Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


BOSHLANGICH SINF O‘QUVCHILARINING TARIXIY ONGINI



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

BOSHLANGICH SINF O‘QUVCHILARINING TARIXIY ONGINI 
RIVOJLANTIRISHDA TARIXIY SHAXSLARNING O‘RNI 
B. B. Tulepbergenova, 
Nukus davlat pedagogika instituti 
1-bosqıch magistranti 
 
O‘qish darslarida boshlang‘ich sinf oquvchilarining tarixiy ongini rivojlantirishda biz eng avvalo 
tarixiy shaxslar obrazi orqali ularning ongiga singdirib boramiz. Hurmatli Prezidentimiz Sh. M. 
Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini aytib o‘tsak : “Eng muhimi farzandlarimizga yoshlik chog‘idan 
boshlab kitobga zeyin qo‘yish mustaqil o‘ylash, murakkab hayotiy hollarda toǵri javob topish ko‘nikma- 
sini shakllantirishimiz, uning uchun tegishli tashkiliy ishlarni amalga oshirishimiz darkor” [1]. 
Go‘zal yurtimiz bugungi yorug‘ kunga yetishi xalqimizning tinch va osoyishta yashashlari uchun 
ko‘plab ajdodlarimiz dushmanlarga qarshi mardonavor kurashganlar, qahramonliklar ko‘rsatganlar : 
Masalan To‘maris, Shiroq, Allayor Do‘stnazarov, Olloniyaz O‘teniyazov, Ernazar Alako‘z, Aydos biy, 
Edige, Alpomish, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Alisher Navoiy kabi ajdodlarimizning ko‘rsatgan 
jasoratlari shular jumlasidandir. Ular o‘z qahramonliklari bilan xalqimiz qalbida bir umrga o‘chmas iz 
qoldirganlar. Shunaqa ulug‘ ajdodlarimizning avlodi ekanligimizni kelajak avlod ongiga singdirish, 
ajdodlarga munosib avlod bo‘lishni, ulug‘ ajdodlarimizning ko‘rsatgan qahramonliklari, bizga qoldirgan 
ma’naviy boyliklari va ularning mardligi, botirligi, vatanparvarlıgi, insoniy fazilatlaridan yosh avlod 
qalbida cheksiz iftixor hislarini uyg‘otish maqsadida yurtimizda har bitta vatanparvar ajdodlarimizga 
ko‘rsatilayotgan hurmat, ehtirom ulug‘ ajdodlarimizning qilgan mehnatlarini zoya ketmasligi va ularning 
ismini abadiylashtirishimizga xizmat qilishi zurur. 
Yosh avlodni o‘tgan ajdodlarga hurmat etishga tarbiyalash maqsadida eng avvolo boshlang‘ich 
sinf darsliklarida ularning hayoti, ko‘rsatgan jasoratlari, qilgan yaxshiliklari haqida malumotlar berilgan. 
Masalan: 3-sinf o‘qish darsligida Alloyor Do‘stnazarov haqida “Do‘stnazarov kelganda” mavzusi 
berilgan. Hurmatli birinchi prezidentimiz I. A. Karimov qoraqalpoq aholisining ozodligi uchun kurashta 
fidoiylik ko‘rsatgan ko‘zga ko‘ringan mamlakat va jamiyat arbobi Alloyor Do‘stnazarov haqida: “. 
Qoraqalpoq aholisining ozodlik va tenglik, ozodlik va halollik uchun kurashgan davyurak qahramon 
farzandlaridan biri “ deb aytgan edilar. Alloyor Do‘stnazarov 1896-yil Taxtako‘pir tumaninda tug‘ilgan. 
1935-jili 25- yanvarda “Xalq dushmani ” unvoni bilan qamoqqa olinib, 8-aprel kuni 10 yil muddatga 
qamoq jazosiga hukm qilindi. 1968-yili 27-sentyabrda 
A. Do‘stnazarov ayibsiz deb oqlandı. 
Ayniqsa, uning Qoraqalpog‘iston Avtonomiya Respublikasing tuzilishida sezirarli mehnatlarini, 
xalqimizning milliy chegaralarini aniqlash masalalaridagi, milliy -mamlakatlik chegaralarni belgilashda 
jonkuyarligini, shu jumladan, ma’naviy axloqni rivojlantirish yo‘lidagi fidokorlik xizmatlarini qancha 
iftixor etsak arziydi. [2]. 


130 
Mamlakatimizda mustaqillikka erishganimizdan so‘ng - bu sohada katta imkoniyatlar eshigi ochib 
berildi. Shu tariqa o‘zbek va qoraqolpoq adabiyotida tarixiy shaxslar mavzusida yozilgan insholar 
yuzaga keldi. Mustaqillik sharofati bilan yozuvchilarimiz tarixiy shaxslar obrazini o‘zlarining usul va 
imkoniyatlari nuqtai-nazaridan qalam tebratish huquqiga ega bo‘ldi. Ma’lumki, insoniyat tarixıda tarixiy 
shaxslar ulug‘ va dohiy shaxs sifatida o‘rin egallab keladi. Shunga yarasha ular ulug‘ yoki salbiy 
qahramon sifatida tarixning zarvaraqlaridan o‘rin egallaydi. Bilim berishta boshlang‘ish sinf 
o‘quvchilariga ijodiy yondoshuv bolalarni o‘qish -tarbiya jarayoni subekti sifatida qarashni taqazo etadi. 
O‘qitish jarayonida o‘quvchilarda , xolilik, zukkolik kabi yakka-yagona sifatlarni rivojlantirishda 
o‘qituvchining pedagogik mohirligida farqli o‘rin egallaydi. O‘qituvchi ishining samarador bo‘lmog‘i, 
uning tarixiy manbalarni yaxshi bilishi juda ahamiyatga egadir. Sababi o‘qish materialidan tashqari 
xalqimizning tarixiga tegishli ma’lumotlarni berib barish o‘quvchilarning ijodkorlik qobilyatini 
oshirishda ularda tarixiy tushunchalarni shakllantiradi. 
Yakunlab aytganda, boshlang‘ish sinf o‘quvchilariga o‘tilgan har bitta qiziqarli mashg‘ulotlar 
o‘quvchilarning ongida yaxshi saqlanib qolishi, shu jumladan, dunyo qarashini rivojlantirish ijodiy 
qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ish sinf o‘quvchilarida tarixiy ongni rivojlantirish 
pedagogik jihatdan o‘rganish, tarixiy ongni shakllantirish komponentlarini aniqlash, unga ta’sir etuvchi 
omillarning ta’sir darajisini belgilash, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarda tarixiy 
ongni rivojlantirish usullaridan foydalanish, boshlang‘ish sinf o‘quvchilarida 
tarixiy 
ongni 
rivojlantirishga aloqador o‘qish materiallarini takomillashtirish maqsadiga qo‘llashdan iborat bo‘lib 
hisoblanadi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish