ro'y beradi. O'z muammo va nizolarini asta-sekin bayon etish, ularni bartaraf
etish va hal qilishga olib
keladi.
Zamonaviy badiiy terapiya insonlarni o'zlarini, hayotdagi o'rnini tushunishga va o'z istaklarini
bajarish yo'llarini topishga yordam beradi. Kattalar uchun art-terapiya o'zlarining energiyasini
mustahkamlash, o'z-o'ziga ishonch va xotirjamlikni taъminlash imkoniyatini beradi. Davolash
yo'nalishi har bir shaxsning murakkabligini hisobga olgan holda har doim mutaxassis tomonidan
tanlanadi. Agar o'smirlar havaskor teatrda yoki raqsda o'ynashga ko'proq mos tushadigan bo'lsa, unda
kattalar uchun badiiy terapiya boshqarish osonroq va osonroq metodlarni tanlashni taqozo qiladi va
ular uchun maxsus mahorat talab etilmaydi. Bu eng murakkab bosqich, chunki bu yoshdagi ko'p
odamlar endi o'z kuchiga ishonishmaydi, bundan tashqari, bu alohida isteъdodni talab
qiladi deb
hisoblaydi.
Art terapiya uchun maxsus xona yoki sinfdan foydalanish mumkin. Xonada suv jumragi bo'lishi
maqsadga muvofiq. Maxsus fartuk yoki xalatdan foydalanish mumkin. Art terapiya materiallari har
xil bo'lishi mumkin: kraska, qalamlar, flamasterlar, rangli qog'ozlar, kley, qaychi, karton, ip,
tayoqcha, mel, qum, tuproq, plastilin, gullar, materaillar, tuxumning po'chog'i kabi.
Art terapevtik mashg'ulotlarni asosiy to'rt bosqichga bo'lish mumkin.
Dastlabki bosqichda ishtirokchilar tasodifiy ijodiy faoliyatga tayyorlanadi.
Buning uchun turli
o'yinlar va maxsus mashqlardan foydalaniladi: “Erkin bo'ling va nimani kerak deb hisoblasangiz,
shuni amalga oshiring”,- degan fikr aytiladi.
Ikkinchi bosqich asarni yaratish jarayonidir.
Uchinchi bosqich - o'z ishini muhokama qilish jarayoni.
To'rtinchi bosqichda har bir guruh aъzosining muvaffaqqiyatini taъkidlash va mashg'ulot
haqida iliq taassurotlar almashinadi.
Art terapevtik metodlaming bir usuli kollaj texnikasi hisoblanib, bir-biridan ko'rinishi va rangi
jihatidan farq qiluvchi materiallarni tanlab yopishtirish bilan belgilanadi. Bolalarga jurnallardan
qirqib olingan rasmlar, tasviriy fragmentlar, turli tasviriy ifodalardan muayyan
obraz yaratish taklif
etiladi.
Kollaj (fran. elimlash, kleylash ramlarni, nakleykalarni bir biriga yopishtirish) texnikasi shaxsiy
yozuvlar, kichik jumlalar bilan toidirilishi mumkin. Odatda jurnallardan qirqib olingan rasmlar turli
hajmdagi qog'ozlarga yopishtirilishi mumkin. Kollaj texnikasi psixologiyada xuddi rasm chizdirish
singari proektiv metod sifatida qoilanilishi ham mumkin. Proeksiya keng maъnoda shaxsiy ichki
dunyosini yuzaga chiqarish bilan belgilanadi. Kollajda insonning kechinmalari, tassavvurlari,
intilishlari, his-tuyg'ulari, qadriyatlari ifodalanadi. Inson uchun
muhim ahamiyat kasb etuvchi
narsalar uning ishida o'z ifodasini topadi, ikkinchi darajali narsalarga esa kamroq eъtibor qaratiladi.
Boshqa art terapevtik texnikalar singari kollaj bir vaqtning o'zida ham terapevtik, ham
psixodiagnostik vazifalarni bajaradi. Kollaj axborotga boy bolib, uning yaratilishi va tahlilida
insonning ongli ustanovkalari bilan birga uning anglanilmagan kechinmalari, ehtiyojlari,
munosabatlari ham o'z aksini topadi. Kollajni yaratishda turli mavzulami taklif etish mumkin.
Masalan “Men kimman?”, “Men qandayman?”, “Biz va boshqalar”, “Mening o'tmishim”, “Bugunim
va kelajagim”. Kollaj obrazi terapiya maqsadiga ko'ra belgilanadi. Masalan, kollaj texnikasini
o'smirlar guruhida ularni birlashtirish maqsadida o'tkazish mumkin. U holda “Biz kimmiz?”, “Biz
qandaymiz?” mavzulari tanlanadi, yoki oilaviy konsultatsiyalarda ota- onalardan
bolalari bilan
“Bizning oila” mavzusida kollaj yaratishini so'rash mumkin. Kollaj yakka tartibda yoki kichik
guruhlarda (2-4 kishi) amalga oshiriladi. Uning bajarilish mudati qatъiy vaqt chegaralaridan to
vaqtning umuman chegaralanmaganligigacha belgilanishi mumkin.
Psixolog kollajni yaratishda kuzatuvchi yoki guruh aъzosi sifatida ishtirok etishi mumkin, yoki
vazifa kattalar ishtirokisiz mustaqil xuddi uy vazifasi sifatida bajarilishi mumkin. Kollajni ayniqsa, 9-
11 sinflar bilan psixologik mashg'ulotlarda qoilanilishi juda qiziqarli. Yuqori sinf o'quvchilarining
ijodiy yondoshuvi psixoterapevtik vazifalar bilan birga ijtimoiy-psixologik vazifalarni ham yechish
imkonini beradi. Bundan tashqari ularga ijobiy hamkorlik tajribasini,
bir-birini eshitish va
tushunishga o'rgatishga kelishmovchiliklami hal etishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: