Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


BOLALARDA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARNING RIVOJLANISHIDA NUTQ



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

BOLALARDA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARNING RIVOJLANISHIDA NUTQ 
O‘STIRISH MASHG‘ULOTLARINING AHAMIYATI 
Valijonova Zarina Xurshid qizi 
BuxDUPI 1-bosqich magistranti 
 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada bolalarning psixologik xususiyatlarining rivojlanishi,tarbiyachi- 
pedagog nutq o‘stirish mashg‘lotlarini tashkillashtirishi va nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida xalq og‘zaki 
ijodi namunalaridan: maqol,tez aytish va topishmoqlardan foydalanishning samarali shakllari haqida 
fikrlar bayon etilgan. 
Kalit so‘zlar: 
tarbiyachi-pedagog,ta’lim,tarbiya, nutq o‘stirish,xalq og‘zaki ijodi, ertak, maqol, tez 
aytish, psixologik xususiyatlar, kamol topish, rivojlanish. 
Bugungi kunda jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan mamlakatlarga bir nazar tashlasak, 
ularning ta’lim tizimi taraqqiy etganligi, ta’lim va tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yganligini guvohi 
bo‘lishimiz mumkin. Shu maqsadda, respublikamizda ta’lim tizimini rivojlantirish, jumladan, 
maktabgacha ta’lim tizimini yangitdan tashkil qilish va ta’lim jarayonlarida qo‘llanilib kelingan eski va 
o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan shakllardan vos kechishni talab qiladi. Maktabgacha ta’lim tizimida 
bir qator yangilanishlar: “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi, “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar 
rivojlanishiga qo‘yiladigan” Davlat talablari, “Ilm yo‘li” variativ dasturining qabul qilinganligi, bir qator 
qaror va farmonlar, farmoyishlarning e’lon qilinganligi bu tizimni rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadi. 
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasida “Maktabgacha ta’lim va tarbiya 
bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni har tomonlama intellektual, ma’naviy-axloqiy, estetik va 
jismoniy jihatdan rivojlanishiga qaratilganligi va albatta, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashni belgilab 
qo‘yilgan”. Bu esa bolalarga berilayotga ta’lim sifatini oshirish, tarbiyachi-pedagog oldida yangi peda- 
gogik metodlardan, innovatsion texnologik vositalardan va o‘z kreativ qobiliyatini yanada oshirishga 
undaydi. Bolalar bizning buyuk kelajagimiz ekan, ularning har tomonlama rivojlanishi, dunyoqarashi, 
psixologik xuxusiyatlarining to‘g‘ri shakllanishida har bir inson ota-onalar, tarbiyachi-pedagog qo‘yingki, 
jamiatdagi barcha insonlar birdek mas’uldirlar. Bolalarning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha 
yoshi bolalalik davrining bir qismini tashkil qiladi. Asosan, mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil 
faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari – shaxsiy fazilatlari tarkib topa boshlaydi. 
Mahhur rus pedagoglaridan P. F. Lesgaftning fikricha, bolaning maktabgacha yosh davri shunday bir 
davrki, ana shu davr mobaynida kelgusida qanday xarakter xislatlar paydo bo ‘lishi belgilanadi va axloqiy 
sifatlarning asoslari yuzaga keladi. M.I.Lisina esa, muloqot bolada so‘znining paydo paydo bo‘lishi, 
vujudga kelish vaqti va bola nutqi rivojlanishining sur’atlarini belgilab beruvchi muhim 
omildir.Ontogenezda nutq dastlab muloqot vositasi sifatida, so‘ng – fikrlash, o‘z nutqini boshqarish vosi- 
tasi sifatida rivojlanishini belgilaydi. 
Bola o‘z psixologik xususiyatini, tashqi muhitga bo‘lgan munosabatini dastlab nutqi orqali 
tushuntirishga harakat qiladi.Ko‘rgan-kechirgan voqealarini bolalarcha sodda nutqida ifodalashga urinadi. 
Nutq bolaning egallab borayotgan bilimlari, hayoti davomida o‘zlashtirib borayotgan ma’lumotlari orqali 
taraqqiy etadi. Shu bilan birga namoyon bo‘ladigan ijobiy va salbiy xarakter-xususiyatlarning shakllanib 
borishiga xizmat qiladi. V. Loginaning ma’lumotiga ko‘ra, 3 yoshga kelib bola lug‘atida 1200 ta so‘z 
mavjud bo‘ladi, 6 yoshga kelib esa 3000 ‒ 3500 so‘zni o‘z ichiga oladi. Shunday ekan, egallagan so‘zlar 
orqali bola tashqi muhitga munosabat bildira oladi va individual xususiyatlarini namoyon qila boshlaydi. 
Davlat talablarida belgilangan ijtimoiy-hissiy rivojlanish va nutq, muloqot, o‘qish va yozish 
malakalari sohasida belgilangan bir qancha talablarda misol tariqasida: ertak yoki hikoya qahramonlariga 
hamdardlik bildira olish, qayg‘u va quvonch kabi hissiyotlarni ko‘rsata olish, do‘slari bilan o‘z 
hissiyotlarini bo‘lisha olish va asarlarni maroq bilan tinglashga xohish bildira olish, boshlangan hikoyani 
mantiqan davom ettira olish, tinglangan hikoyaga munosabat bildira olish talabda belgilangan. Bu 
talablarni bola faoliyati davomida egallashi va taraqqiy etishi uchun tarbiyachi-pedagog mashg‘ulotlarda, 
xususan, nutq o‘stirish mashg‘lotlarida ko‘proq bolaning psixologik xususiyatlarini , ma’naviy 
dunyoqarashining keng tarkib topshini hisobga olgan holda tashkillashtirmog‘i zarurdir. Nutq o‘stirish 
mashg‘ulotlarida tarbiyachi o‘qib beradigan har bir asar, ertak, hikoyalar bola ruhiy kamolotida, uning 


139 
ijobiy va salbiy xarakterining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Asardagi qaharamonlarga 
bo‘lgan munosabati bolaning xuddi o‘z hayotida ro‘y berayotgan hodisa kabi gavdalanadi. Bolalarcha 
dunyoqarash bilan “yaxshi”, “yomon”, “oq”, va “qora”ni farqlay boshlaydi. Bolalarning komil inson 
bo‘lib voyaga yetishlarida, ma’naviy dunyoqarashining keng bo‘lib shakllanishida xalq og‘zaki 
ijodiyotining o‘rni yuqori sanaladi. MTTlarda tashkillashtiriladigan nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida ertak 
va hikoyalarning bayon qilishi bolalar bilan muhokama qilish va qayta hikoya qilish usullari barchamizga 
tanish. Nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida maqol, matal, rivoyatlar, tezaytish va topishmoqlarning keng qo‘l- 
lanilishi bolaning ijobiy xususiyatlarining shakllanishiga, bolalarning tez fikrlashi, xayolot olamining 
kengayishi, so‘z boyligining oshishi va boshqa tomonlarining rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Misol 
uchun quyidagi maqollarni olsak: 
Yurti boyning o‘zi boy. 
*** 
Yurting omon – o‘zing omon. 
Bu maqollardan bola vatan tushunchasi, uning bag‘rida sog‘-omon ulg‘ayayotgani, vatan biz 
yashayotgan uyimiz ekanligi haqida tushunchalarga ega bo‘la boradi. 
Soy bo‘yida uchratganman. 
Goho kezar bog‘-u chaman. 
Uchar- qo‘nar yashil o‘tga, 
O‘xshar mitti vertolyotga . 
(ninachi) 
*** 
Mehnat qilar to‘kib ter, 
Qish g‘amini yozda yer. 
(chumoli) 
Ushbu topishmoqda esa,bolada topqirlik, ziyraklikdan tashqari mehnatkashlik sifatlarini 
rivojlantirish mumkin.Yoki bo‘lmasa, quyidagi tez aytishda bolaning to‘g‘ri nutqning shakllanishiga olib 
keladi. 
Tez aytgin-u tez gapir, 
Tez aytganga bir patir. 
Shu nuqtayi nazardan aytish mumkinki, har bir mashg‘ulotda tarbiyachi mas’liyat bilan 
yondashishi, ta’lim jarayonlarida o‘zbek milliy qadriyatlarimizga mos holda ta’lim berish, o‘zining 
egallagan bilim salohiyatini ko‘rsatgan holda farzandalarimizning ertagi kamolotida, milliy- ma’naviy 
ruhda voyaga yetishlarida javobgarlik hissi bilan ish tutishsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Zero, Abdulla 
Avloniy jumlalari bilan aytganda: “Janobi Haq insonlarning asl xilqatida iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila 
yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradurgan qilib yaratmishdur. Lekin bu insondagi qobiliyatni 
kamolga yeturmak tarbiya ila bo‘ladur”. 
Xulosa qilib aytganda tarbiya murakkab bir jarayon hisoblanadi. Ta’lim va tarbiya bu ikki 
tushunchgani bir biridan ayro tasavvur qilish qiyin. Tarbiya bor joyda ta’limni berish mumkin. MTTlarda 
bu ikki jarayonni bir butunlikda olib borilishi ta’lim tizimining asosiy ko‘rinishi hisoblanadi. Shunday 
ekan , bolaning barkamol shaxs bo‘lib rivojlanishi, psixologik xususiyatlari taraqqiy etishi, ma’nan 
sog‘lom qatlamning shakllanib borishida buyuk kasb egalari: o‘qituvchi, tarbiyachilar zimmasida turgan 
vazifadir. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish