Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TOVUSH MADANIYATINI



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TOVUSH MADANIYATINI 
SHAKLLANTIRISHDA INTEGRATIV JARAYON LOYIHASI 
Avezov Sobid Safarovich, 
BuxDU maktabgacha ta’lim kafedrasi dostenti, 
filologiya fanlari nomzodi 
 
Bolalar nutqini shakllantirish va o‘stirish soha mutaxassislari oldida turgan juda katta mas’uliyatli 
vazifalardan sanaladi. Xususan, tarbiyalanuvchining erta yoshidan boshlab, nutqida lug‘at doirasini 
boyitish, grammatik nutqini tarkib toptirish, dialogik va monologik nutqqa o‘rgatish, boshqa metodik 


126 
vazifalarni bajarish talablari turadi. Bu sohaga qaratilgan barcha pedagogik vazifalar o‘zining 
murakkabligi bilan alohida o‘rin tutadi.Ushbu jarayonda nafaqat tovush madaniyati, balki “Nutq o‘stirish 
nazariyasi va metodikasi”fan modullarining o‘zaro integrastiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash deganda, ona tilimizdagi barcha tovushlarni to‘g‘ri 
talaffuz eta olish, shu asnoda ular yordamida so‘z,ibora,gap va og‘zaki hamda mantiqli fikrlay olishga 
erishish, shuningdek, ohang, ritm, tembr va ifodalilik asosida og‘zaki matn yaratishga erishtirmoqdan 
iborat bo‘ladi. Bundan tashqari, so‘zlovchi nutqini diqqat bilan tinglay olish, gapirayotgan paytda esa 
to‘g‘ri, me’yoriy nafas olish va ovoz kuchidan tartibli foydalana olish kabi psixologik jarayonlarga, 
ko‘nikma va malakaga doimiy odatlantirish vazifalari yuklanadi. Bunday vaziyatda tarbiyachi – 
pedagogning nutq o‘stirish haqidagi tasavvur va bilimlarining in’ikosi ta’siri natijasida ro‘yobga chiqadi. 
Nutq tovush madaniyatining ilk elementlariga kichik guruhlardan boshlab o‘rgatilsa-da, bu jarayon 
bolalarning besh yoshga to‘lganidan keyin tizimli amalga oshiriladi. Chunonchi, bolalarga avval ijtimoiy 
hayotdagi fizik tovushlar o‘rgatiladi: “gup-gup”, “paq-paq”,”taq-tuq”,”guv-guv” kabi. Tovushlarning 
o‘xshash yoxud farqli xususiyatlariga, shuningdek, biologik tovushlarga: go‘dak tovushi, hayvonlar 
tovushi,tabiatdagi shamol, yomg‘ir tovushlariga ham e’tibor qaratiladi. 
Bola besh yoshga to‘lganda bevosita til tovushlariga diqqatini qaratadi. Qanday qilib tovush hosil 
bo‘lishi, tovushlar talaffuzi, uni hosil qiluvchi nutq apparati a’zolarining xizmati, faoliyati va ishtiroki 
amaliy tarzda o‘rganiladi. Tovushlarning orfoepik hosil bo‘lishi va ular yordamida so‘z va gap tuzishga 
qiziqish yanada ortib boradi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki,bolalar o‘z nomlariga keladigan tovushlarni, 
o‘rtoqlari ismlariga, ota-ona,oila a’zolari nomlariga keladigan tovushlarni tez o‘rganib oladi.Xususan, bu 
jarayonni shakllantirishda oltita unli tovushlarninghosil bo‘lishi (a,o,u,o‘,i,e)ni anglatish juda oson 
kechadi.Unli tovushlarning har bir so‘z hosil qilishdagi o‘rni muhimligi, olingan havoningbevosita 
og‘izdagi a’zolarga daxlsiz tarzda tashqariga chiqishidan paydo bo‘ladigan tovush ovozdor ekanligini 
anglab etadi.Shu tarzda ular unli tovushlar talaffuzini o‘rganib oladi.Xuddi shuningdek, tarbiyachi- 
pedagog unli tovushlar bir o‘zi ham mazmun-ma’no anglatishiga bolalar diqqatini qaratadi. Bunday 
xususiyat faqatgina unli tovushga xosligini aytib, bolalarda bu tovushlarga havas uyg‘otadi. Masalan, a 
tovushi-og‘izni katta ochish ma’nosini(shifokor huzurida shunday deyiladi), o tovushi og‘izni olmadek 
yumaloq qilish yoxud “mazali” ma’nosini ifodalashini, shuningdek, u tovushi takrorlanib aytilsa(u-u- 
u),duduqlanish, o‘ va i tovushlari takroranib talaffuz etilsa, hayratlanish ma’nolarini, e tovushi 
takrorlansa, kutilmagan hodisadan dalolat berishi tushuntiriladi. Ana shu tovushlar artikulyastiyasi 
asosidagi so‘zlarni bolalar nutqiga olib kirish nafaqat tovush madaniyati, balki bolarning lug‘at doirasini 
kengaytirish uchun ham xizmat qiladi.Chunonchi, ikki bo‘g‘inli so‘zlar bilan so‘z birikmasi tuzsalar(katta 
daraxt,chiroyli qo‘g‘irchoq,baland bino, keng yo‘l kabi),keyinchalik murakkab so‘z birikmalari tuzish 
mahoratiga ham ega bo‘ladi(ko‘zi qora qo‘zichoq,baland bo‘yli kishi, yam-yashil o‘tlar,yangi va dumaloq 
koptok).Bu birikmalar orqali gap va og‘zaki matn tuzishni ham o‘rgatish mumkin. Bu esa tovush 
madaniyati bilan bolalar nutqidagi kreativlikni uyg‘otish bilan bir qatorda grammatik nutqni kamol 
toptirish uchun ham xizmat qiladi.Tajribalardan shu ayonki, tovush madaniyatini shakllantirish asosiy 
ob’ekt sifatida qaralsa ham, nutq o‘stirish fani bo‘limlari orasidagi o‘zaro integrallashuvning samarasi 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Bolalar nutqini rivojlantirish- bevosita kattalar nutqiga taqlid qilish, ular bilan o‘zaro muloqoti 
ta’siri asosida shakllanib boradi. U o‘z nutqidagi tovush madaniyatidagi ohang, ovoz kuchi, ritm va 
ifodalilikdagi rang-barang hodisalarni qiyoslab o‘rganadi. Shu nuqtai nazardan rus usulshunosi 
A.N.Leontev nutqiy rivojlanish jarayonini quyidagicha tavsiflaydi:”Nutq o‘stirish jarayoni bola 
lug‘atining va so‘zlarning assostiyastiya asosida bog‘lanishining ortishida ifodalanadigan miqdoriy 
o‘zgarishlar jarayoni emas,balki sifat jihatdan o‘zgarish jarayonidir,zero, u fikrlash va ong rivojlanishi 
bilan ichki bog‘langan holda so‘zning barcha funkstiyalari,tomonlari va aloqalarini qamrab oladigan 
haqiqiy rivojlanish jarayonidir”.Bu muayyan fikrlar zamirida shu narsa ayon bo‘ladiki, tovush 
madaniyatini rivojlantirshda ham bolaar tasavvuri va ularning atrof-tevarakka faol munosabatlari nuqtai 
nazarlari darajasida pedagog yondashuvi ehtiyoji hamda zarurati muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha 
metodik va amaliy ishlar ana shu jarayonga qaratilsagina, samara va natijaga ega bo‘ladi. 
Tovushga xos madaniyatni rivojlantirishda, eng avvalo, kichik guruhdan boshlab, tayyorlov 
guruhigacha didaktik o‘yinlar, xalq og‘zaki ijodi janrlari sanalmish topishmoq, tez aytish va ertaklardan 
tizimli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ham bolalarda ushbu sohani rivojlantirishda bolalar 
folklori bilan integrativ yondashuv uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.Xususan, didaktik 
o‘yinlarning ahamiyati alohidadir. “Qo‘g‘irchoqni ovutish”(bunda qo‘g‘irchoqni ovutishda allani ijro 
etishga o‘rgatish), ”Ajoyib xaltacha”(unli va undosh tovushlar ishtirok etadigan predmetlar)”Do‘kon”kabi 
didaktik o‘yinlarini tashkil etish mumkin. 


127 
Undosh tovushlar talaffuzi ham pedagoglardan murakkab pedagogik vazifani tashkil etadi. Kichik 
guruhlarda tovush talaffuzini o‘rgatish uchun alohida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.Unda predmet va 
o‘simliklar, hayvon nomlarini talaffuz etish asosida tovushlar tizimi o‘rgatiladi. O‘rta guruhlarda oyida 
ikki marta katta va tayyorlov guruhlarida esa nutq o‘stirsh mashg‘uloti jarayonida haftada bir marta 
o‘tkaziladi. 
Umuman,tovushlar talffuzi bo‘yicha nutq o‘stirish mashg‘ulot tarkibida quyidagi mashg‘ulot 
turlaridan foydalanish mumkin: 
1.
Tovushlarni talaffuz etish uchun bo‘lgan artikulyastiya apparati a’zolari harakatini aniqlash 
uchun mashg‘ulotlar. 
2.
Alohida tovushlar talaffuzini aniqlash va taqlidchanlik asosida tovushni vujudga keltirish 
mashg‘ulotlari. 
3.
Tovushlarni so‘zlarda aniq va to‘g‘ri talffuz etishni tarbiyalash mashg‘ulotlari. 
4.Tovushlarni nutqda aniq va to‘g‘ri talaffuz etishni tarbiyalash mashg‘ulotlari. 
5. Yakuniy mashg‘ulotlar. 
Xulosa qilib aytganda, tarbiyalanuvchilarda tovush madaniyatini tarbiyalash murakkab pedagogik 
jarayon bo‘lib, u nutq jarayonida uning sifatlarini tarkib toptirish bilan monologik nutq go‘zalligiga, 
ovozning me’yoriy jozibadorligi va ta’sirchanligiga ega bo‘lish ko‘nikma hamda malakalarini 
tabiyalaydi.Bu esa bevosita nutq o‘stirish fanining boshqa bo‘limlari bilimi asosida ushbu modulning 
o‘zaro integrallashuvi tizimi va loyihasi bilan chambarchas bog‘lanib olib borilsagina, ko‘zlangan samara 
hamda natijaga erishtiradi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish