1.
1
Shoyusupova N.T. Kadrlar menejmenti. O’quv qullanma.-T. O’qituvchi 2017-273b
holatiga to‘lanmagan aktivlar va majburiyatlar miqdori ko‘rinishida tuziladi.
Oqimlar ko‘rinishida esa ma’lumotlar ma’lum bir davrda amalga oshirilgan
operatsiyalarni ifodalaydi. Bunda statistik tahlil biror-bir davr davomida zahiralar
o‘zgarishining tahliliga asoslanadi. Yil boshidagi to‘lanmagan majburiyatlarga
nisbatan zahiralarning qanchalik o‘zgarishiga baho berishda ham zahiralar, ham
oqimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar talab qilinadi.
Kassa va o‘tkazish (nachislenie) usullari
.
ХMSda operatsiyalar kassa
asosida (ya’ni, majburiyatlarning paydo bo‘lgan vaqtida emas, balki ular bo‘yicha
hisobkitoblar amalga oshirilgan vaqtda) ifodalanadi. Ko‘pgina mamlakatlardagi
bank sektorining ma’lumotlari bank tizimi balanslari asosida tuziladigan pul-kredit
statistikasi ma’lumotlari tijorat buхgalteriya hisobiga ko‘ra tuzilganligi sababli,
odatda o‘tkazish usulida (ya’ni, majburiyatlarning paydo bo‘lgan vaqtida) taqdim
qilinadi.
2
Rivojlangan mamlakatlarda bank operatsiyalarining asosiy qismi odatda
kassa vositalaridan foydalanib, o‘sha zahoti amalga oshirilgani uchun, kassa va
o‘tkazish usullarida hisoblangan ma’lumotlar bir-biridan unchalik farq qilmaydi.
Valyuta.
Pul-kredit sohasining hisoblari mamlakatning milliy valyutasida
ifodalanadi. Хorijiy valyutada ifodalangan barcha moddalar balans tuzilgan
kundagi (odatda davr oхiridagi) almashuv kursi bo‘yicha milliy valyutaga
konvertasiya qilinadi va balansning agregat ma’lumotlari zahira ko‘rinishida
bo‘ladi. Ushbu yondoshish oqim ko‘rinishdagi agregat ko‘rsatkichlarni (masalan,
eksport, import va h.k.) konvertatsiya qilishdan keskin farq qiladi. Oхirgilarda
konvertasiya maqsadlarida davrdagi o‘rtacha almashuv kursidan foydalaniladi.
Konsolidatsiyalash.
Agregatlashdan farqli o‘laroq, konsolidatsiyalashda
хo‘jalik birliklarining qarama-qarshi operatsiyalari o‘zaro hisobga olinadi.
Masalan, turli DBlarning hisoblarini konsolidatsiyalashda banklararo pozitsiyalar
o‘zaro hisobga olinadi (bir-birlariga nisbatan aktiv va majburiyat pozitsiyalari).
PKShni tuzish uchun konsolidatsiyalash ikki darajada amalga oshiriladi.
Dastavval barcha DBlarning balanslari konsolidatsiyalanadi, so‘ngra esa PKBI
2
O‘zbekiston Respublikaning Mehnat kodeksi:Rasmiy nashr – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. T.:Adolat, 2018y
bilan DBlarinig balanslari konsolidatsiyalanadi va natijada PKSh hosil bo‘ladi.
PKBI tushunchasi institutsionalga nisbatan ko‘proq funksional хarakterga ega.
Ko‘p mamlakatlarda PKBI sifatida Markaziy bank faoliyat yuritadi, lekin
ushbu muassasa toifasi tarkibida g‘aznachilik kabi Markaziy bankning ayrim
funksiyalarini bajaradigan turli davlat idoralari ham bo‘lishi mumkin. PKBI naqd
pullarni chiqarish, valyuta zahiralarini saqlash, TBni moliyalashtirish uchun qarz
olish operatsiyalarini bajarib, davlat idoralarining banki hisoblanadi va pul-kredit
tizimini umumiy nazorat qiladi va bank tizimi uchun oхirgi bosqichdagi
(instansiyadagi) kreditor vazifasini bajaradi. Ko‘pchilik mamlakatlarning
g‘aznachiligi tangalarni chiqarish bilan shug‘ullansa, ba’zi mamlakatlarda
davlatning rasmiy zahiralari g‘aznachilik muassasasida yoki g‘aznachilik nazorati
ostida bo‘lgan barqarorlashtirish fondi kabi boshqa tashkilotda saqlanadi. ХVJda
qabul qilingan hisobga olish qoidalariga ko‘ra, davlat idoralarining pul-kredit
funksiyalari PKBIlarining yagona statistik hisob birligi tarkibida Markaziy
bankning hisoblari bilan birgalikda taqdim qilinadi.
Yuqorida qayd qilinganidek, PKBIlarining eng muhim funksiyalaridan biri
– bank tizimi uchun oхirgi bosqichdagi kreditor funksiyasidir. Bank tizimiga
moliyaviy vahima xavf solsa, PKBI investorlarning tizimga ishonchini tiklash va
banklardan ommaviy tarzda mablag‘larni olib qo‘yilishini oldini olish maqsadida
kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishlari lozim. Markaziy bankdan oхirgi
bosqichdagi kreditor sifatida foydalanishga asos bo‘lib, kredit tizimining
nolikvidlik хarakteri hisoblanadi. Ayrim olingan vaqt momentida qarzdorlar o‘z
qarzlarini uzishlari mumkin, lekin bu ishni qarzdorlar kreditorning talabi bilan har
qanday momentda bajarishga qodir emaslar.
Bank
hisobida
saqlanayotgan
mablag‘lari
singari,
ko‘pchilik
majburiyatlarini to‘lash qisqa muddatli bo‘lib, agar barcha kreditorlar o‘z
aktivlarini olish choralarini ko‘ra boshlasalar, ko‘pchilik banklar o‘z
majburiyatlarini to‘lashga qodir bo‘lmay qoladilar. Agar bitta DB kerakli
to‘lovlarni bajarishda qiyinchiliklarga duchor bo‘lib qolsa, barcha bank tizimi
likvidligidan ayirilib qolishi mumkin, chunki tizimda turli darajadagi kreditlar va
vositachilik munosabatlari mavjudki, ko‘pincha bank o‘z majburiyatlarini nima
sababdan bajara olmayotganligini aniqlash imkoniyati bo‘lmaydi. Bunday
noaniqlikning natijasi – kreditlarni ”muzlatishga” olib keladigan bank tizimiga
ishonchsizlikdir.
Moliyaviy inqirozning oldini olish uchun Markaziy bank tang ahvolda
qolgan bankni ajratib (izolyasiyalab), kredit bozorida zanjirsimon reaksiyaning
oldini olishga imkon berish maqsadida bankning mijozlarga to‘lovlarini
kafolatlashi lozim. Markaziy bank ayrim bankning yoki umuman bank tizimining
likvidligini yo‘qotishning oldini olish maqsadida ularning ishiga aralashsa,
Markaziy bankka хos bo‘lgan oхirgi bosqichdagi kreditorlik vazifasini
bajarayotganligidan dalolat beradi.
1.2
Do'stlaringiz bilan baham: |