Universiteti tabiyot fanlari fakulteti



Download 4,83 Mb.
bet1/4
Sana11.07.2022
Hajmi4,83 Mb.
#777442
  1   2   3   4
Bog'liq
BITIRUV MALAKAVIY ISHI



O‘ ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI TABIYOT FANLARI FAKULTETI


5140400 - Biologiyni o‘qitish metodikasi ta‘lim yo‘nalishi 4 - kurs talabasi
Choriyeva Sohiba Sherabadovnaning


BITIRUV MALAKAVIY ISHI


Mavzu: UMUMIY TA‘LIM MAKTABLARIDA ZOOLOGIYADAN O‘QUVCHILAR BILIMINI NAZORAT QILISHNI O‘Z-O‘ZINI BAHOLASH
ASOSIDA TASHKIL ETISH


“Himoyaga ruxsat etildi” Tabiyot fanlari fakulteti dekani
E.R. Yuzlikayeva
” 2015yil


“Tasdiqlayman” Zoologiya, anatomiya va fiziologiya kafedrasi mudiri


Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari nomzodi, dotsent v.b. N.J.Toshmanov


D.A.Mamatqulov 2015 yil


Toshkent - 2015


1


MUNDARIJA


Bet
KIRISH 3
I bob. ZOOLOGIYADAN DARS MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL
ETISHNING AYRIM MEZONLARI 6

  1. Zoologiya darslarida ta‘lim va tarbiya 6

  2. Zoologiya darslarida beriladigan asosiy tushunchalar 13

  3. Uzluksiz ta‘lim tizimida biologiyani o‘qitish jarayoniga

qo‘yiladigan talablar 22

  1. bob. BILIMNI BAHOLASHDA FOYDALANILADIGAN TEST

TOPS HIRIQLARININGT AHLILI 29

  1. Bir tanlov javobli test topshiriqlarini qo‘llanilishi 29

  2. Ko‘p tanlov javobli test topshiriqlarining asosiy xillari 31

  3. O‘z-o‘zini baholash orqali bilimni nazorat qilish 34

  4. Ko‘p tanlov javobli test topshiriqlari yordamida mustaqil

o‘qishni tashkil etish 38
XULOSALAR 44
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 45
ANNOTATSIYALAR 47
LUG‘AT 50


2


KIRISH




O‘zbekiston respublikasi prezidenti I.Karimov o‘zining“Tarixiy xotira va inson omili - buyuk kelajagimizning garovidir” risolasida biz uchun eng ustuvor masalalardan biri yoshlar tarbiyasi ekani yana bir bor ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari uqtirib o‘tganidek, yoshlarimizni“Mana shu muqaaddas tuproq - meniki, bu erda ota-bobolarimning xoki poklari yotibdi. Agar shu musaffo osmon, mana shu yorug‘ hayot uchun, ona Vatanim uchun men kurashmasam, men jonimni fido qilmasam, kim kurashadi” degan e’tiqod ruhida tarbiyalash beqiyos ahamiyat kasb etadi.(1)
Prezidentimiz I.A. Karimovning Respublikamizda uzluksiz ta‘lim tizimini joriy etishning ilmiy-nazariy asosi bo‘lgan "Ta‘lim to‘g‘risida" Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingan 1997 yil 29 avgustdagi Oliy Majlisning IIX sessiyasida so‘zlagan nutqida o‘qituvchilarning shaxsiy va kasbiy tayyorgarligidagi qator kamchiliklar, jumladan, o‘qituvchilarning o‘quvchilarga zamonaviy bilim berishiga imkon beradigan zamonaviy bilim, ko‘nikma vamalakalarga ega emasligi, maktablardagi ta‘lim -tarbiyajarayonida o‘qituvchi yakka hokim ekanligi, pedagogik munosabatlar avtoritar printsipga asoslanganligi, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabat majburiy itoatkorlikka asoslanganligi, o‘quvchilarda ongli intizomni vujudga keltirishga e’tibor berilmayotganligi, o‘quvchilarning bilish faoliyati esa bilim va ko‘nikmalarni reproduktiv darajada o‘zlashtirishga qaratilganligi, o‘quvchilarning faoliyati erkin va mustaqil fikrlashga yo‘naltirilmayotganligi ta’kidlanib, ularni bartaraf etish dolzarb muammo ekanligi qayd etilgan.(2)
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Tabiiy fanlar asoslari bo‘yicha beriladigan bilimlar umumiy o‘rta, jumladan uch yillik o‘rta maxsus ta‘lim ning tarkibiy qismini tashkil etadi. Ta‘lim to‘g‘risida qabul qilingan strategik hujjatlarg abinoan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilar tabiiy fanlar, shu jumladan umumiy biologiyadan asosiy bilimlarga ega bo‘lishlari zarur. Lekin tabiiy fanlar, jumladan biologiya sohasida beriladiga bilimlarni o‘zlashtirish


3




o‘quvchilarda birmuncha qiyinchilik tug‘ diradi. Olib borilgan tekshirishlar mustaqil bilim olishni rag‘batlantiradigan vositalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etilmagani tufayli biologik ta‘lim etarli samara bermayotganligini ko‘rsatadi. Ana shuning uchun ham tabiiy fanlarni maktabda o‘qitish metodikasi oldida o‘quv jarayonini o‘qituvchining rahbarlik o‘rnini kamsitmasdan, o‘quvchiga tushadigan o‘quv yuklamasini oshirmasdan faol tashkil etish muammosi ko‘ndalang bo‘lib turibdi (3).
O‘quvchilar bilimini nazorat qilish ularning mustaqil bilim olishini tashkil etish va bilish faoliyatini kuchaytirish muammolariga bir qator ilmiy adabiyotlarda keng o‘rin berilgan. Ammo aksariyat ko‘pchilik manbalarda o‘quvchilarning sinfda yoki sinfdan tashqarida bajariladigan mustaqil ishlariga asosiy e’tibor beriladi. Ularning uyda bajarishi lozim bo‘lgan ishlari, jumladan bu maksadda test topshiriqlaridan foydalanish esa e’tibordan chetda qolib kelgan. Uyda mustaqil bilim olish dars jarayonida olingan bilimlarni mustahkamlashga, ularni yanada kengaytirish va yangi bilimlar bilan boyitishga imkon beradi.
Bitiruv malakaviy ishining ahamiyati. O‘quv jarayonlarini tashkil etishda gigienik me’yorlarga amal qilish, o‘quvchilarga vazifa berilganda uning yosh xususiyatlari va fiziologik imkoniyatlarini hisobga olish muxim ahamiyatga ega.O‘quv jarayoni gigienik me’yorlarga amal qilmaslik, o‘quv nagruzkaning xaddan oshib ketishi o‘quvchilarni o‘ta toliqishiga va o‘zlashtirishni pasayishiga olib keladi. O‘quv jarayoniga qo‘llanayotgan o‘quvchilar bilimini o‘z-o‘zini baholash orqali nazorat qilish va mustaqil o‘qishini tashkil etish texnologiyasi yuqoridagi muammolarni hal qilishda katta ahamiyatga ega. O‘quv jarayoniga o‘z- o‘zini baholash sistemasini joriy etilishi ta‘lim ning demokratik tamoyillarini rivojlantiradi; o‘quvchilarni bilim olishga qiziqishini oshiradi. Bu jarayonda matematik vositalardan foydalanish esa o‘quvchilarni mantiqan aniq fikrlashga o‘rgatadi. Ishlab chiqilgan ko‘p tanlov javobli test topshiriqlaridan akademik litseylarda va umum o‘rta maktablarida zoologiyadan nazoratlar o‘tkazishda foydalanish mumkin.


4




Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Zoologiya darslarini o‘quvchilar ko‘ptanlov javobli test topshiriqlari vositasida o‘quvchilarning mustaqil bilim olishi va o‘z-o‘zini baholashi texnologiyasi asosida tashkil etish.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • mustaqil bilim olishi va o‘z-o‘zini baholash uchun mavzular bo‘yicha ko‘p tanlov javobli test topshiriqlarini tuzib chiqish;

  • ko‘p tanlov javobli test topshiriqlaridan foydalangan holda o‘quvchilarning mustaqil o‘qishi va bilimni baholashni tashkil etish;

  • o‘zlashtirish samaradorligini solishtirish.


5


  1. bob. ZOOLOGIYADAN DARS MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISHNING AYRIM MEZONLARI


  1. Zoologiya darslarida ta‘lim va tarbiya

Kelgusida o‘quvchi yoshlarning bozor iqtisodining murakkab sharoitiga moslasha oladigan komil inson bo‘lib etishishi hozirgi davrda o‘rta umumiy ta‘lim maktablarida olib boriladigan ta‘lim - tarbiya ishlari bilan bevosita bog‘ liq. Yetuk komil insonni tarbiyalash vazifasiningbajarilishi uchun fanlarni o‘qitish jarayonida ta‘lim va tarbiyaning uzviyligini ta’minlash; o‘quvchi yoshlarning ilmiy dunyoqarashi va kasbiy tushunchalarini shakllantirish, dars jarayonida estetik, gigienik, ma‘naviy-axloqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyani amalga oshirish; yoshlar ongiga milliy istiqlol va vatanparvarlik g‘ oyalarini singdirish bilan bog‘ iiq.
Zoologiyani o‘qitishda o‘quvchilarning ilmiy dunyo- qarashini shakllantirish. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‘rsatilganidek, intellektual barkamol, har tomonlama yetuk insonni tarbiyalab yetishtirish vazifasini muvaffaqiyatli amalga oshirish hozirgi o‘quvchi yoshlar ongida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish bilan bevosita bog‘iiq. Ilmiy dunyoqarash pedagogik nuqtayi nazardan falsafiy, ilmiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, iqtisodiy, estetik e’tiqodlar va tasavvurlar yig‘ indisi, insonning moddiy borliq to‘g‘risidagi qarashlari majmuasidan iborat.(2)
Zoologiya darsligida hayvonot dunyosini o‘rganishga tarixiy nuqtayi nazardan qaraladi. Ularni o‘rganish eng sodda tuzilgan bir hujayralilardan boshlanib, sutemizuvchilar sinfiga mansub eng yuksak tuzilgan odamsimon maymunlar bilan tugallanadi. Darslikka kiritilgan materiallarni jiddiy o‘rgangan o‘quvchi ongida hayvonot dunyosining oddiydan murakkablashuv tomonga qarab yuz millionlab yillar davom etgan tarixiy taraqqiyoti gavdalanadi. O‘quvchilar har bir o‘rganilgan organizm yoki taksonomik guruh o‘zidan oldingisiga nisbatan murakkab tuzilgan va tarixiy nuqtayi nazardan keyinroq kelib chiqqanligi to‘g‘risida ilmiy tushunchaga ega bo‘lishadi.Ana shu sababdan maktab zoologiya


6


kursi o‘quvchilar ongida ilmiy materialistik dunyoqarashni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.


Zoologiya darslarida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun asos bo‘ladigan tushunchalar quyidagilardan iborat:

  • hayvonlar organizmining boshqa barcha mavjudotlar singari hujayralardan tashkil topganligi;

  • barcha organizmlar hujayrasi tuzilishi va funktsiyasining o‘xshashligi;

  • hayvonlar orasida o‘simlikka o‘xshash tuzilish va oziqlanish xususiyatiga ega bo‘ lgan turlarning bo‘ lishi;

  • barcha hayvonlarning rivojlanishi urug‘ langan bitta tuxum hujayradan boshlanishi;

  • har qanday organizm o‘zining embrional rivojlanishi davomida o‘z turining tarixiy rivojlanishini takrorlashi;

  • tur sistematik guruhlar o‘rtasidagi o‘xshashlik ularning umumiy bitta ajdoddan kelib chiqqanligini ko‘rsatishi;

  • hayvonot dunyosining hozirgi sistemasi hayvonlarning turli sistematik guruhlar o‘rtasidagi qarindoshlikni aks ettirishi;

  • o‘zaro qarindosh sistematik guruhlar lichinkalik davrining o‘xshashligi;

  • uy hayvonlarining yovvoyi ajdodlarini mavjudligi;

  • hayvonlarning biologik xilma - xilligi va buning sabablari;

  • hayvonlarning yer yuzida tarqalishi qonuniyatlari.

Ilmiy dunyoqarashning shakllanishi o‘quvchilar tafakkurining rivojlanishi, ularning mantiqiy fikrlash, mulohaza qilish qobiliyatlari bilan bog‘ liq. Tafakkur orqali o‘quvc hilar hayvonlarning tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi, hayot kechirishi va tarqalishi qonuniyatlarining mohiyatini tushunib olishadi. Mantiqiy fikrlash va mulohaza qilish orqali esa ular bu qonuniyatlarning namoyon bo‘lishi sabablarini anglab etishadi, O‘quvchilarning mulohaza yuritish va mantiqiy fikrlash asosida o‘rganilgan bilimlardan ilmiy xulosa chiqara olish qobiliyatining namoyon bo‘lishi biologiya o‘qituvchisining mahoratiga, mashg‘ulotda qo‘llanilgan metod va texnologiyalarga bog‘ liq.


7




Zoologiyani o‘qitishda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish. Hayvonot olami bola e’tiborini uning go‘daklik davridayoq o‘ziga jalb qiladi. Bola maktab yoshiga yetganida hayvonlarning bir qancha turlarini taniydi, ular to‘g‘risida ancha ma’lumotlarni biladi. Boshlang‘ich sinflarda ularning bilimi ancha kengayadi. Shuning uchun umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida kasbga yo‘naltirish ishlari o‘quvchilarning kasbga oid tushunchalarini shakllantirishdan iborat bo‘lishi kerak. Bunday tushunchalar orqali o‘quvchilar ongida shakllanayotgan kasbiy motivatsiyani boshqarish mumkin. Bunday ishlar 5-9 - sinflarda olib borilishi ayni muddao bo‘ladi. Chunki, bu davrda bolalar romantik bo‘lishadi; ularning xulq- atvorida jamiyatga va atrof-muhitga nisbatan shaxsiy munosabatlari shakllana boshlaydi. Dastlab ularni kasbning mazmuni emas, balki uning jozibadorligi va jamiyatdagi mavqey ko‘proq qiziqtiradi. Shuning uchun bu davrda ularni qiziqtiradigan kasblarning mohiyatini ochib berish, u yoki bu kasbni egallash uchun zarur bo‘lgan qobiliyat va mahorat to‘g‘risida tushuncha berish kerak.
Darslikdagi materiallar orqali o‘quvchilarga zoolog, ekolog, zootexnik, zooinjener, veterinar, vrach, parazitolog vrach, ixtiolog, agronom, entomolog, gelmintolog, fermer, asalarichi, ipakchi, selektsioner, biologiya o‘qituvchisi kabi kasblar to‘g‘risida tushuncha berish mumkin. Ayniqsa, darslikning «Hayvonot dunyosi to‘g‘risida umumiy ma’lumot» qismi bunga yaxshi imkon beradi. O‘qituvchi hayvonlarning xilma-xilligi, deyarli har kuni o‘nlab yangi turlarning kashf etilayotganligini ta’kidlab o‘tadi. Hayvonlarning tabiatda va odamlar hayotidagi ahamiyati tushuntirilganida, hayvonlar va o‘simliklarsiz umuman tiriklik bo‘lmasligi aytiladi. Zoologiyaning rivojlanishi tarixida esa atoqli olimlarning hayoti va ijodi, zoologiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar to‘g‘risida ma’lumot beriladi.(11)
Darslikda hayvonlarning yashash muhiti to‘g‘risidagi ma’lumotlar borgan sari kengaytirib boriladi. ekologikmateriallar qushlarga oid mavzularning asosini tashkil etadi. O‘qituvchi bunday mavzularni o‘qitishda ekologik bilimlarning amaliy ahamiyati, ekolog kasbining xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari, jumladan, neft, ko‘mir va turli ma’danlarni qazib olish, suv, tuproq, havo va oziq-


8




ovqat mahsulotlarining sanitar holati va sifatini nazorat qilish uchun zarurligini, buning uchun kimyo, fizika, matematika, geografiya va boshqa fanlardan etarli bilimga ega bo‘lish kerakligini tushuntiradi. Parazit hayvonlar (bir hujayralilar, hasharotlar, yassi chuvalchanglar, to‘garak chuvalchanglar, kanalar)ni o‘rganishda o‘quvchilarga parazitolog, gelmintolog, epidemiolog kasblari to‘g‘risida tushuncha beriladi. Parazit hayvonlar yuqtiradigan kasalliklar va ulardan saqlanish to‘g‘risida ma’lumotlar asosida o‘quvchilarda tibbiy tushunchalar, hasharotlar va baliqlar mavzusida esa asalarichilik, ipakchilik va baliqchilik kasblari to‘g‘risida tushunchalar beriladi.
Kasbga yo‘naltirishda o‘quvchilarning zoologiya sohasidagi olimlar va mutaxasislar bilan uchrashuvini tashkil etish, darslarda kasbga yo‘naltiruvchi mashqlardan foydalanish, tematik kechalar, bayramlar, konferentsiya darslari, «Kasbni o‘ylab top» kabi o‘yinlarni o‘tkazish ham katta samara beradi. Kasbiy tushunchalar, qiziqish, layoqat, qobiliyat, u yoki bu kasbni tanlash uchun zarur bo‘lgan motivatsiya o‘zaro dinamik bog‘ langan bo‘lib, ular orqali qiziqish paydo bo‘ladi. Qiziqish muayyan faoliyatni yuzaga chiqaradi. Faoliyat orqali qobiliyat rivojlanadi. Zoologiyaga qiziqish bir tomondan, kasb tanlashga, ikkinchi tomondan barcha tabiat fanlarini o‘rganishga ijobiy ta’ sir ko‘rsatadi.(15)
Zoologiyani o‘qitishda ekologik tarbiya berish. Fan va texnika taraqqiyoti jadallashib odamning atrof muhitga ta’siri kuchayib borishi, ekologik inqiroz yoqasida turgan hududlarning tobora ko‘payib borishi ekologik muammolarni oldingi o‘ringa chiqarilishiga, deyarlik barcha fanlar va jamiyatni ekologiyalashtirishga sabab bo‘ldi. «... bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko‘rsatilayotgan ta’sir ni muvozanatga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro ta’sir ini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo‘lib qolmoqda» (Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘ asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.:O‘zbekiston, 1997. 114- bet). ekologik muammolarning kuchayib borishi xalq xo‘jaligining barcha sohalarini ekologiyalashtirish bilan bir vaqtning o‘zida ekologik tarbiya, ekologik


9


madaniyat, ekologik ong kabi tushunchalar ham paydo bo‘la boshladi.


Ekologik madaniyat tushunchasi shaxsning ma’naviy hayoti va kundalik turmushida namoyon bo‘ladigan xatti- harakatlari, uning tabiatning bebaho boyliklari, biologik xilma-xilligini asrash va ko‘paytirish borasidagi faoliyatini b ildiradi( 12).
Ekologik tushunchalar zoologiya darsligining deyarlik barcha mavzularida uchraydi. ekologik ta‘lim -tarbiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi o‘quvchilar ongida darslikning 1-paragrafida keltirilgan yashash muhiti va uning omillari to‘g‘risidagi tushunchalarni shakllantirishdan boshlanadi. Keyingi mashg‘ ulotlarda o‘quvchilarning ekologiya sohasidagi bilimlari kengaytirib boriladi. Barcha sistematik guruhlar ta’rifi va ularga mansub turlarning tashqi va ichki tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi va tarqalishiga ekologik nuqtayi nazardan turib tavsif beriladi. Ekologik ta‘lim ni amalga oshirishda hayvonlarning tuzilishi va hayoti u xususiyatlarini yashash muhiti bilan solishtirib o‘rganish yaxshi natija beradi. Ekologik bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish maqsadida quruqlik, suv va havo muhitida yashaydigan hayvonlarning tuzilishi va hayotini solishtirib o‘rganish yaxshi natija beradi.
Ekologik madaniyat tushunchasi ekologiya sohasidagi bilimlarni amaliyotga tatbiq etish bilan bog‘liq. ekologik madaniyatni shakllantirishda noyob, yo‘qolib borayotgan, engemik turlar va ularni saqlab qolish hamda ko‘paytirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, hayvonlar ustida olib borilayotgan kuzatishlar, maktab jonli burchagida olib borilayotgan ishlar, ayniqsa tabiatga o‘tkaziladigan ekskursiyalar katta ahamiyatga ega.
Zoologiyani o‘qitishda gigienik va ma’naviy axloqiy tarbiya berish. Zoologiyani o‘qitishda gigienik tarbiya inson salomatligiga ziyon keltiradigan parazit hayvonlardan saqlanish, ularning yuqishi va tarqalishining oldini olish, atrof-muhitni va tabiatni ifloslantirmaslik masalalari bilan bog‘liq. Odam va hayvonlarda parazitlik qiladigan hayvonlar bilan o‘quvchilar «Bir hujayralilar* mavzusida tanishishadi. Soxtaoyoqlilardan ichburug‘ amyobasi, sporalilardan bezgak parazitini o‘rganish orqali o‘quvchilar bu parazitlarni respublikamiz aholisi


10


o‘rtasida tarqalishining oldini olish uchun ko‘rilayotgan ayrim tadbirlar bilan tanishishadi.


Gigienik tarbiyani amalga oshirish yassi va to‘garak chuvalchanglarni o‘rganish jarayonida ayniqsa qulay hisoblanadi. Jigar qurtini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar bu parazit tuxumdan chiqqan mikroskopik lichinkalari orqali tarqalishi, odam va hayvonlar ifloslangan ko‘lmak va hovuz suvlarini ichganida hamda ular yaqinida o‘sadigan o‘tlarni tatib ko‘rganida yuqtirishini bilib olishadi. Odam askaridasini o‘rganish jarayonida parazit tuxumlari orqali tarqalishini, tuxumlarning odam axlati bilan tuproqqa tushganida iflos qo‘l va yuvilmagan meva va sabzavot bilan odamga yuqishi mumkinligini, parazitni yuqtirmaslik uchun shaxsiy va ijtimoiy gigienik qoidalarga rioya qilish zarurligini tushunib olishadi. Kiyim va ko‘rpa-to‘shakni toza tutish, soch va terini parvarish qilish to‘g‘risidagi tushunchalar parazit hasharotlar (bit, burga, to‘shak qandalasi)ni o‘rganish jarayonida ham shakllanadi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya o‘quvchilarda chin insoniy fazilatning tarkib topishi, ya’ni tabiatga va boshqalarga nisbatan ongli munosabatda bo‘lish, o‘z burchi va mas’uliyatini to‘la-to‘kis anglab etishga, hayvonot dunyosini asrab- avaylashga o‘rgatishdan iborat. Zoologiya darslarida hayvonlarning hayotini o‘rganish, dekorativ va xonaki hayvonlarni parvarish qilish, oziqlantirishga o‘rgatish, yovvoyi va uy hayvonlari ustida kuzatish olib borish o‘quvchilarda hayvonot olamiga nisbatan insonparvarlik hissini uyg‘otadi, ularni yuksak ma’naviyatli va axloqiy sof inson sifatida shakllanishiga imkon beradi.(14)
Zoologiyani o‘qitishda o‘quvchilar ongiga milliy istiqlol g‘ oyalarini singdirish ularda Vatan tuyg‘ usini va ekologik madaniyatni yuksaltirish, ona- Vatanga va uning tabiatiga mehr-muhabbat uyg‘ otish, o‘lkamiz hayvonot va o‘simliklar dunyosi boyliklarini asrab-avaylash, ularga nisbatan ongli munosabatda bo‘lishni tarbiyalashdan iborat. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning «Hushyorlikka davat» risolasida ko‘rsatilganidek «Hozirgi vaqtda eng muhim, eng dolzarb vazifamiz — jamiyatimiz a’zolarini, avvalambor, voyaga etib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g‘oya, milliy mafkura, o‘z


11




Vataniga mehr-sadoqat tuyg‘ usini uyg‘ otish, o‘zligini anglash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir».
Milliy istiqlol mafkurasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi, xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyati, an’ana va udumlari, ulug‘ bobokalonlarimizning o‘lmas merosidan oziqlanadi (Milliy istiqlol g‘ oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Toshkent, «O‘zbekiston nashriyoti, 2000). Hozirgi davrda o‘quvchilar ongiga Milliy istiqlol g‘ oyasini singdirishda faqat ijtimoiy-gumanitar fanlar emas, tabiiy fanlar ham ishtirok etishi lozim.
Milliy qadriyatlar har bir xalq, millat va elatlarning o‘z tarixiy taraqqiyoti davomida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklari, amaliy san’ati, an’anaviy urf- odatlari, marosimlari, bayramlari, xalq o‘yinlari va millatning o‘zligini belgilaydigan tamoyillarni o‘z ichiga oladi. Har bir xalq uchun xos bo‘lgan xususiyatlar uning ma’naviy va ijtimoiy hayotida hamda turmush tarzida namoyon bo‘ladi.
Umuminsoniy qadriyatlar insoniyat tarixi davomida yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni, madaniy, ilmiy, falsafiy, axloqiy, estetik, siyosiy, badiiy, ekologik va boshqa qarashlarni o‘z ichiga oladi. Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlar zaminida shakllanadi, ya’ni milliy qadriyatlar rivojlanib, yillar davomida takomillashib boradi, boshqa millat tomonidan e’tirof etilib, umuminsoniy qadriyatlarga aylanadi. Ana shu tariqa o‘rta asrlarda bizning ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy asarlar jahonda tan olinib, umuminsoniy qadriyatlarga aylangan.
Zoologiyani o‘qitishda o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash ishlarida o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviy boyliklari, an’ana va udumlari, ulug‘ ajdodlarimiz merosidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashni dars, darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, ekskursiyalarda, vatanimiz hayvonot dunyosi boyliklari va ulardan oqilona foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar, O‘zbekistonda zoologiyaning


12




rivojlanishiga hissa qo‘shgan allomalarning ilmiy va ma’naviy meroslarini o‘rganish, tabiat muhofazasiga oid hadislar, hikmatli so‘zlar, rivoyatlar, afsonalar va maqollardan foydalanish orqali ham olib borish mumkin. O‘quvchilar ongiga milliy istiqlol g‘ oyalarini singdirish va ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda Respublikamizda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va biologik xilma-xillikni saqlab qolish, xususan, mavjud qo‘riqxonalar, zakazniklar, ularda ko‘paytiriladigan va muhofaza qilinayotgan hayvonlarning hayoti va tarqalishi, «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlar va ularni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan tadbirlarni o‘rganish ayniqsa beqiyos ahamiyatga ega. «Qushlar kuni», «O‘zbekiston baliqlari», «Hashoratlarni asrang” kabi bayramlar va tematik kechalar, ilmiy matbuot konferentsiyalari, auktsion va sud darslarining o‘tkazilishi o‘quvchilarda o‘z sinfi, maktabi va Vataniga nisbatan faxrlanish hissini shakllantiradi, ularning jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.(6)
Zoologiyani o‘qitishda o‘quvchilarni umumbashariy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash ishlarini quyidagi ma’lumotlar va mavzular doirasida amalga oshirish qulay hisoblanadi:
-hayvonot olamining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi;
-buyuk allomalarimizning zoologiyaning rivojlantirishiga qo‘shgan hissalari;
-Vatanimiz faunasining tarkib topishi va rivojlanishi;
-o‘lkamiz hayvonot dunyosi uchun xos bo‘lgan turlar;
-o‘lkamiz faunasining boshqa hududlar faunasiga o‘xshashligi va ulardan farq qilishi;
-ulug‘ allomalarimizning umumbashariy mulkka aylangan ilmiy asarlari; -zoologiyaning rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar hayoti.

  1. Zoologiya darslarida beriladigan asosiy tushunchalar

Umumiy biologik tushunchalar. Zoologiya kursida umumbiologik tushunchalar mazmunan juda xilma-xil bo‘lib, hayvonlarning hujayraviy tuzilishi,


13




to‘qimalari, organlari, ko‘payishi, rivojlanishi, kelib chiqishi va boshqa bilimlardan iborat. Bu bilimlarning o‘zlashtirilishi o‘quvchilar tomonidan ularning mazmunini to‘g‘ri anglab olish va ulardan amalda foydalana bilish bilan bog‘ liq.
Barcha tirik organizmlar singari hayvon organizmi uchun ham moddalar almashinuvi, o‘z-o‘zidan ko‘payish, o‘zgaruvchanlik, o‘sish va rivojlanish, ta’sir lanish, o‘z- o‘zidan boshqarilish, ritmlilik, energiyaga muhtojlik va boshqa xususiyatlar xos.
Moddalar almashinuvi tirik organizmlarning o‘z tanasini tiklashi, ko‘payishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddalarni tashqi muhitdan olib, tashqi muhitga almashinuv mahsulotlarini chiqarishdan iborat. Bu jarayonda organizmga kirgan moddalar bir qator kimyoviy reaktsiyalar natijasida organizm tanasini tiklash uchun zarur bo‘lgan moddalarga aylanadi. Bu jarayon assimilatsiya, ya’ni plastik almashinuv anabolizm deyiladi. Moddalar almashinuvining ikkinchi tomoni dissimilatsiyada murakkab moddalar birmuncha oddiy moddalargacha parchalanib, organizm hayoti uchun zarur bo‘lgan energiya ajralib chiqadi. Bu jarayon energiya almashinuvi, ya’ni katabolizm deyiladi. Bu jarayon bilan o‘quvchilar ayirish, nafas olish, ovqat hazm qilish organlari orqali tanishishadi.(13)
O‘z-o‘zini yaratish (reproduktsiya). Barcha tirik organizmlar ko‘payish xossasiga ega. Bu jarayonda paydo bo‘ladigan avlodlar odatda ota-ona organizmiga o‘xshash bo‘ladi, ya’ni mushukdan mushukchalar, itlardan kuchukchalar tug‘ iladi, tovuq tuxumidan qirg‘ ovul emas, faqat tovuq jo‘jalari ochib chiqadi. Reproduktsiya, ya’ni ko‘payish - organizmlarning o‘ziga o‘xshash yangi organizmlarni yaratish xususiyatidan iborat. Bu jarayon bilan o‘quvchilar jinssiz va jinsiy ko‘payish mavzusi orqali tanishishadi.
Irsiyat. Irsiyat organizmlarning tuzilish belgilari rivojlanish xususiyatlarini nasldan naslga o‘tkazish qobiliyatidan iborat. Irsiyat tufayli jinssiz ko‘payishdan hosil bo‘lgan yangi nasl ona organizmning o‘ziga aynan o‘xshash bo‘ladi, jinsiy ko‘payishda esa yangi naslota va ona organizmlarning belgilariga ega bo‘ladi. Qarindosh bo‘lgan formalari qarindosh bo‘lmagan formalarga nisbatan o‘zaro ko‘proq o‘xshashligini irsiyat orqali tushuntiriladi. Irsiyatni xromosomalarda


14


joylashgan genlar belgilab beradi.


O‘zgaruvchanlik.O‘zgaruvchanlik - irsiyatga qarama- qarshi, lekin u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan xususiyat. O‘zgaruvchanlik organizmlarning yangi belgi va xususiyatlarga ega bo‘lishidan iborat. O‘zgaruvchanlik ham irsiyat singari biologik matritsa vazifasini bajaradigan DNK molekulasining o‘zgarishi orqali yuzaga chiqadi.
O‘sish va rivojlanish. Rivojlanish tirik va notirik tabiatning muayyan yo‘nalishda qonuniy o‘zgarishi, rivojlanish organizmning yangi sifat belgilarini hosil qilishidan iborat. Rivojlanish orqali ob’ektning tarkibi va strukturasi o‘zgarib, yangi sifat holatiga o‘tadi. Tirik materiyaning rivojlanishi ontogenez (individual - xususiy) va filogenez (tarixiy) bo‘ladi.
O‘sish - organizmning o‘z tuzilishini saqlab qolgan holda miqdoriy ortishidan iborat. Organizmning o‘ziga xos xususiyatlari ontogenez davomida asta- sekin va muayyan ketma-ketlikda namoyon bo‘ladi. Rivojlanish o‘sish bilan birga boradi. Ko‘payish usulidan qat’iy nazar, har qanday zigota, spora, kurtak yoki hujayradan rivojlanayotgan organizmlar muayyan belgilarni namoyon qilish uchun zarur bo‘lgan genetik axborotga ega bo‘ladi. Rivojlanish jarayonida har bir individning o‘ziga xos bo‘lgan belgi va xususiyatlari paydo bo‘ladi, organizm massasining ortib borishi esa mikromolekulalar, hujayra elementlari va ularning reproduktsiyasi tufayli sodir bo‘ladi.
Ta‘sir lanish. Tirik organizmlarning hayoti ular yashaydigan muhit sharoiti bilan bevosita bog‘liq. evolyutsiya davomida organizmlar tashqi muhit ta’sir iga javob qaytarishga moslashgan. Organizmlarning tashqi muhit ta’siriga javob reaktsiyasi ta’sirlanish deyiladi. Organizmni o‘rab turadigan muhit sharoitining har qanday o‘zgarishi unga nisbatan ta’sirlovchi bo‘ladi.
Ko‘p hujayrali hayvonlarning ta’sir ga reaktsiyasi ularning nerv sistemasi orqali amalga oshadi va refleks deb ataladi. Nerv sistemasiga ega bo‘lmagan organizmlar, masalan, bir hujayralilar va o‘simliklarda reflekslar bo‘lmaydi. Ularning tashqi muhit ta’sir iga reaktsiyasi harakatlanish yoki o‘sish xususiyatining o‘zgarishidan iborat bo‘lib, taksis yoki tropizm deyiladi. Masalan, fototaksis -


15




organiznming yorug‘ lik tomonga harakatlanishi, xemotaksis - kontsentrlangan kimyoviy moddalar tomonga harakatlanishidan iborat. Ta’sirlovchi obyekt organizmni jalb qiladigan bo‘lsa musbat taksis, unga aks ta’sir ko‘rsatganida manfiy taksis deyiladi.
O‘z-o‘zidan boshqarilish.O‘z-o‘zidan boshqarilish (avtoregulatsiya) doimo o‘zgarib turadigan muhit sharoitida organizmlarning o‘zining kimyoviy tarkibi va fiziologik jarayonlari intensivligi doimiyligini saqlab qolish qobiliyatidan iborat. Bu jarayonda biron-bir oziq moddaning etishmasligi organizmning ichki resurslarini ishga tushiradi. Moddaning keragidan ortiq bo‘lishi esa uning zaxiraga o‘tishiga (organizmda to‘planishiga) olib keladi. Avtoregulatsiya jarayonlari nerv va endokrin sistemalari orqali amalga oshadi. Biron modda kontsentratsiyasining yoki organizm holatining o‘zgarishi u yoki bu avtoregulatsiya mexanizmining ishga tushirilishi uchun signal bo‘lib hisoblanadi.
Ekologik tushunchalar. Zoologiya kursida hayvonlar atrof-muhit bilan birga o‘rganiladi. O‘quvchilar zoologiyani o‘rganish davomida hayvonlarning tuzilishi, xatti-harakati, ko‘payish va rivojlanish xususiyatlari atrof-muhit bilan chambarchas bog‘ liq ekanligini tushunib olishlari lozim. Asosiy yashash muhitlari quruqlik, suv, havo, tuproq va tirik organizm hisoblanadi. Yashash muhitiga moslanish ayniqsa suv va tuproqda yashaydigan hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Yashash muhitiga umumiy moslanishni xususiy moslanishdan farq qilish lozim. Masalan, gavdaning pat bilan qoplanganligi, qanotlarning rivojlanganligi, suyaklarning yupqa va engil bo‘lishi havo muhitiga, tanasining torpedasimon shakli va suzgichlarning rivojlanganligi suv muhitiga umumiy moslanish bo‘ladi. Pat qoplamining kulrang tusda bo‘lishi cho‘l sharoitiga, rang-barang bo‘lishi o‘rmon sharoitiga xususiymoslanish belgilari hisoblanadi. Hayvonlarning muayyan yashash muhitiga mos tuzilish belgilari mazkur muhitning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tushuntiriladi. Masalan, suv muhiti nisbatan tig‘ iz bo‘lganidan suv hayvonlari tanasining suyri shaklda bo‘lishi va ikki yon tomondan siqilganligi suvda ishqalanishni kamaytirib, harakatlanishni osonlashtiradi. Shuning bilan birga hayvonlarning bir qancha turlari bir necha


16




muhitda yashashga moslanish belgilariga ega. Masalan, baqalaminning gavda tuzilishi suv hamda quruqlik muhitida, suv qushlarining tuzilishi (oyoqlaridagi suzgich pardalari, dumg‘ aza bezlari, parlari) suv va havo muhitida yashashga imkon beradi. Hayvonlarning yashash muhitiga moslanishi ularning xatti- harakatlari (oziqlanishi, ko‘payishi va rivojlanishi) da ham o‘z ifodasini topadi. Masalan, qaldirg‘ ochning qanotlari uzun, oyoqlari kalta bo‘lganidan erga deyarli qo‘nmaydi, havoda oziqlanadi. Qizilishton po‘stloq ostidan hasharotlarning qurtlarini topib olish uchun tumshug‘ ini daraxt tanasiga urib taqillatadi. Cho‘l qushlari yerga, o‘rmon qushlari daraxtlaming shoxiga yoki kovagiga uya quradi.
Sistematik tushunchalar. Hayvonlarni tip, sinf, turkumlarga ajratib o‘rganish zoologik ta‘lim ning asosini tashkil etadi. Chunki sistemaga solish orqali hayvonlarning xilma-xilligini va o‘zaro qarindoshlik munosabatlarini tushunib olish mumkin. Sistematikaga oid tushunchalar botanika darslarida ham o‘tilgan. O‘qituvchi o‘simliklar va hayvonlarning sistematik guruhlarini solishtirish orqali ularning o‘zaro o‘xshashligi va farqlarini tushuntirib beradi. Darslikda tip tushunchasi deyarli barcha hayvonlarga nisbatan ishlatilgan. Ko‘pchilik hollarda tiplar sinflarga bo‘linadi. Bo‘g‘imoyoqlilar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar sinflari esa turkumlarga, ayrim turkumlar (yirtqich sutemizuvchilar) oilalarga ajratib beriladi. O‘qituvchi zoologiyaga oid sistematik tushunchalarni o‘simliklar bilan bog‘lab tushuntiradi.
Filogenetik tushunchalar. Hayvonlarning kelib chiqishi va rivojlanishini tushunib olish filogenetik tushunchalar bilan bog‘ liq. Bunday tushunchalar turli xil sistematik guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro qarindoshchilik munosabatlarini, ya’ni ularning kelib chiqishi va rivojlanishini aniqlab olishga yordam beradi. Filogenetik tushunchalarni o‘quvchilar ongiga etkazishda yirik sistematik guruhlar (turlar)ga mansub hayvonlarning tuzilish belgilari, ularning ko‘payshi, rivojlanish, hayot kechirish xususiyatlari o‘rtasidagi umumiy o‘xshashlikka ko‘proq e’tibor beriladi. Masalan, volvoks koloniya bo‘lib yashaydi, uning har bir hujayrasining tuzilishi, oziqlanishi, harakatlanish xususiyatlari bir hujayrali suv o‘ti


17




xlamidomonadaga o‘xshaydi. Gidraning tana devori ichki qavatida xivchinli hujayralarning bo‘lishi, oziqni qamrab olib, hujayra ichida hazm qilishini uning xivchinli bir hujayralilardan kelib chiqqanligini ko‘rsatadi.
Filogenetik tushunchalar o‘quvchilarda hayvonot dunyosi evolyutsiyasi to‘g‘risida ilmiy tushunchalarni shakllantirishga imkon beradi. Hayvonlarning kelib chiqishi va rivojlanishini tushunib olishda ularning individual rivojlanishini o‘rganish katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, o‘quvchilar hayvonlarning zamonaviy sistematikasi ularning tarixiy rivojlanishini aks ettirishini anglab etishlari lozim. Buning uchun o‘quvchilar o‘rganilgan hayvonlarning sistematik o‘rnini bilib olishlari zarur.
Hayvonot olami evolyutsiyasi to‘g‘ risida tushunchalar. Hayvonot tushunchalari zoologiya kursini o‘rganish davomida shakllanib boradi. Zoologiya darslarida o‘quvchilar evolyutsion rivojlanishning mohiyatini tushunib olishlari uni tatbiq qila bilishlari, ya’ni hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishini tarixiy rivojlanish nuqtayi nazaridan baho bera olishlari lozim. evolyutsion tushunchalar ancha murakkab bo‘lib, ularni ongli o‘zlashtirib olish uchun o‘quvchilar hayvonot dunyosining klassifikatsiyasi va sistemaga solinishi, ularning xilma- xilligi, tarqalishi, individual rivojlanishi, hayvonlar va ular yashaydigan muhitning o‘zaro bog‘ liqligi, tabiiy tanlanish, turli sistematik guruhlar tarkib topishining tarixan o‘zaro bog‘ liqligi to‘g‘risidagi tushunchalarga ega bo‘lishlari lozim.
Hayvonlarning geografik tarqalishi to‘g‘risida darslikda kam ma’lumot berilgan. Lekin o‘rdakburun, exidna, kenguru, tuyaqushlar, pingvinlar kabi tuban tuzilgan yoki noyob hayvonlar to‘g‘risida so‘z ketganiga ularning u yoki bu qit’ada saqlanib qolish sabablariga o‘qituvchi tarixiy, ekologik va hududiy nuqtayi- nazardan ham baho berishi lozim.
Hayvonlarning biologik xilma-xilligi faqat hayvonlarning tuzilishida emas, balki ularning hayot kechirishida ham namoyon bo‘ladi. Biologik xilma-xillikni ayniqsa hasharotlar, mollyuskalar, qushlar, sutemizuvchilar kabi turlarga boy sistematik guruhlar misolida tushuntirish osonroq bo‘ladi.
Hayvonot dunyosi evolyutsiyasini ongli tushunib olish uchun o‘quvchilar


18




zoologiyaning zamonaviy sistemasi hayvonlarning oddiydan murakkablashuv tomonga tarixiy rivojlanganligini, ularning o‘zaro qarindoshligini aks ettirishini tasavvur etishlari kerak. Shuning uchun darslikda hayvonlarni o‘rganish eng sodda tuzilgan bir hujayralilardan boshlanib, eng murakkab tuzilgan sutemizuvchilar bilan tamom bo‘ladi. Sutemizuvchilar mavzusida odam ham zoologik nuqtayi nazardan yer yuzida hayot kechiradigan jonivorlardan bir turi sifatida sutemizuvchilar sinfining primatlar turkumi odamsimon maymunlar oilasi odamlar urug‘ iga kirishi uqtiriladi.
Hayvonot dunyosi tarixiy rivojlanishini tushunib olishda hayvonlarning individual rivojlanishini o‘rganishi ham katta yordam beradi. Hayvonlarning embrional rivojlanishida ularning tarixiy rivojlanishini takrorlashi to‘g‘risidagi biogenetik qonun bilan o‘quvchilar tanish bo‘lmasada, uning mazmuni bilan o‘quvchilarni tanishtirish ularning ilgari olgan bilimlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashga yordam beradi. Masalan, bo‘shliqichlilar mavzusini o‘rganishda ularning kiprikli lichinkasini bir hujayrali va ko‘p hujayralilar o‘rtasidagi oraliq forma plastinkasimonlarga o‘xshatiladi. Hayvonlarning turli sistematik guruhlari o‘rtasidagi bog‘ lanishni suvda hamda quruqlikda yashovchilar lichinkasi itbaliq misolida tushuntirish oson. Itbaliqning tanasi shakli, unda yon chiziqning bo‘lishi, jabra bilan nafas olishi, voyaga etgan davrida lichinkaga xos organlarning yo‘qolib, oyoqlar va o‘pkaning paydo bo‘lishi ularning qadimgi panjaqanotli baliqlardan kelib chiqqanligini isbotlaydi. Zoologiya darsligida hayvonot dunyosi evolyutsiya, paleontologiya, solishtirma anatomiya fanlari dalillari asosida ham tushuntirib berilgan.
Botanik tushunchalar. Agar tiriklik nuqtayi nazaridan qaraladigan bo‘lsa, o‘simliklar bilan hayvonlar va boshqa tirik organizmlar o‘rtasida juda ko‘p umumiylikni ko‘rish mumkin.
Hayvonlar ham o‘simliklar singari hujayralardan tuzilgan. Hujayralar to‘qimalari, to‘qimalar esa organlarni hosil qiladi.Ularning ko‘pchilik hujayra organoidlari ham o‘xshash bo‘ladi. Shuning bilan birga bir hujayrali hayvonlar orasida o‘simliklar singari yashil pigmentli, yorug‘likda fotosintez yordamida


19





Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish