6. O'yin olib borishning taktik usullari nima?
a) hujum;
b) to'p uzatishlar;
c) taktik kombinatsiyalar va о ‘yin tizimi; d) himoya.
7. Voleybolchining taktik harakatlarini amalda o'rganish qanday ketma-
ketlikda olib boriladi?
a) videoyozuvlami (sxemalami) tomosha qilish mashg'ulotlarda sinab
ko'rish, musobaqalarda qo'llash;
b) individual, keyin guruhli so'ngra jamoaviy harakatlami o'rganish;
c) imitatsiya, texnika mashqlari, taktik mashqiar;
d) raqibsiz, sust raqib bilan, musobaqa shaklida.
8. Qaysi zonaga to'pni o'yinga kiritish foydali ekanligi to'g‘risidagi qaror
qanday individual sifat hisobiga qabul qilinadi?
a) ong, koordinatsiya va xotira hisobiga;
b) diqqatni jamlash va reaksiya aniqligi hisobiga;
c) taktik-tahliliy jikrlash hisobiga;
d) intellektual qobiliyat hisobiga.
9. Hujumda jamoaviy taktik harakatlarni tashkil etishda nechta o'yinchi
qatnashadi?
a) 5;
b ) 3;
c) 4;
d) 6.
10. Himoyada jam oaviy taktik harakatlarni tashkil qilishda nechta
o'yinchi ishtirok etadi?
a) 2;
b) 3;
c) 6;
d) 4.
IV BOB. VOLEYBOL TEXNIKASIGA 0 ‘RGATISH
4.1. 0 ‘rgatish asoslari
Har bir sohada biror-bir harakatga (kasb, sport va h.k.) oTgatish
samaradorligini shu harakatni o ‘zlashtirish darajasi bilan belgi
lanadi.
Sport amaliyotida dastlabki o ‘rgatish jarayoni ko‘p yillik sport
trenirovkasining fundamental bosqichi bo‘lib, ushbu bosqichda
oTgatish uslublari va vositalaridan to ‘g'ri foydalanish keyingi
bosqichlarda sport m ahoratini sam arali shakllanishiga imkon
yaratadi.
Dastlabki o ‘rgatish jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda
boianing ontogenetik hamda biopsixologik xususiyatlari e ’tiborga
olinishi zarur. Boshqacha qilib aytganda, dastlabki oTgatish
jarayonida o ‘tkaziladigan m ashg‘ulotlar yuklamalari shug‘ulla-
nuvchi bolalaming jismoniy va funksional imkoniyatlariga qarab
m e’yorlanishi va qollanilishi lozim.
M a’lumki, harakat (yuklama) hajmi va shiddati inson salo-
m atligi, uning jism oniy va funksional shakllanishida m uhim
ahamiyatga egadir. Lekin barcha harakat turlari, jum ladan sport
to'garaklarida ijro etiladigan jismoniy va texnik-taktik mashqlar
hajmi ham da shiddati shug‘ullanuvchining funksional im ko
niyatlariga mos kelishi yoki xiyolgina yuqori bolishi lozim. Chunki
biologiya fanida azaldan o ‘z isbotini topgan qonuniyatlarga ko‘ra,
ontogenetik taraqqiyotning muayyan bosqichlarida bajariladigan
kundalik jism oniy yuklamaning (nagruzka) yalpi ta ’sir «kuchi»
organizmning funksional imkoniyatlaridan doim o yuqori b o lsa,
shu organizmda (organlar, mushaklar, tomirlar, hujayralar, to ‘qi-
malar, yurak, o ‘pka, taloq, jigar va h.k.) zoTiqish yoki tez toliqish
alomatlari paydo bo ‘ladi.
Bunday salbiy «izlar» odam ning, ayniqsa, boianing odatiy
funksional faoliyatini izdan chiqaradi, kayfiyatni tushiradi, uyquni
48
buzadi, pirovardida ish qobiliyatini susaytiradi va uning to ’liq
tiklanishiga to ‘sqin!ik qiiadi. Agar shunday yuklamalar ustunligi
bola faoliyatida surunkali qaytarilib tursa, organizmning nafaqat
normal o ‘sishiga ta ’sir etishi mum kin, balki ushbu yuklamalar
ustunligi turli funksional «obyekt»larda lokal yoki global patologik
asoratlar paydo b o iish ig a olib kelishi ehtim oldan xoli emas.
Aksincha, kundalik yoki yalpi mashg'ulot yuklamalari hajmi va
shiddati funksional imkoniyatdan past b o isa, jismoniy sifatlarning
shakllanishi susayadi, ish qobiliyati kuchaym aydi. B inobarin,
kundalik yoki yalpi yuklamalar, shu jum ladan, jismoniy tarbiya
darslari va trcnirovka mashg‘ulotlariga oid yuklamalarni bolalaming
yoshi, jin s i, jism o n iy va funksional im k o n iv atlarig a qarab
«to‘lqinsimon» prinsipda oshira borish darkor. Demak, bolalar
sportiga oid mashg‘ulotlarni tashkil qilishda pedagogik. va tibbiy
nazoratga asoslanish sogMom, barkam ol avlodni tarbiyalash
jarayonining ajralmas qismidir.
Shunday ekan, jismoniy tarbiya va sport bo'yieha otkaziladigan
mashg‘ulotlar (jismoniy tarbiya darsi, trenirovka mashg‘uloti, sport
musobaqalari) mazm unini maqsadli rejalashtirish va boshqarish
har bir mutaxassis (o ‘qituvchi, murabbiy, tashkilotchi, uslubchi,
yo‘riqchi) va rah b ar shaxsga katta m as’uliyat yuklashi, ular
jism o n iy m adaniyat, jism o n iy tarbiya, jism o n iy rivojlanish,
jism oniy tayyorgarlik va sport masalalariga oid bilimlarni o ‘zlash-
tirishlari, muvofiq kasbiy-pedagogik malaka va ko‘nikmalarni puxta
egallashlari zarurligi isbot talab qilmaydi.
Alohida e ’tibor qaratish m uhim ki, bolalar sportini samarali
tashkil qilish, ko‘p yillik sport trenirovkasi jarayonida shug‘ul-
lanuvchilar sog'ligi va ularning sport mahoratini shakllantira borish
ustuvor jihatdan jism oniy tayyorgarlik ko'Tsatkichlariga bogiiqdir.
Jismoniy tayyorgarlik va uning salohiyatini ifoda etuvchi kuch,
tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik kabi sifatlar
iimiy obyekt sifatida azaldan ko‘pdan-ko"p tadqiqotchi olimlar
diqqatini jalb qilib kelgan. Ularning tadqiqotlarida jismoniy sifatlar
ning mohiyati, m azm uni, ularni jism oniy tarbiya va sport hamda
boshqa jarayonlardagi ahamiyati va rivojlantirish muammolari
atroflicha yoritilgan.
49
Ushbu muammolarni turli yoshdagi o ‘quvchi va bolalar sporti
misolida o ‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar natijalari ham talaygina
ilmiy nashrlarda o ‘z ifodasini topgan.
T a’kidlash joizki, jismoniy tarbiya va sport turlari nazariyasi
va uslubiyati bo‘yicha nashr etilgan darslik hamda qoMlanmalarda
jismoniy tayyorgarlik tushunchasi — bu muayyan kasbiy faoliyat
yoki sport turida m a’lum jarayon samaradorligirii belgilab berish
darajasida shakllangan tayyorgarlik — ish qobiliyati, harakat
sifatlari, malakalari va ko'nikmalarining integral ifodasini anglatadi.
Sport amaliyotida (kasbiy amaliyotda ham ) jism oniy tayyor-
garlik, odatda, ikki bir-biriga cham barchas b o g liq bo'lgan —
umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik turlariga b o ‘linadi.
Hayot davomida inson sog'ligi, uning aqliy va jismoniy faolligi,
ko'p yillik sport trenirovkasi davomida sport m ahoratining shakl-
lana borishi ustuvor jihatdan shu ikki tayyorgarlik turlari mazmuni
va darajasi bilan belgilanadi.
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida qo'yiladigan asosiy
maqsad — sog‘liqni mustahkamlash ham da yuqori sport natijalariga
erishish, avvalam bor, yoshlikdan boshlab um um iy jism oniy
sifatlarni rivojlantirish muhimligiga e ’tibor qaratadi. Aksariyat
olimlarning ta ’kidlashicha, muayyan sport turi b o ‘yicha muntazam
o ‘tkazib boriladigan hamda hajm, shiddat va mazm un jihatdan
t o ‘g ‘ri tashkil qilin g an m ash g ‘u lo tla r b o la la r va o ‘sm irla r
organizmiga ijobiy ta ’sir ko‘rsatar ekan. Lekin, umumiy jismoniy
tayyorgarlikka asoslangan va to r d o irad a ixtisoslashtirilgan
mashg‘ulotlar salbiy oqibatlarga olib kelishi kuzatilgan. Binobarin,
dastlabki o‘rgatish bosqichida jismoniy va texnik-taktik mashqiar
nisbatini to ‘g‘ri rejalashtirish bolalar sport mahoratini samarali
shakllantirish imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |