Ishchi-hodimlarga badal to‘lash to‘g‘risidagi zamonaviy qonunlar
Ishchi-hodim jarohatlansa va to‘lov amalga oshirilishini talab qilsa, u avval, qoida bo‘yicha, uch kundan o‘n to‘rt kungacha kutish davrini boshidan kechirishiga to‘g‘ri keladi. To‘lov ish va oylik maosh yo‘qotilgan kundan boshlab orqaga qaytib amalga oshirilishi yoki amalga oshirilmasligi ham mumkin. To‘lov qilish boshlandimi, u oylik maoshning uchdan ikki qismi bilan cheklanadi yoki AQSh shtatiga bog‘liq ravishda har oy uchun dollarlarda byerilgan summa bilan cheklanadi. To‘lov cheklangan vaqt oralig‘igacha uzaytiriladi va maksimal pul summasini tashkil etadi. Hodimlar ma’lum vaqt oralig‘ida ishsiz qolishlari sababli, ko‘pincha turmush darajasining pasayishidan azob chekadilar, shunda sud jarayoni
jozibali tanlov bo‘lib tuyulishi mumkin. Agar ishchilarga oylik maoshiga teng miqdorda to‘lov olishga ruhsat byerilganda edi, bu ular ishga qaytmasligi uchun zo‘r tashviq bo‘lgan bo‘lar edi. Hatto oylik maoshning uchdan ikki qismi to‘langanda ham, ayrim hodimlar ishlamasdan to‘lov olishni davom ettirish uchun o‘zlarini kasalga solishlari mumkin.
Jarohatlar quyidagi usullardan biri bilan tasniflanadi:
• Qisman: bunda hodim hali ham ishlashi mumkin, lekin jarohati tufayli
barcha mehnat majburiyatlarini bajara olmaydi, bu ko‘pincha barmoq sinishi yoki oyoq barmog‘ining ajralishi kabi hollarda yuz byeradi.
• To‘liq: bunda hodim mehnatga yoki ish joyida muhim majburiyatlarini
bajarishga qobiliyatsiz bo‘ladi, bu ko‘pincha belning og‘ir jarohatlanishi yoki ko‘r bo‘lib qolish kabi holllarda yuz byeradi.
• Vaqtincha: bunda hodim to‘liq tiklanishi kyerak, oyoq yoki qo‘lning sinishi,
paylarning shikastlanishi hollaridagi kabi.
• Doimiy: bunda hodim jarohat oqibatlaridan butun umr azob chekadi,
chopilib ketgan qo‘l yoki oyoq, ko‘r bo‘lib qolish yoki garang bo‘lib qolish kabi
hollar shular jumlasiga kiradi.
Aniq hollar vaqtincha qisman, vaqtincha to‘liq, doimiy qisman, doimiy to‘liq deb tasniflanadi. Boshqa toifadagi to‘lovlar ayrim jarohatlari bor hodimlar uchun qayta o‘qitadigan undaydigan imtiyozlarnio‘z ichiga oladi. Bunday to‘lovlar cheklangan vaqt oralig‘ida, jarohatlanganlarga qo‘shimcha bilim olish yoki o‘qishlariga yordam byerish uchun to‘lanadi. Kasbiy reabilitaciya hizmatlari to‘liq mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik uchun doimiy to‘lovga haqqi bor hodimlarga taklif etilishi mumkin va ular kasbiy reabilitatsiya dasturiga qatnashadilar. Ishlab
chiqarishdagi bahtsiz hodisalarda halok bo‘ladiganlar orasida tirik qolganlarga ham shuningdek to‘lov huquqi taqdim etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |