Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


PEDAGOGNING INNOVATSION KOMPETENTLIGI TA’LIM MUHITI YANGILASHNING



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

PEDAGOGNING INNOVATSION KOMPETENTLIGI TA’LIM MUHITI YANGILASHNING 
“RAG‘BATLANTIRUVCHI” KUCHI SIFATIDA 
Gulnora Normatova, 
Surxondaryo viloyat XTXQTMOQM 
katta o‘qituvchisi 
 
Annotatsiya: 
Maqolada pedagogning innovatsion kompetentligi ta’lim sifatini yangilash, 
o‘quvchilarning ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim yutuqlariga erishishning “rag‘batlantiruvchi” 
kuchi sifatida qalamga olingan. Shuningdek, unda o‘qituvchilarni innovatsion 
jarayonlarga 
tayyorgarligini shakllantirishda maqsadli yondashuv, innovatsion muhitga oid maslalar yoritilgan. 
Kalit so‘z va iboralar
: kompetentlik, innovatsion rivojlanish, ta’lim sifati, ta’lim yutuqlari, 
maqsadli yondashuv, innovatsion muhit. 
Ma’lumki, yangi O‘zbekiston sharoitida maktab muhitini yangilashgning asosiy potentsial resursi 
sifatida o‘qituvchilarda ijod erkinligi innovatsion izlanish subyektining shaxsiy javobgarligi bilan uyg‘un 
bo‘lishini taqozo etadi. 
Har qanday jamiyatda o‘qituvchi bilim tashuvchisi, shu bois u o‘quvchi shaxsini o‘rganish va 
rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu munosabat bilan har bir o‘qituvchi uzluksiz kasbiy rivojlanishi, 
innovatsion salohiyatini rivojlantirishi kerak. Zamonaviy dunyoda innovatsion texnika 
va 
texnologiyalarni joriy qilmasdan turib ta’limning munosib darajasini ta’minlash mumkin emas. 
O‘qituvchining innovatsion faoliyatga tayyorligi deganda, ushbu faoliyat uchun zarur bo‘lgan 
mehnat qobiliyatini shakllantirish, ijodkorlikka tayyorlik, shuningdek, yangi texnologiyalarni bilish, 
o‘qitishning yangi usullarini o‘zlashtirish odat tusiga kiritish[1]. 
Zamonaviy sharoitda o‘qitish an’analar va innovatsiyalarni o‘zida mujassam etgan jarayon bo‘lib, u 
kompetentsiyaviy yondashuvni amalga oshirish sharoitida o‘qituvchining shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy- 
madaniy xususiyatlarini rivojlantirish maqsadiga asoslanadi. 
Ta’lim tizimida innovatsiyalardan foydalanish muammolarni hal qilish quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi: 
kasbiy-pedagogik faoliyat va shaxsning o‘zini o‘zi rivojlantirish sohasidagi kompetentsiyalar 
tizimini shakllantirish; 
o‘quvchilarning mustaqil ishini tashkil etish va kasbiy izlanishlarini rag‘batlantirish; 
o‘quvchilarni innovatsion ta’lim loyihalariga kiritish; 
kasbiy faoliyat, shaxslararo muloqotni samarali amalga oshirish uchun ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirish 
kasbiy pedagogik faoliyatni takomillashtirish istiqbollarini aniqlash va boshqalar[2]. 
Zamonaviy sharoitda o‘qitishda innovatsiyalardan foydalanish fanni o‘rganishga nafaqat yangi 
mazmun bag‘ishlash, balki ta’limga shaxsni rivojlantirish uchun ham ichki, ham tashqi resurslarni 
kiritish, bilimlarni boyitish uchun noyob imkoniyatdir. Shu bilan birga, mashg‘ulotlarni tashkil qilishda 
oddiy qoidalarga rioya qilish muhimdir: 
boshqalarga va o‘ziga nisbatan ijobiy munosabat; 
dalillarni ishonchli bayon etish, o‘z nuqtayi nazarni himoya qilish; 
turli nuqtayi nazarning mavjudligi; 
raqiblarning pozitsiyasini tushunish; 


10

qaror ishlab chiqish, konsensusga erishish; 
muloqotda ishtirok etish qoidalariga rioya qilish (taktlilik, moslashuvchanlik, emotsionallik, 
raqiblarning ishonchi) va boshqalar. 
O‘qituvchilarni ta’lim innovatsiyalarini joriy etishga tayyorlash, agar u dasturiy-maqsadli 
yondashuvning asosiy qoidalariga asoslansa va ta’lim muassasasini innovatsion rivojlantirishning 
maqsadli dasturini amalga oshirish qaratilgan bo‘lsa, samarali bo‘ladi. 
Innovatsion faoliyatga tayyorgarlikni ko‘rsata oladigan quyidagi ko‘rsatkichlarni belgilab olish 
muhimdir: 
innovatsion faoliyat zarurligini tushunib yetish; 
yangiliklarni maktabga kiritish bo‘yicha ijodiy faoliyatini jalb etishga tayyorlash, innovatsiyalar 
kiritishga qaratilgan harakatlar natija keltirishiga ishonish; 
shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyatlar bilan mosligi, muvofiqligi; 
ijodiy muvaffaqiyatsizlikni yengishga tayyorligi; 
innovatsion faoliyatning mutaxassislik va shaxsiy madaniyat bilan uyg‘unligi; 
ilgarigi tajribalarini innovatsion faoliyat nuqtayi nazardan qabul qilish, innovatsion faoliyatning 
mutaxassislik mustaqilligiga ta’siri; 
mutaxassislik refleksiyasiga qobiliyatlilik[3]. 
O‘qituvchida innovatsion faoliyat muammolarni mustaqil tushunib yetish va innovatsion qarorga 
kelishga ijodiy imkoniyatlarini dolzarblashtirish va rivojlantirish quyidagi bosqichlardan iborat: 
maktab muammolarini ishlab chiqish bosqichi, unda har bir ishtirokchi, ilgarigidagilarni 
takrorlamay o‘z muammosini tuzishga harakat qiladi; 
ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha g‘oyalarni oldinga surish; 
jamoatchilik bo‘lib birgalikda muhokama qilish. 
Pedagoning uzluksiz innovatsion rivojlanishida asosiy masalalardan biri qulay innovatsion muhit 
yaratishdan iborat. Refleksiv innovatsion amaliyot ishtirokchilari haqiqiy pedagog sharoitida bo‘lishlari 
sababli, qisqa vaqt ichida ilgarigi stereotiplarni bartaraf qila oladi. Refleksiv innovatsion amaliyot ilgarigi 
tajribani dolzarblashtirish, uni qayta anglash, bo‘lajak maktabning yangi muammo va munosabatlarini 
aniqlash uchun imkon beradi[4]. Asosiy masalalardan biri o‘z-o‘zini va o‘z faoliyatini qayta anglash 
jarayonini yangiliklar yaratish sohasiga yo‘naltirishdir. 
Refleksiv innovatsion amaliyot o‘qituvchi ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilib, bunda 
pedagogik fanda faqatgina yangilik yaratish qobiliyatigina emas, balki o‘z-o‘ziga, o‘z mehnatiga, 
bolalarga, har qanday muammoli vaziyatni hal etishga va umuman hayotga o‘ziga xos ijodiy 
munosabatda bo‘lish tushuniladi. Bular o‘qituvchi uchun muhim ahamiyatga ega, chunki zamonaviy 
vaziyatlar murakkabligi dinamizmi undan odatiy mutaxassislik ko‘nikmalardan holi bo‘lish, erkinlikni 
talab qiladi. Shu bilan birga o‘qituvchi innovatsion faoliyatini ko‘rsatuvchi xususiyatlari bu yuzaga 
kelgan vaziyatda maksimal ravishda erkin bo‘lish va maktabda yangilikni joriy qilishni o‘zi belgilay olish 
qobiliyati hisoblanadi. Bu bosqichda innovatsion harakatlar rivojlanish jarayonini biz shunday tasavvur 
qilamiz: yangiliklarni yaratish va joriy qilishga qarshilik qiluvchi bir xildagi odatlarni «buzish» va «qayta 
tuzish» demakdir. Xususan, eski odatlarni buzish, ularni yo‘q qilib yuborish emas, chunki ular osonlik 
bilan yangilari bilan almashtiriladi. Ushbu bosqichda innovatsion harakatlarni yuzaga keltirish uslublariga 
quyidagilarni kiritish mumkin: polilog, munozara, refleksiv, inversiya, intervьyu. 
Pedagogik jamoani motivlashtirish va o‘qituvchilarni innovatsion jarayonlarga tayyorgarligini 
shakllantirish maktabning yangidan shakllantirilgan obrazini o‘qituvchilar ongida mustahkamlash, 
o‘qituvchining innovatsion harakatlarini mukammallashtirish yangilik kiritish obyektini to‘g‘ri tanlashga 
bog‘liq[5]. 
O‘qituvchilarda innovatsion rivojlanish jarayoni to‘xtab qolmasligi uchun quyidagilar zarur: 
uzoq muddatli maqsadli innovatsion rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish; 
maqsadni nafaqat moddiy, balki ma’naviy ustuvorlik uchun ham belgilash; 
g‘oyani yoki tub innovatsiyani doimiy ravishda davom ettirish va takomillashtirishga qodir bo‘lgan 
hamfikrlarning mavjudligi; 
yaratish va amalga oshirish jarayonini birlashtirish; kasbiy amaliyotdagi yangiliklar; 
ijodiy jamoani rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tizimini yaratish. 
Xulosa, pedagogning uzluksiz innovatsion rivojlanishi ta’lim sifatini yangilash, o‘quvchilarning 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim yutuqlariga erishishning “rag‘batlantiruvchi” kuchi sifatida e’tirof 
etiladi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish