Universiteti tarix fakulteti



Download 90,5 Kb.
bet1/2
Sana16.03.2022
Hajmi90,5 Kb.
#495075
  1   2
Bog'liq
2 5210897667764263634


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


TARIX FAKULTETI “O‘ZBEKISTON TARIXI” KAFEDRASI


70220301 – Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha) mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
Maxkamova Ra’noning
ILMIY-PEDAGOGIK ISH
bo‘yicha 2021–2022-o‘quv yilining 1-semestri davomida qilgan ishlari
HISOBOTI

1
TOSHKENT – 2022





Maxkamova Ra’no Aloviddin qizining
Ilmiy-pedagogik ish bo‘yicha 2021–2022-o‘quv yilining 1-semestri davomida qilgan ishlari
HISOBOTI

Magistrantlarni zamon talablariga javob bera oladigan ilmiy- pedagogik faoliyatga tayyorlash maqsadida 2021–2022-o‘quv yilining sentabr oyidan boshlab ilmiy-pedagogik ish jarayoni boshlandi. Mazkur jarayonda o‘zimdagi pedagogik malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun men tanlagan ilmiy rahbar, O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori, t.f.f.d. (Ds) Ishanxodjayeva Zamira Raimovna tomonidan tegishli vazifa va yo’nalish berib borildi. Natijada, yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish, o‘quv jarayonida fanlardan olingan nazariy va amaliy bilimlarni tizimli-uslubiy ravishda ilmiy-pedagogik faoliyatga joriy qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirib bormoqdaman. Quyida 2021-yil sentabr – 2022-yil yanvar oylarida amalga oshirilgan Ilmiy-pedagogik ishlar oylar kesimida taqdim etilmoqda.


Sentabr oyida quyidagi ishlar amalga oshirildi. O‘quv jarayoni rasman 13-sentabrdan boshlanganini inobatga olib, birinchi va ikkinchi o‘quv haftasida ilmiy-pedagogik ishning maqsadi, vazifasi, obyekti va magistrantlarga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha nazariy bilimlar egallandi. Ilmiy-pedagogik ishni amalga oshirish tartibi, usullari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lindi. Dastlabki vazifa sifatida ta’lim sohasiga oid qonunlar va me’yoriy hujjatlarni o‘rganib chiqish vazifasi berildi. Shunga muvofiq ravishda O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2020-yil 23-sentabrda yangidan qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun batafsil o‘rganildi. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar, ta’lim tizimi, turlari va shakllari, jumladan, oliy ta’lim tizimi to‘g‘risidagi huquqiy normalar bilan batafsil tanishib chiqildi.
Oktabr oyining dastlabki haftasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-martdagi qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi Nizom bilan tanishib chiqildi. Mazkur Nizomda magistrlar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar, magistratura talabalarining huquq va majburiyatlari, magistraturada ta’lim jarayonini tashkil etish kabilar huquqiy jihatdan mustahkamlangan. Oktabrning ikkinchi va uchinchi haftalari davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom to‘liq o‘rganib chiqildi. Mazkur Nizom asosida kredit-modul tizimi, ta’lim dasturi tuzilmasi, o‘quv jarayonini rejalashtirish, monitoring olib borish va ta’lim sifatini ta’minlash kabi zaruriy bilimlar egallandi.
Noyabr oyining birinchi haftasida universitetda bakalavriat va magistraturaga oid o‘quv jarayoniga joriy qilingan me’yoriy hujjatlarni o‘rganish boshlandi. O‘quv reja, fan dasturi, ishchi dasturlarning tuzilishi, ularni yuritishdan maqsad va ushbu hujjatlarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati haqida chuqur tushunchalar hosil qilindi. Guruh jurnallarini yuritishni o‘rganish maqsadida uning tuzilishi, unda qayd etilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar o‘rganildi. Shu bilan bir qatorda, dars jadvali, uni tuzishda inobatga olinishi lozim bo‘lgan omillar tahlil etildi. Noyabr oyining ikkinchi haftasi davomida oliy o‘quv yurti bakalavr
yo‘nalishida o‘qitiladigan fanlar tizimini o‘rganish maqsadida bakalavriat yo‘nalishi o‘quv rejasida o‘qitiladigan fanlarning bloklarga ajratilishi, o‘quv soatlarining taqsimlanishi tahlil etildi. Oyning keyingi haftalarida darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmasi yanada rivojlantirildi. Bakalavriat yo‘nalishi uchun chop etilgan yangi adabiyotlar, darsliklar bilan tanishib chiqildi. Fan dasturlarida tavsiya etilgan asosiy adabiyotlar ro‘yxatlari shakllantirildi.
Dekabr oyining uch haftasi davomida fakultetning Tarix yo‘nalishi 4 bosqich talabalari uchun tashkil etilgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda kuzatuvchi sifatida qatnashildi. Mazkur guruh uchun “O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi fanidan mashg‘ulotlar professor Z.R.Ishanxodjayeva tomonidan olib borildi. Ushbu semestrda guruhga o‘quv dasturiga muvofiq O‘zbekistonning barcha davrlardagi madaniyati, urf odatlari,san’ati tarixi va ularning vujudga kelishi o’tildi. Darslar davomida professor Z.R.Ishanxodjayeva tomonidan bir qator zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanildi. Jumladan, “Taqdimot”, “Tanqidiy tahlil” (“Critical thinking”), “Loyiha” va boshqa metodlar qo’llanildi
Yanvar oyida qishki ta’til rasman 24-yanvargacha davom etganiga qaramay, ilmiy pedagogik ishlar 10-yanvar sanasidan boshlab onlayn davom ettirildi. Mazkur jarayonda ilmiy rahbar ish faoliyati va dars beradigan fanlari bo‘yicha yaratilgan o‘quv-uslubiy hujjatlar tahliliy o‘rganildi. O‘qituvchining ish yuklamasi va undagi bandlar tahlil etildi. O‘qituvchi dars beradigan guruhlar va ularning dars jadvallari ko‘zdan kechirildi. Pedagogning yarim yillik va yillik hisobotlari qanday yozilishi, uning tuzilishi va unda aks ettirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar yuzasidan tushuncha hosil qilindi.

Download 90,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish