Favqulodda vaziyatlarning oldini olish - oldindan o‘tkaziladigan va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfini iloji boricha maksimal darajada kamaytirishga, shuningdek bunday vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda odamlar sog‘lig‘ini saqlab qolishga, atrof tabiiy muhitga yetadigan zarar va moddiy talofat miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi9.
Bunday tadbirlar favqulodda vaziyatning turlariga muvofiq turli ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlari tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda ko‘pgina davlatlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bashoratlash tadbirlariga katta –katta mablag‘lar sarf qilinmoqda. Bu esa yuz byerishi mumkin bo‘lgan xavfni oldini olishga, eng muhimi insonlar salomatligini saqlashga, atrof muhitga jiddiy zarar etishini oldi olinishiga olib keladi.
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatish – favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda o‘tkaziladigan hamda odamlar xayoti va sog‘lig‘ini saqlab qolishga, atrof tabiiy muxitga yetadigan zarar va moddiy talofat miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyat zonalarini cheklash va xavfli omillar ta’sirini to‘xtatishga qaratilgan avariya–qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlar majmuasidir.
Insonning xayoti turli ofatu-falokatlardan to‘liq kafolatlanmaganligi hammaga ayondir. Shunday ekan, u yoki bu xususiyatga mansub bo‘lgan favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda, uning oqibatida yuzaga kelgan talofatlarni albatta bartaraf etish lozim. Respublikamizda bunday vazifalarni ado etuvchi maxsus bo‘linmalar mavjud. Bu bo‘linmalar favqulodda vaziyatning turiga qarab doimiy shay xolatdadir. Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat o‘chog‘iga birinchi bo‘lib aynan shu bo‘linma mutaxassislari etib kelishadi.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lsa, kyerak bo‘ladigan buyumlar to‘plangan ryukzak doim tayyor holda turishi kerak:
1. Suv o‘tkazmaydigan qadoqda muhim hujjatlar nusxalari: pasport, haydovchilik guvohnomasi, shaxsiy mol-mulk guvohnomalari va b.
2. Zahirada pul bo‘lishi.
3. Radiopriyomnik.
4. Fonar.
5. Pichoq, otvyertka, qaychi, boltacha.
6. Aptechka: bint, leykoplastir, yod, paxta, aktivlashtirilgan ko‘mir, parasetamol, suprastin, immodium, ftalazol, antibiotiklar.
7. Issiq kiyimlar.
8. Gugurt, zajigalka
9. Bir necha kunga mo‘ljallangan konservalangan mahsulotlar.
10. 1-2 kunga mo‘ljallangan suv zahirasi ( 1 kishiga 1 sutkaga 5 l suv)
Favqulodda vaziyatlar turlari:
1. Kelib chiqishiga ko‘ra: texnogen, tabiiy, ekologik.
2. Tarqalish masshtabiga ko‘ra: mahalliy, mintaqaviy, global.
3. Ta’sir vaqtiga ko‘ra: qisqa vaqtli, uzoq davom etuvchi.
4. Sabablarga ko‘ra: rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan.
5. Tarqalish tezligiga ko‘ra: portlovchi, tasodifiy, me’yoriy.
6. Davlat tasarrufiga ko‘ra: transport, o‘rmon xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi, qurilish, ishlab chiqarish, telekommunikatsiya.
Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasining maqsadi va vazifalari
Do'stlaringiz bilan baham: |