchi shaxsini shakllantirishdir. Aynan shunday shaxs shakllanishida oʻquvchi 
bilimi va tasavvuri asosiy omillardan biri sanaladi. Bolada tasavvur rivojlanishi tevarak-atrofni kuzatish 
bilan boshlanadi. U atrofi olamni kuzatar ekan, undagi predmetlarning rangi, shakli, katta-kichikligini 
oʻrganadi. Bir-biri bilan taqqoslaydi va ongini axborot zaxirasi bilan boyitadi. Matematika olamni 
bilishning asosi boʻlib, tevarak-atrofda kechayotgan voqea va hodisalarning oʻziga xos qonuniyatlarini 
ochib berishda hamda ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyalarning taraqqiyotida muhim aha- 
miyatga ega. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Matematika hamma fanlarga 
asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli boʻlib oʻsadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli 
ishlab ketadi”. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi matematika 
instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4387sonli Qarori, 2020-yil 
7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora- 
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ4708-sonli Qarori, 2020- yil 24- yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida 
matematika fani va ta’limini har tomonlama takomillashtirish va rivojlantirish yuzasidan qator salmoqli 
vazifalar belgilangan. Xususan mazkur dasturdan oʻrin olgan “Matematika ta’limini rivojlantirish 
konsepsiyasi” yuqoridagi matematika ta’limini har tomonlama takomillashtirish hamda yangi sifat 
bosqichiga olib chiqish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. 
Matematika faniga oid kompetensiyalar. “Al-jabr” milliy ta’lim standartlari tizimi Matematika fani 
boʻyicha milliy ta’lim standartlarini yaratishga yondashuv tizimli, yani muayyam tizimga solingan boʻlib, 
u “Al-jabr” deb nomlanadi. Bu nomda oʻziga xos “tiklanish” ma’nosi mujassamlangan. Standartlar 
ta’limning boshlangʻich davridanoq barcha oʻquvchilarni imkon qadar keng qamrab olib, ularning oʻqish 
jarayonida toʻliq ishtirok etishi uchun imkoniyat va ta’lim sohasida maxsus ehtiyojlarga ega boʻlgan 
oʻquvchilarning maksimal darajadagi ishtirokini ta’minlash uchun tegishli sharoitlarni yaratib berishi 
lozim. Standartlar barcha oʻquvchilarga kelgusida ta’limni davom ettirish va mehnat faoliyatini boshlash 
uchun tayyorgarlik koʻrish yoʻlida erishilishi kerak boʻlgan aniq marralarni belgilab beradi. 
Bugungi kunda yetarli bilimga ega boʻlgan, olgan bilimini amaliyotda qoʻlay oladigan, har 
bir mavzuga mustaqil oʻz fikrini bildira oladigan, yetarli axborot zaxirasiga ega boʻlgan oʻquvchilarni 
tarbiyalash har bir pedagogning vazifasidir. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarning afzallik tomoni 
shundaki, oʻquvchini mustaqil fikrlashga, dunyoqarashini kengaytirishga, tinglashga va mushohada 
etishga, intilish va izlanishga, tafakkurni rivojlantirishga, oʻz ustida mustaqil ishlashga oʻrgatadi. 
Oʻqituvchi va oʻquvchi birgalikda faoliyat yuritadi. Bugungi kunda oʻquvchilar yetarli bilimga ega 
boʻlish bilan bir qatorda uni amaliyotga qoʻllay olishlari ham kerak. Kompitensiya tushunchasi aynan 
shuni ifodalaydi. Boshlangʻich sinf matematika darslarida oʻqvchilar koʻp axborotlarni bilib oladi va koʻp 
ma’lumotlarga ehtiyoj sezadi. Buning oldini olish uchun oʻquvchilarga yetarli axborotlar zaxirasi 
yetkazib berish kerak. Shu orqali oʻquvchilarda axborot kompitentligi yaxshi rivojlanib boradi. 
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida axborot kompitentligini oshirish uchun barcha fanlar singari matematika 
darslarining ham oʻz oʻrni bor. Axborot – soʻzi lotincha «informatio» soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, 
«tushuntirish, bayon etish» - degan ma’nolarni anglatadi. Koʻp hollarda «axborot» soʻzi oʻrnida 
«berilganlar» degan ancha farq qiluvchi soʻzi ham ishlatiladi. “Kompetentlik” – tushunchasi dastlab 
ta’lim sohasiga psixologik, pedagogik izlanishlar natijasida kirib kelgan tushuncha boʻlib, zamonaviy 
atama sifatida qoʻllanilib kelinmoqda. 
Kompetensiya –muayyan fan bo‘yicha o‘quvchi egallagan nazariy bilim, ko‘nikma va 
malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, 
amaliyotda qo‘llay olishdir.Boshlangʻich sinflardan boshlab oʻquvchilarda axborot kompitentligini 
shakllantirish oʻqituvchi oldida turgan muhim masaladir. . 


172 
Shu sababdan boshlangʻich sinf 1-2- sinf darsliklari milliy oʻquv dasturi asosida yangilandi va unda 
oʻquvchilarga koʻproq axborot beradigan ma’lumotlar koʻp. misol uchun 2-sinf matematika darsligi 
“Jadvalga doir masalalar mavzusida quyidagi rasm berilgan. 
Rasmda shaxmat taxtasi tasvirlangan boʻlib, unda shaxmat taxtasi tuzulishi, oʻyin donalari haqida 
ma’lumotlar berilgan. Bu ma’lumotlar orqali oʻquvchilarga jadvallar tushuntirilibgina qolmasdan ularga 
kombinatorika elementlariga doir ma’lumotlar ham berilgan. Ya’ni shaxmat donalarini joylashish tartibi, 
qanday oʻqilishi izohlangan. Bundan koʻrishimiz mumkinki oʻquvchiga anchagina yangi axborotlar 
berilgan. Qolaversa oʻquvchilarda bu oʻyinga boʻlgan qiziqishni oshiradi. Shaxmat oʻyinini bilmaydigan 
oʻquvchilar albatta uni oʻrganishga harakat qila boshlaydi. 
2-sinf matematika darsligidagi quyidagi rasmda ham oʻquvchilarga fazoviy shakllar haqidagi 
axborotlar berilgan. Konus tushuntirilgach, uni hayotimizda qayerlarda uchratishimiz mumkinligi 
koʻrsatilgan. Shu mavzuda shakllar soyasini topishga doir topshiriqlar berilgan. Oʻquvchilar bu mavzuni 
oʻrganish jarayonida bu shakl haqidagi koʻplab axborotlarga ega boʻladi. 
Darslikda bunday axborotga boy rasmlarni juda koʻp uchratishimiz mumkin. Xulosa qilib shuni 
aytamizki, bugungi zamon talablariga mos keladigan har tomonlama rivojlangan, barkamol oʻquvchilarni 
tarbiyalashda eng avvalo oʻquvchi ongini kerakli axborotlar bilan boyitib, ularda axborot kompitentligini 
rivojlantirish oʻqituvchilar oldidagi ulkan vazifadir. Qadimgi Yunon faylasufi Suqrot «oʻqituvchining 
ijodkorligi, ... bu tayyor axborotni oʻquvchiga yetkazishga emas, balki oʻquvchilarni haqiqatga intilish, 
mustaqil fikrlashlarini rivojlantirishga qaratilganligidadir» degan. Bu fikr bugungi zamon o‘qituvchisi 
oldiga qo‘yiladigan vazifaga ham mos keladi, albatta. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish