Universitetining pedagogika instituti maktabgacha



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

Interfaol metod 
– ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali 
ko‘p kuch sarflamay yuqori natijaga erishishdir. Buning natijasida dars sifati va samaradorligi oshadi. 
Interfaollik ikki kishining o‘zaro faolligi, ya’ni bundan o‘quv-biluv jarayoni o‘zaro suhbat tariqasida, 
dialog shaklida yoki o‘qituvchi – o‘quvchilarning o‘zaro muloqotlari asosida olib boriladi. Interfaollik – 
o‘zaro faollik, harakatchanlik, ta’sirchanlik, o‘quvchi – o‘qituvchi, o‘quvchi – o‘quvchi suhbatlarida sodir 
bo‘ladi. Interfaol metodlarining asosiy maqsadi ‒ o‘quv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali 
o‘quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritishi, uning ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga 
solish. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda hech qaysi o‘quvchi chetda qolmay, eshitgan, 
o‘qigan, ko‘rgan va bilgan fikr mulohazalarini ochiq- oydin bildiradi. Buning natijasida o‘zaro fikr 
almashish jarayoni vujudga keladi. Bolalarda bilim olishga qiziqish ortadi, o‘zaro do‘stona munosabatlar 
shakllanadi . 
Interfaol ta’lim o‘z xususiyatiga ko‘ra didaktik o‘yinlar dars jarayonini loyihalash orqali 
muammoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali kreativ – ijodkorlik asosida amalga oshirish 
metodlarini o‘z ichiga oladi. 
Boshlang‘ich sinf o‘qish darsliklarida didaktik o‘yinlar bilim olishning faollashtiruvchi ish 
turlaridan biri bo‘lib o‘quvchilarda tafakkurni, og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga 
xizmat qiladi. Didaktik o‘yinlar o‘qish darslarida o‘quvchilarning qiziqishlarini o‘stirish bilan birga 
o‘quvchilarning fanga, ta’lim olishga, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otadi. Bu o‘yinlar bolalarning 


105 
atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga, tartibga solishga, qiziqish va qobiliyatlarini 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi darkor. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilar uchun qiyin bo‘lgan bilim 
olish jarayonini yengillashtiradi. Ta’limiy o‘yinlardan, mavzuga oid oddiy qiziqarli savol-javoblardan 
darsning ma’lum qismida foydalanish kerak. Boshqotirma, tezaytish kabi o‘yinlar muntazam o‘tkazib 
turilsa ham, o‘quvchilarda ma’lum bir ko‘nikmalar ham hosil bo‘lib boradi. Dars jarayonida o‘yinlarni 
to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazishda asosan vazifalar, qoidalar va ularning natijalarini tashkil qilishni aniq 
belgilay olish lozim. Masalan o‘qish darslarida “So‘zdan so‘z yasash” o‘yinini o‘tkazish o‘quvchilarning 
lug‘at boyligini oshirishga, so‘z boyligini o‘stirishga zamin yaratadi. Masalan 4-sinf o‘qish darsligidan 
Mirkarim Osimning “Kitobga ixlos” qissasini olsak. Ba’zi so‘zlarning aytilishi bolalar yodida qolmasligi 
yoinki, to‘g‘ri talaffuz qila olmasligi mumkin. Xuddi mana shu “so‘zdan so‘z yasash” o‘yini orqali 
qissadagi mana shunday qiyinchilik tug‘diradigan so‘zdan berilsa ham aytilishida, ham yozilishida 
o‘quvchilar xatolikka uchramaydi. Bundan tashqari so‘z boyligi ortadi. Yuqoridagi aytib o‘tilgan qissadan 
“Qorabug‘roxon” ismini olsak. O‘quvchilar 3 guruhga ajratiladi va eng ko‘p so‘z hosil qilgan guruh 
faollar darajasida turadi: 
1-guruh
2-guruh
3-
guruh
qora 
Rano 
xona 
xon 
g‘or 
oq 
or 
xoqon 
nor 
bug‘ 
qon 
xor 
ona 
bor 
bonu 
Barno 
Shu kabi so‘zlar o‘quvchilar tomonidan aytiladi. Balki, bundanda ko‘p va bundanda ma’nodor 
so‘zlar aytilishi mumkin. Shu asnoda har darsda qandaydir didaktik o‘yinlar o‘tkazilib o‘quvchilar 
saviyasi orttiriladi, so‘z boyligi ko‘payadi, dunyoqarashi kengayadi. O‘quvchilarning o‘zi berilgan mavzu 
asosida har doimgidan ham faolroq bo‘lib, nimadir yangi o‘ylab topib o‘zi o‘z ustida ishlaydi, fanga 
nisbatan qiziqish uyg‘onadi. 
Didaktik o‘yinlar bolalarda jamoatchilikda ishlash, intizomli bo‘lish, jasurlik, qat’iyatli bo‘lish 
qiyinchiliklarni yenga olish kabi sifatlarini rivojlantirishga ham yordam beradi. Didaktik o‘yinlar maktab 
o‘qituvchilari va murabbiylar tomonidan ijod qilingan, asosan maktabgacha ta’lim muassasalaridagi 
tayyorlov guruhlaridagi bolalarga va maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bunda jamoa bilan 
birlashadi va o‘zi bajarayotgan mashg‘ulotga nisbatan ongli munosabatda bo‘ladi. Didaktik o‘yinlar 
o‘quvchilardagi tortinchoqlik, xato qilishdan qo‘rqish kabi noqulayliklarga barham beradi. Shunday ekan 
har bir darslarda didaktik o‘yinlar va interfaol metodlardan unumli foydalanmog‘imiz darkor. 
Interfaol o‘yinli metodlar bu ko‘p kuch sarf etmay yuqori natijaga erishish demakdir. Bu metod 
o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Bular o‘quvchilarda aqliy, jismoniy, 
axloqiy, ma’naviy, ma’rifiy, psixologik, estetik, badiiy, bunyodkorlik, mehnat, kasbiy ko‘nikmalarni 
rivojlanishiga xizmat qiladi. Bunday metodlar o‘quvchini ichki imkoniyatlarini o‘ylashga, erkin fikr 
yuritishga, muloqot qilishga, ijodkorlikga yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof –muhitni, hayotni bilishga 
o‘rgatadi, hayotda uchragan qiyinchilik, to‘siqlarni yengishga va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini 
shakllantirishda yetakchi o‘rinda turadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarda ta’lim olish motivlarini, 
ularni turli yo‘lanishlardagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini 
ko‘rsatadigan, interfaollikkka asoslangan didaktik va interfaol o‘yinlardan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Ular o‘quvchilarda tahlil qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, 
xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki mustaqil jamoa tarkibida ishlash, nutq o‘stirish, 
til o‘rgatish yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi. Boshlang‘ich sinf “Ona tili va o‘qish 
savodxonligi” darsliklariga kiritilgan ko‘pgina mavzular o‘quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga 
olib kirishi, dunyoqarashlarini kengaytirish asosida to‘g‘ri shakllantirishga qaratilishi bilan farqlanadi. 
Shunga ko‘ra, turli metodlar orqali ana shu mavzular o‘quvchilarga yetkazib berilishi katta ahamiyat kasb 
etadi. Shularga o‘xshash farqlarning ijtimoiy hayotdagi ta’siri to‘g‘risida bir necha asr muqaddam 
A.Navoiy o‘zining mashhur “Mahbub ul-qulub” asari muqaddimasida shunday yozgan edi: “umid ulkim, 
o‘qig‘uvchilar diqqat va e’tibor ko‘zi bila nazar solg‘aylar va har qaysisi o‘z fahm-u idroklariga ko‘ra 
bahra olg‘aylar…”. Bunda shu asarni har kim turlicha, ya’ni o‘z fahmi idroki darajasidagina tushunishi, 
o‘zlashtirilishi, foyda ola bilishi va amalda qo‘llay bilishi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, bundan biz interfaol 
ta’lim usullarining an`anaviy usullardan asosiy farqlari to‘g‘risida yuqorida aytgan xulosalarimizni 
yanada qisqa qilib, o‘quvchilarning fahm-u idroklarini o‘stirishdan iborat, deb ifodalashimiz mumkin. 


106 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish