4.Senariy mazmunini trening maqsadi asosida tahlil etish.
1.
Trening haqida qatnashuvchilar bilan fikr almahish.
2.
Qatnashuvchilar ematsional holatini nazorat qilish va ularga psixologogik yordam
berish.
3.
Har bir mashg'ulotda yakun yasash va uyga vazifa berish.
4.
Mashg'ulot oxirida siz haqingizda qatnashuvchilar o'z fikrini bayon
qilishlariga imkon
berish.
Trening o'tkazish davomida uning qatnashchilarini shaxsiy muloqot usullarini va o'zining
boshqalarga nisbatan pozitsiyasini yaqqol anglash protsesini rag'batlantirish kerak.
Trening mashg'ulotlari do'stona, samimiy va ixtiyoriy tarzda o'tkaziladi. Trening o'tkazishdagi
shartlar buyicha ma'lum qoidaga rioya qilinmasa, u ijobiy natija bermaydi.
Psixologik trening o'tkazishning umumiy qoidalari.
1)
Barcha qatnashchilar doira bo'lib o'tirishlari kerak:
2)
Qatnashchilar soni 15 tadan ortmasligi shart.
3)
Psixolog qatnashchilar bilan birga trening barcha topshiriqlarini bajarishi shart.
4)
Qatnashchilarning har biri hamma mashg'ulotlarda qatnahish lozim.
5)
Treningni boshqaruvchi mashg'ulotlarini mahorat bilan boshqarish kerak ya'ni
kishining, mijozning shaxsiyatiga tegadigan, uyaltiradigan vaziyatlardan kochish va har bir mijozning
fikrini ma'qullash va uni ragbatlantirib turishi kerak.
6)
Boshqaruvchi qo'yilgan muammolarini qatnashuvchilarning o'zlari hal qilishlari uchun
qulay haroit yaratish kerak.
7)
Mashg'ulot davomida qatnashchilarda o'z taasurotlarini yozib
borishi uchun kundalik
tutishga ruxsat etiladi.
8)
Har bir qatnashchi fikrini albatta har bir mashq davomida bildirishi lozim.
9)
Hamma boshqalarni diqqat -e'tibor bilan tinglashi kerak.
10)
Hamma qatnashchilar ro'y-rost samimiy va ichidagi gapni gapirishi shart.
11)
Qatnashchining biron-bir nuqsoniga e'tibor bermasligi kerak.
12)
Trening borishi jarayonida hech kimga hech qanday maslahat berish mumkin emas.
13)
Trening jarayonida bemalol ‘bu erda' va ‘hozir' kabi so'zlarni ishlatish shart .
14)
Boshqaruvchi har bir mashg'ulot oxirida yakun yasab qatnashchilardan qanaqa yoki
qanday yangilik olganlarini ularda qanday o'zgarish bo'lganini so'rashi kerak.
15)
Boshqaruvchi albatta uyga vazifa berishi va bajarilishini nazorat qilishi kerak.
Suningdek, treningni samarali chiqishida ishtirokchilarning ham ta'siri kuchli bo'lib
hisoblanadi. Bunda insonning kommunikativ qobiliyatlari uning rivojlanishining sharti bo'lib
xizmat
qiladi. Keng ma'noda aloqa mahoratini oshirish insonning shaxsiy fazilatlari majmuasini, uning
ijtimoiy munosabatlarini o'zgartirmasdan, ijtimoiy dunyoga va o'ziga bo'lgan
umumiy munosabatini
qayta ko'rib chiqmasdan amalga oshirilmaydi. Ijtimoiy-psixologik treningni oldingi ko'pgina
vazifalari endi alohida yo'nalishlarda ajratilgan. Jumladan, IPTda quyidagi kommunikativ ish
yo'nalishi va tegishli vazifalarni ajratish mumkin.
Kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirish
.
Bunga misol qilib aloqa bo'yicha trening
guruhini keltirish mumkin. Ularning asosiy vazifalari:
- muloqotda psixologik aloqani o'rnatish va qo'llab-quvvatlash
qobiliyatini rivojlantirish;
- boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatlardagi o'zlarining imkoniyatlari va cheklovlarini
bilish;
- samarali aloqaga xalaqit beradigan ichki to'siqlar va qisqishlarni bilish va olib tashlash;
- boshqa odamning xatti-harakatlarini oldindan bilish qobiliyatini rivojlantirish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: